27/12/2021
✅ Bugun 27 dekabrda Prezident Ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabining barcha pedagoglariga maktabning Maxsus fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari Shukurullayev Abdullajon Baxtiyor o'g'li ''Ingliz tili" fanidan mahorat darsi -master klass o'tdi.
✏️ Mahorat darsi mashg'ulotlari davomida o'quvchilarning guruhlar kesimida ishlashini rivojlantirish, erkin fikrlash asosida yangiliklar yaratishga undash va o'quvchilar bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'ygan holda yangicha metodlarda darslar tashkil qilish masalalari yuzasidan amaliy ko'nikmalar berildi. Mahorat dars jarayonida pedagoglar jamoasi faol ishtirok etishdi.