bukhari.uz

bukhari.uz Международный научно-исследовательский центр Имама Б правительственная организация

   Radikalizm va missionerlik – jamiyat taraqqiyotiga tahdidSamarqand shahridagi “Ipak yo‘li” buyum bozorida “Jaholatga ...
03/06/2026



Radikalizm va missionerlik – jamiyat taraqqiyotiga tahdid

Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” buyum bozorida “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida “Radikalizm, missionerlik – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Viloyat hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi, xususan bozor hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va fuqarolar o‘rtasida diniy ekstremizm, radikalizm hamda missionerlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning huquqiy ongi va ma’naviy immunitetini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=50125&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг (https://bukhari.uz/?p=50130)

Yaqinlaringizga ulashing!
https://t.me/bukhariuz/30580

03/06/2026



📝 Imom Buxoriy saboqlari: “ISLOM – BIDʼATU XUROFOTNI RAD ETADI”

👉 davomi YouTube da: https://youtu.be/0oc-V2202WY

♾️ davomi (TAS-IX) HD da: bukhari.uz/?p=50114&lang=oz

Manba: O’zbekiston telekanali

Yaqinlaringizga ulashing!
https://t.me/bukhariuz/30576

   Qatʼiy va oʻta mukammal ilmiy mezonlar tushuntirildiSamarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Imom Buxori...
03/06/2026



Qatʼiy va oʻta mukammal ilmiy mezonlar tushuntirildi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Imom Buxoriy majmuasida xizmat vazifasini bajarish uchun biriktirilgan xodimlar uchun tashkil etilgan maxsus oʻquv kursi tizimli davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida oʻtkazilgan navbatdagi mashgʻulotda ilmiy xodim Nodir Qobilov “Sahihul Buxoriy” asarining hadis ilmidagi oʻrni va nufuzi” mavzusida maʼruza qildi.

Машғулот давомида тингловчиларга буюк муҳаддис Имом Бухорийнинг ҳадис илмини тизимлаштириш ва ривожлантиришдаги беқиёс хизматлари, ушбу шоҳ асарнинг ислом тамаддуни ҳамда жаҳон илм-фани ривожига қўшган улкан ҳиссаси илмий асослар билан тушунтириб берилди...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=50117&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг (https://bukhari.uz/?p=50123)

Yaqinlaringizga ulashing!
https://t.me/bukhariuz/30570

   Ilm va taʼlim integratsiyasi – muloqotning bosh mavzusiImom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Xoja Buxoriy oʻr...
02/06/2026



Ilm va taʼlim integratsiyasi – muloqotning bosh mavzusi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Xoja Buxoriy oʻrta-maxsus islom taʼlim muassasasi ustoz va talabalari mehmon boʻldi. Tashrif asnosida mehmonlar va ilmiy xodimlar ishtirokida tom maʼnoda ilm, maʼrifatga, qizgʻin muloqot, motivatsiya va istiqbolli rejalarga yoʻgʻrilgan davra suhbati tashkil etildi.

Muloqotda Markaz direktori, tarix fanlari doktori, professor Shovosil Ziyodov diniy va dunyoviy bilimlarni uygʻunlashtirish, yoshlarni zamon talablariga mos holda tarbiyalash, ilm-fan va innovatsiyalar bilan hamnafas boʻlib yashash hamda zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali va maqsadli foydalanish zarurligini taʼkidladi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=50102&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг (https://bukhari.uz/?p=50112)

Yaqinlaringizga ulashing!
https://t.me/bukhariuz/30558

   ABU HOTIM MUHAMMAD IBN HIBBONNING “SAHIH”IDAGI FIQHIY QARASHLARIX asrda Xuroson va Movarounnahrda yashab ijod qilgan,...
02/06/2026



ABU HOTIM MUHAMMAD IBN HIBBONNING “SAHIH”IDAGI FIQHIY QARASHLARI

X asrda Xuroson va Movarounnahrda yashab ijod qilgan, hadis ilmi rivojiga katta hissa qoʻshgan muhaddis, faqih Ibn Hibbon Bustiydir. U hadis va fiqh ilmining oltin davridan keyin voyaga yetib, davom ettirgan allomalardan biri hisoblanadi. Allomaning hayoti, ijodi va faoliyati buni tasdiqlaydi. Uning “Sahih”i boshqa hadis asarlari qatorida islom olamida moʻtabar manba hisoblanadi. Shu asarda keltirilgan fiqhiy qarashlari hadislarni tushunishda keyingi faqihlarga qoʻllanma sifatida yordam beradi. Hadislardan hukm olishda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligini koʻrsatadi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=50089&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг (https://bukhari.uz/?p=50092)

Yaqinlaringizga ulashing!
https://t.me/bukhariuz/30549

01/06/2026



📝 “YOSHLARIMIZ E’TIQODINI SOF TAVHID ILMI ASOSIDA TARBIYALASHDA USHBU KITOBNING O‘RNI KATTA”

👤 Ubaydulla ABDULLAYEV – Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi

🎞 👉 YouTube da: https://youtu.be/wYafiY2uKeo

🎥 (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇
bukhari.uz/?p=50086&lang=oz

Yaqinlaringizga ulashing!
https://t.me/bukhariuz/30546

 Aziz hamyurtlar!Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi barchangizni muborak Qurbon hayiti bilan qizgʻin mu...
27/05/2026



Aziz hamyurtlar!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi barchangizni muborak Qurbon hayiti bilan qizgʻin muborakbod etadi!

Davlatimiz rahbarining alohida gʻamxoʻrligi bilan mahalla va masjidlarimiz obod qilinayotgan, ehtiyojmand yurtdoshlarimiz davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, koʻngillar mehr va saxovat tadbirlari bilan shod etilayotgan bu yilgi qutlugʻ ayyomda yurtimizda tinchlik va hamjihatlik yanada barqaror boʻlsin, xonadonlaringizdan fayzu baraka, mehr-oqibat va osoyishtalik aslo arimasin!

Alloh taolo barcha xayrli ishlarimizda madadkor boʻlib, duolarimizni ijobat aylasin!

Qurbon hayiti muborak boʻlsin!

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35

     Xalqaro hamkorlikda yangi qadamImom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Indoneziyaning Sunan Kalijaga davlat ...
26/05/2026



Xalqaro hamkorlikda yangi qadam

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Indoneziyaning Sunan Kalijaga davlat islom universiteti oʻrtasida memorandum imzolandi. Shu munosabat bilan Indoneziya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonim ishtirokida elchixona binosida tantanali marosim boʻlib oʻtdi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=50039&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг (https://bukhari.uz/?p=50065)

Yaqinlaringizga ulashing!
https://t.me/bukhariuz/30506

26/05/2026



📝 “ALLOMANING ENG NODIR QOʻLYOZMALARI AYNAN SHU ZAMINDA SAQLANMOQDA”

👤 MUSTAFO ALAGOʻZOʻGʻLI –Imom Buxoriy xalqaro stipendiya dasturi sovrindori, Dijla universiteti ilohiyot fakulteti doktoranti (Turkiya)

🎞 👉 YouTube da: https://youtu.be/fNHg39ogvDg

🎥 (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇
bukhari.uz/?p=50054&lang=oz

Yaqinlaringizga ulashing!
https://t.me/bukhariuz/30505

Address

Пайарик район, Самаркандская область, Республики Узбекистан
Узбекистан
141306

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when bukhari.uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share