10/26/2026
🇺🇿 Mana bu — haqiqiy qahramonlik! Mana bu — köksimizni ğururga töldiradigan tarixiy ğalaba!
45 ta oltin, 49 ta kumuş, 51 ta bronza — jami 145 ta medal! Osiyoning 45 davlati orasida uçinçi örin!
Yaponiyada bölib ötgan V yozgi Paraosiyo öyinlarida sportçilarimiz erişgan bu natijalarni öqib, hayajoningizni yaşira olmaysiz. Har bir medal ortida yillar davom etgan maşğulotlar, maşaqqatli mehnat, bukilmas iroda, ota-onaning duosi va murabbiylarning işonçi bor.
Sizlar bilan qançalik faxrlansak, şunçalik kam, aziz qahramonlarimiz!
15 yoşida çempionlik şohsupasiga kötarilgan Boburbek, 16 yoşida Osiyo rekordini yangilagan Lolaxon, ilk iştirokidayoq törtta oltin medalni qölga kiritgan Yegor… Sizlarning har biringiz butun bir avlodga küç, işonç va ilhom beryapsiz!
«Islohotlarning natijasi nima?» degan savolga mana şunday yutuqlar hayotiy javob böladi. Insonning iste’dodiga işoniş, unga öz salohiyatini röyobga çiqarişi uçun şaroit yaratiş, intilişlarini qöllab-quvvatlaş — inson qadrini uluğlaşning amaldagi ifodasi şu!
Bugun bu e’tibor va imkoniyatlar sportçilarimizning fidokorona mehnati bilan uyğunlaşib, tarixiy natijaga aylanmoqda. Uning ifodasini baland kötarilgan bayroğimizda, yangragan madhiyamizda, çempionlarimiz va ularning yaqinlari közidagi quvonç yoşlarida köryapmiz.
Bu ğalabalar qalbimizdagi «Biz ham uddalaymiz!» degan işonçni yanada mustahkamlaydi. Özbekistonda ulğayayotgan minglab bolalarga katta orzular sari dadil qadam taşlaş uçun küç beradi.
Aziz sportçilarimiz, sizlarni voyaga yetkazgan ota-onalaringizga, yoningizda turgan ustoz va murabbiylaringizga çin yurakdan rahmat!
Sizlar Vatanimiz bayroğini yuksaltirdingiz. Butun xalqimizning boşini baland qildingiz! Sizlar bilan faxrlanamiz! 🇺🇿