04/06/2026
Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va ishonchli hamrohidir. Mutolaa qilish orqali dunyoqarash kengayadi, fikrlash teranlashadi va ma’naviy boylik ortadi. Har bir kitob o‘quvchini yangi bilimlar, qiziqarli voqealar va hayotiy saboqlar bilan tanishtiradi.
“Yo‘l-yo‘lakay” loyihasi doirasida badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy kitoblarni muntazam o‘qib borish tavsiya etiladi. Yo‘lda, tanaffus paytida yoki bo‘sh vaqtda kitob mutolaa qilish vaqtni mazmunli o‘tkazishga, nutq boyligini oshirishga va yangi g‘oyalarni kashf etishga yordam beradi.
Qo'rg'ontepa tuman AKM mutahassislari ham "Yol- yo'lakay" loyihasi asosida kutubxonada mavjud kitoblarni aholiga o'qishga tavsiya etishdi.
Kitob o‘qish odatini shakllantirgan insonning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi ortadi, tasavvuri kengayadi va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratiladi. Shu sababli har kuni hech bo‘lmaganda bir necha sahifa mutolaa qilishni odatga aylantirish tavsiya etiladi.