WAYU Korea

WAYU Korea O’zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi “Janubiy Korea filiali”

KOREYADA O‘ZBEKISTON MADANIYAT KUNLARI!O‘zbekistondan uzoqda bo‘lsangiz ham, milliy kuy-qo‘shiqlarimiz, san’atimiz va ma...
02/09/2026

KOREYADA O‘ZBEKISTON MADANIYAT KUNLARI!

O‘zbekistondan uzoqda bo‘lsangiz ham, milliy kuy-qo‘shiqlarimiz, san’atimiz va madaniyatimizdan bahramand bo‘lishni istaysizmi? Unda bu tadbirni o‘tkazib yubormang!

O‘zbekiston Madaniyat kunlari doirasida Seul shahrida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

📅 Sana: 16-sentabr 2026-yil
🕖 Vaqt: 19:00
📍 Manzil: Sejong Center for the Performing Arts, Grand Theater
🏛 Manzil: 175 Sejong-daero, Jongno-gu, Seoul
🚇 Eng yaqin metro: Gwanghwamun Station, 5-liniya

🎟 KIRISH BEPUL!

Chipta olish uchun posterdagi QR-kodni skanerlab, ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng chipta konsert zaliga kirishda taqdim etiladi.

🇺🇿 O‘zbekiston madaniyatini Koreyada birgalikda nishonlaymiz! Do‘stlaringiz va yaqinlaringizni ham taklif qiling!

 2026 DAEWOONG FOUNDATION GLOBAL SCHOLARSHIP PROGRAMBitirishdan oldin karyerangizni qurishni boshlab, ayni paytda stipen...
02/09/2026



2026 DAEWOONG FOUNDATION GLOBAL SCHOLARSHIP PROGRAM

Bitirishdan oldin karyerangizni qurishni boshlab, ayni paytda stipendiya olishni xohlaysizmi?

Daewoong Foundation Global Scholarship Program orqali shunchaki moliyaviy yordamgina emas — real loyihalarda ishtirok etish, karyera rivojlantirish dasturlari, mentoring va global iste‘dodlar bilan networking imkoniyatlariga ham ega bo’lasiz!

• Kimlar ariza bera oladi:
Koreyadagi universitetda bakalavr, magistratura yoki doktoranturada hozir o‘qiyotgan, Koreyada karyera va kelajak qurishga qiziqqan talaba
⚠️ 1-semestr talabalari va til tayyorlov kursi o’quvchilari ariza bera olmaydi

• Til talabi:
Koreys va ingliz tillarida ishonchli muloqot qila olish

• Tanlov mezonlari:
- Koreys va ingliz tillarida ishonchli muloqot qila olish
- Ochiq fikrli va turli madaniyatlarga moslasha olish
- O‘sishga intiluvchan va o’rganishga tayyor bo‘lish
- Muammoni hal qilish qobiliyati va fikrni aniq, ishonchli yetkaza olish

📅 Ariza topshirish muddati:
1-sentabr (Seshanba) — 10-sentabrgacha (Payshanba)

• Dastur qanday ishlaydi (bu yilgi yangilik):
Tanlangan nomzodlar 4 hafta davomida har Shanba kuni offline AI Design Thinking loyihasida jamoa bo’lib ishlaydi. Bu davrda 500 000 won stipendiya beriladi. Muvaffaqiyatli tugatganlar tugatish sertifikati oladi va Daewoong Foundation Global Scholar sifatida rasmiy tanlanadi.

• Imtiyozlar (yakuniy stipendiantlar uchun):
- Har oyiga 500 000 won stipendiya (4 oy, noyabrdan fevralgacha)
- Karyera darslari: MS Office, Koreya korporativ madaniyati, rezyume/motivatsion xat yozish, intervyu tayyorgarligi
- Bitiruvchilar va mutaxassislar bilan mentoring va networking tadbirlari
- Amaliy va biznes koreys tili muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish
- Kompaniya loyihalarida ishtirok etish va sohaviy mutaxassislardan maslahat olish
•Imtiyozlar vaziyatga qarab o’zgarishi mumkin

📅 Ariza qabul qilish:
2026-yil 10-sentabrgacha

• Ariza topshirish:
https://buly.kr/7QOqVey

• Ariza yo‘riqnomasi (qanday boshlashni bilmasangiz):
https://buly.kr/8IydPz1

01/09/2026



🎙️ ONLINE SUHBATLARDAN — OFFLINE PODKASTGA!

Podkastimizda ilk bor yangi format!

Bu safar suhbatimiz — offline va yanada samimiy.

Tez k***a!

ILMIY SUHBATGA TAKLIF ETAMIZ! Din – Ilm – Ma’rifat yo‘lida birlashib, foydali suhbat va ilmiy muloqotda ishtirok eting!S...
01/09/2026

ILMIY SUHBATGA TAKLIF ETAMIZ!

Din – Ilm – Ma’rifat yo‘lida birlashib, foydali suhbat va ilmiy muloqotda ishtirok eting!

Suhbat mehmonlari:
• Toshkent shahridagi “Hujja Alambard” masjidi imom-xatibi — Rahmonov Rahimberdi
• Toshkent shahridagi “Islomobod” masjidi imom-xatibi — Yo‘ldashev Abdullo
• Toshkent shahridagi “Holid ibn Valid” masjidi imom-xatibi — Xunazarov Murodillox
• Navoiy viloyatidagi “Qizilqum” masjidi imom-xatibi — Turdiyev Abdujalol
• Farg‘ona viloyatidagi “Sandaloxon to‘ra” masjidi imom-xatibi — Mamarasulov Yunusxon

📅 2-sentabr
🕰 Shom namozidan keyin
📍 Seul Markaziy Masjidi

Keling, esh*ting, o‘rganing va ulashing!

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!WAYU Korea — Janubiy Koreyadagi O’zbek Yoshlari nomidan siz vatandoshlarni O‘zbekist...
01/09/2026

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

WAYU Korea — Janubiy Koreyadagi O’zbek Yoshlari nomidan siz vatandoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Mustaqillik — xalqimizning asrlar davomida orzu qilgan eng ulug‘ va bebaho ne’mati, milliy o‘zligimiz, erkinligimiz va kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Ushbu qutlug‘ yo‘lga erishish jarayonida xalqimiz boshidan kechirgan sinovlar, mashaqqatlar va fidoyiliklarni unutmasligimiz kerak. Yurtimiz ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning jasorati va fidoyiligi qalbimizda abadiy yashaydi.

Biz, xorijda tahsil olayotgan, mehnat qilayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar sifatida, qayerda bo‘lmaylik, O‘zbekistonimizning munosib vakili bo‘lishni, yurtimizning boy tarixi, madaniyati va qadriyatlarini dunyoga tanitishni hamda olgan bilim va tajribalarimiz bilan Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishni o‘zimizning sharafli burchimiz deb bilamiz.

Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, xalqimiz qalbi tinch, kelajagimiz esa nurli bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿
Hurmat bilan,
WAYU Korea — jamoasi

KOREYADA O‘ZBEKISTON MADANIYAT KUNLARI!O‘zbekistondan uzoqda bo‘lsangiz ham, milliy kuy-qo‘shiqlarimiz, san’atimiz va ma...
28/08/2026

KOREYADA O‘ZBEKISTON MADANIYAT KUNLARI!

O‘zbekistondan uzoqda bo‘lsangiz ham, milliy kuy-qo‘shiqlarimiz, san’atimiz va madaniyatimizdan bahramand bo‘lishni istaysizmi? Unda bu tadbirni o‘tkazib yubormang!

O‘zbekiston Madaniyat kunlari doirasida Seul shahrida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

📅 Sana: 16-sentabr 2026-yil
🕖 Vaqt: 19:00
📍 Manzil: Sejong Center for the Performing Arts, Grand Theater
🏛 Manzil: 175 Sejong-daero, Jongno-gu, Seoul
🚇 Eng yaqin metro: Gwanghwamun Station, 5-liniya

🎟 KIRISH BEPUL!
Ro’yxatdan o’tish poster orqali!

Chipta olish uchun posterdagi QR-kodni skanerlab, ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng chipta konsert zaliga kirishda taqdim etiladi.

🇺🇿 O‘zbekiston madaniyatini Koreyada birgalikda nishonlaymiz! Do‘stlaringiz va yaqinlaringizni ham taklif qiling!

27/08/2026



Bugun Koreya Respublikasida 106 mingdan ortiq o‘zbekistonlik istiqomat qilmoqda. Bu — katta oila, katta diaspora va katta kuch!

📢 Xabaringiz bor, sentyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Koreyada yig‘ilishadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham 5 yil deganda Koreyaga davlat tashrifi bilan keladi.

Shu munosabat bilan Koreyadagi o‘zbek yoshlari oilasi — WAYU Korea, hamda O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi bilan hamkorlikda fleshmob tashkil etmoqda!

• Balki sizning kompaniyangizda 30 nafardan ortiq o‘zbekistonlik ishlayotgandir?

• Balki universitetingizda mingdan ortiq vatandoshlarimiz tahsil olayotgandir?

• Balki yuzlab o‘zbekistonliklar mehnat qilayotgan zavodda ishlayotgandirsiz?

Unda jamoangiz bilan O‘zbekiston Prezidentiga salom yo‘llang!

Qanday qatnashish mumkin?

- Jamoaviy yoki yakka tartibda qisqa video oling,

- Videoda: o‘zingizni yoki jamoangizni tanishtiring, universitet, kompaniya yoki ish joyingiz haqida qisqacha ma’lumot bering, Koreyadagi o‘zbeklar nomidan O‘zbekistonimiz rahbariga samimiy tilaklaringizni yo‘llang.

- Videoni WAYU Korea Instagram sahifasida Collab orqali joylang.

-Post ostiga xeshtegini qo‘ying.

Eng ko‘p ko‘rishlar to‘plagan 3 ta video muallifi taqdirlanadi. G‘oliblarga O‘zbekiston Respublikasining Koreyadagi Elchisi nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshiriladi. Eng muhimi, ushbu videolar O‘zbekiston milliy telekanallarida ham namoyish etilishi mumkin!

Bu — shunchaki video emas.
Bu — Koreyada o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan 106 mingdan ortiq o‘zbekistonliklarning birgalikdagi salomi!

Keling, birgalikda qanchalik katta va kuchli oila ekanimizni namoyish qilaylik!

 30-son: “Koreyadan ketib, boshqa davlatlarda o‘qishni davom ettirayotgan O‘zimiznikilar”— Begzodbek Kambarov— Gulnoza Q...
26/08/2026



30-son: “Koreyadan ketib, boshqa davlatlarda o‘qishni davom ettirayotgan O‘zimiznikilar”

— Begzodbek Kambarov
— Gulnoza Qo’ldosheva
— Ibrohim Xakimjonov
— Xalima Rahmatova
— Azamjon Abdurashidov
— Gavharoy Juraeva

Janubiy Koreyada boshlangan ta’lim yo‘li ba’zi vatandoshlarimiz uchun boshqa mamlakatlarda davom etmoqda. Ular yangi muhit, yangi ta’lim tizimi va yangi imkoniyatlar sari qadam tashlab, o‘z bilim va tajribalarini yanada boyitmoqda.

Kimdir Koreyada olgan bilimlarini boshqa davlatdagi universitetda davom ettirmoqda. Kimdir xalqaro muhitda yangi yo‘nalishlarni kashf etmoqda. Yana kimdir esa o‘zining ta’lim va karyera yo‘lini yangi mamlakatda qurmoqda.

Bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chish — shunchaki manzilni o‘zgartirish emas;

Bu — yangi imkoniyatlarga jur’at bilan qadam qo‘yish.
Bu — o‘z ustida ishlash va chegaralarni kengaytirish.
Bu — qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z maqsadi sari intilish.

Koreyadan boshlangan yo‘li dunyoning boshqa nuqtalarida davom etayotgan O‘zimiznikilarning hikoyalari kimningdir yangi qadam tashlashiga sabab bo’lgay.

Loyiha hamkori IMAN.
Ongli moliyaviy qarorlar qiling — IMAN x Korea

 2026 OUTSTANDING FOREIGN RESIDENT AWARDS — NOMINATSIYA OCHILDI•Seulda ijobiy o’zgarish yaratayotgan ajoyib xorijiy fuqa...
26/08/2026



2026 OUTSTANDING FOREIGN RESIDENT AWARDS — NOMINATSIYA OCHILDI

•Seulda ijobiy o’zgarish yaratayotgan ajoyib xorijiy fuqaroni bilasizmi?

2026 Seoul International Exchange Day & Awards doirasida — Outstanding Foreign Resident Awards uchun nomzodlar qabul qilinmoqda!

• Quyidagi sohalarda hissa qo’shganlarni nomzod qilib ko’rsatishingiz mumkin:
- Xalqaro almashinuv
- Jamiyat faoliyati
- Volontyorlik va ijtimoiy hissa
- Ta’lim va yoshlar faoliyati
- Madaniy xilma-xillik va jamoa yetakchiligi

📅 Nomzodlarni ko’rsatish muddati:
2026-yil 18-sentabrgacha

🏆 Mukofotlash marosimi:
2026-yil 31-oktabr

• Manzil: Gangnam, Seoul

Sizga tanish bo’lgan, sadoqati va hissasi e’tirofga loyiq bo’lgan kishini nomzod qiling!

• Nomzod ko’rsatish: https://m.site.naver.com/2eT8E

HUFS GSIAS — Rossiya–MDH (러시아·CIS학과) magistratura dasturiga qabul bo‘yicha axborot uchrashuviAgar siz Rossiya va Markazi...
26/08/2026

HUFS GSIAS — Rossiya–MDH (러시아·CIS학과) magistratura dasturiga qabul bo‘yicha axborot uchrashuvi

Agar siz Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro munosabatlar, siyosat, iqtisodiyot, diplomatiya, tarix yoki madaniyat yo‘nalishlariga qiziqsangiz va magistraturada ushbu sohalarni chuqur o‘rganishni istasangiz, ushbu uchrashuv siz uchun!

📅 Sana: 2026-yil 8-sentabr, seshanba
⏰ Vaqt: 18:00
📍 Manzil: Hankuk University of Foreign Studies (HUFS), International Building 101-xona (rejalashtirilgan)

🏛 Rossiya–MDH fakulteti | HUFS Rossiya–MDH yo‘nalishi 1996-yilda Ta’lim vazirligi tomonidan tanlangan milliy siyosatga oid magistratura sifatida tashkil etilgan. Uning tarixi esa 1970-yilda Koreyada universitetlar orasida birinchi bo‘lib ochilgan Sharqiy Yevropa tadqiqotlari yo‘nalishigacha borib taqaladi.

Bugungi k***a kafedra Rossiya hamda sobiq Sovet hududidagi 15 ta mustaqil davlatni qamrab olgan holda tadqiqot va ta’lim olib boradigan Koreyadagi noyob akademik dasturlardan biridir.

📚 Dastur doirasida:
• siyosat va xalqaro munosabatlar
• iqtisodiyot va diplomatiya
• tarix va madaniyat
• Rossiya va MDH davlatlarining geosiyosiy jarayonlari
• xalqaro tartibdagi o‘zgarishlar
kabi mavzularni chuqur o‘rganish imkoniyati mavjud.

🎯 Kimlar uchun?
Rossiya–MDH mintaqasi va magistraturada ta’lim olishga qiziqayotgan universitet talabalari hamda yoshlar uchun.

📞 Murojaat uchun: 02-2173-2284
📧 [email protected]
📱 Instagram: 한국외대 노어과 학과장실

Agar siz kelajakda Koreya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi xalqaro munosabatlar, siyosat, iqtisodiyot yoki diplomatiya sohalarida faoliyat yuritishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu uchrashuv siz uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Qatnashish uchun ro’yxatdan o’tish shart emas!

Address

Seoul

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when WAYU Korea posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to WAYU Korea:

Shortcuts

Share