Shahnoza

Shahnoza Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Shahnoza, Library, Odessa.

Ты любишь меня?- Да..- А как? - Как слезы воробья.- И все?- Ты знаешь, что когда они плачут, они умирают!?
13/11/2015

Ты любишь меня?
- Да..
- А как?
- Как слезы воробья.
- И все?
- Ты знаешь, что когда они плачут, они умирают!?

O'tib ketgan kunlar ortidan,Mening shodon kulgim keladi.Sen baxtlisan, lekin aslidaMeni bir bor ko'rging keladi.G'amga b...
13/11/2015

O'tib ketgan kunlar ortidan,
Mening shodon kulgim keladi.
Sen baxtlisan, lekin aslida
Meni bir bor ko'rging keladi.

G'amga botib uni suyasan,
Hatto buni u ham biladi.
Azoblanib ming bor kuyasan.
Meni bir bor ko'rging keladi.

Kechalari tushingga kirib,
Kulib qarashlarim joning oladi.
Sen magrursan lekin aslida,
Tushingda ham korging keladi.

O'zgalarni qolidan tutib,
Azoblarni ichinga yutib.
U baribir boshqacha edi deb
Meni bir bor ko'rging keladi.

Umr deganlari oqib ketar suvday,Bizlar esa kelamiz ketamiz yelday.Xayot shunday ekan do'stlarim,Bir kun bor ekanmiz, bir...
13/11/2015

Umr deganlari oqib ketar suvday,
Bizlar esa kelamiz ketamiz yelday.
Xayot shunday ekan do'stlarim,
Bir kun bor ekanmiz, bir kun yo'qday.

Ey do'stim shukur qil bu kuninga ham,
Chunki ertaga u hech qaytib kelmas.
Yahshilarni ranjitma bu qisqa umringda,
Ayyorlarga tegma, ularga vaqt bilinmas.

Ota - onamiz borida qadriga yetaylik,
Ularga marhamat qilib rozi qilaylik,
Dunyoda ko'rmadim rohat desak ham,
Ular dunyoda yagona ekanin unutmaylik!

G’uncha ochilguncha o‘tgan fursatniKapalak umriga qiyos etgulik,Ba’zida bir nafas olg‘ulik muddat –Ming yulduz so‘nishi ...
05/10/2015

G’uncha ochilguncha o‘tgan fursatni
Kapalak umriga qiyos etgulik,
Ba’zida bir nafas olg‘ulik muddat –
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik.

Yashash soatining oltin kapgiri
Har borib kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda o‘z kurrasidan
Yasab chiqa olur yangidan jahon.

Yarim soat ichida tug‘ilib, o‘sib,
Yashab, umr ko‘rib o‘tguvchilar bor;
Ko‘z ochib yumguncha o‘tgan dam – qimmat,
Bir lahza mazmuni bir butun bahor.

Bir onning bahosin o‘lchamoq uchun
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami-la chopgan sekundning
Barini tutolmas ay(yu)hannos ovoz.

Yigit termiladi qizning ko‘ziga,
Kiprik suzilishi, mayin tabassum…
Qo‘sha qarimoqqa muhr bo‘ladi
Hayotda ikki lab qovushgan bir zum.

Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog‘idir umr daftarin.

Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek
Diana ma’badin yoqmoq shart emas.
Ko‘plarning baxtiga o‘zlikni jamlab,
Shu ulug‘ binoga bir g‘isht qo‘ysak bas.

Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal,
Umrdan o‘tajak har lahza uchun
Qudratli qo‘l bilan qo‘yaylik haykal.

Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g‘animatdir, umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy

Hait bayrami bilan barchangizni tabriklayman! baht va omad tilayman!
24/09/2015

Hait bayrami bilan barchangizni tabriklayman! baht va omad tilayman!

09/09/2015

Рай находится под ногами ваших матерей.

Yolg’izlik doim odamlar ortidan quvib yuradi. U qo’lingizdan tutishi bilan eng yaqin do’stingizga aylanadi, sizni aslo q...
19/08/2015

Yolg’izlik doim odamlar ortidan quvib yuradi. U qo’lingizdan tutishi bilan eng yaqin do’stingizga aylanadi, sizni aslo qo’yib yubormasdan xar daqiqada zulmat sari yetaklaydi. Yuragingizdaqi barcha quvonchni itarib tashlaydida qalbingizni zabt etadi. Keyin esa butun umr mana shu do’stingiz bilan kurashib yashaysiz. Bu kurashda faqatgina ishonch sizni qutqaradi.

19/08/2015

хайрли кеч азизлар

10/08/2015

Яхши дуст бекиёс хазина

14/06/2015

Hech narsa qilib bo'lmidigan ishning o'zi yo'q faqat oldinga imtilish kerak

Маки)))
18/04/2015

Маки)))

10/04/2015

Address

Odessa

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Shahnoza posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Shahnoza:

Share

Category