Buxoro viloyat adliya boshqarmasi / Управление юстиции Бухарской области

  • Home
  • Uzbekistan
  • Bukhara
  • Buxoro viloyat adliya boshqarmasi / Управление юстиции Бухарской области

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi / Управление юстиции Бухарской области Қонун устуворлиги ҳамда инсон манфаатларини таъминла?

Buxoroda “Ziyo ulash” loyihasi davom etmoqdaBuxoro viloyatidagi barcha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida loy...
13/02/2025

Buxoroda “Ziyo ulash” loyihasi davom etmoqda

Buxoro viloyatidagi barcha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida loyiha doirasida kutubxona burchagi tashkil etilib, fuqarolar va adliya xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyati yaratildi hamda kutubxona fondi o‘zbek va jahon adabiyotining asarlari bilan boyitildi.

Mazkur loyihaga nafaqat adliya idoralari xodimlari, balki aholining barcha qatlamlari, turli kasb egalari, sport ustalari, san’atkorlar o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Buxoro viloyati bo‘limi boshlig‘i D.Xo‘jaev va boshqa taniqli san’atkorlar ushbu aksiyada ishtirok etgan holda Buxoro shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markaziga kitoblar topshirib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va barcha uchun kitoblardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish tashabbusini qoʻllab-quvvatladilar.

Markazlarda tashkil etilgan kitob javonlari to‘ldirilgach, ortgan kitoblar ehtiyojmand oilalarga, maktablar, bog‘chalarga sayyor tarzda yetkazib beriladi, shuningdek FHDY bo‘limlarida nikohini qayd etgan yosh oilalarga taqdim etiladi.

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan ommaviy say...
13/02/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan ommaviy sayyor qabullarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i M.Isayev ham ishtirok etib, Qorako‘l tumanida fuqarolarning murojaatlari esh*tildi.

Sayyor qabul davomida boshqarma boshlig'i tomonidan 15 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 8 tasi joyida hal etilgan holda huquqiy tushuntirish berildi. 6 ta murojaat ish yurituviga olindi. Qonunchilik yuzasidan tushuntirishlar berilib, fuqarolarga buklet va flayerlar tarqatildi.

Address

B. Naqshband Ko'chasi 168-uy
Bukhara
200100

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Buxoro viloyat adliya boshqarmasi / Управление юстиции Бухарской области posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Buxoro viloyat adliya boshqarmasi / Управление юстиции Бухарской области:

Share