01/02/2026
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar!
Bugun Malika Tantanalar Saroyi tashkil topganiga 2 yil bo‘ldi. Shu qisqa, ammo mazmunli vaqt davomida biz bilan birga bo‘lgan, ishonch bildirgan va qo‘llab-quvvatlagan barcha mijozlarimizga, Instagram kuzatuvchilarimizga hamda fidokorona mehnat qilayotgan to‘yxonamiz hodimlariga chin yurakdan katta rahmat aytamiz.
Har bir tadbir, har bir quvonchli lahza — bu sizlarning ishonchingiz va bizning jamoaviy mehnatimiz samarasidir. Sizlarning qo‘llab-quvvatlovingiz bizga yanada yuksak marralarni ko‘zlab ishlashga kuch va ilhom bag‘ishlaydi.
Oldinda yana ko‘plab chiroyli tantanalar, unutilmas onlar va birgalikdagi muvaffaqiyatlar bizni kutmoqda, inshaAlloh.
E’tiboringiz, ishonchingiz va samimiy munosabatingiz uchun yana bir bor katta rahmat!
Hurmat bilan,
Malika Tantanalar Saroyi jamoasi.