Dang'ara Axborot Kutubxona Markazi

Dang'ara Axborot Kutubxona Markazi Dang'ara tumani Axborot-kutubxona markazi rasmiy Facebook sahifasi

 🕌 Imom Muhammad Boqir ziyoratgohiDang‘ara tumanining Doimobod qishlog‘ida joylashgan Imom Muhammad Boqir ziyoratgohi yu...
03/06/2026



🕌 Imom Muhammad Boqir ziyoratgohi
Dang‘ara tumanining Doimobod qishlog‘ida joylashgan Imom Muhammad Boqir ziyoratgohi yurtimizdagi muqaddas qadamjolardan biri sanaladi.

📍 Manzil: Doimobod MFY
📜 Davri: XIX asr
🌿 Maydoni: 8920 kv.m

Ziyoratgoh milliy uslubda ta’mirlanib, hududi obodonlashtirilgan hamda ziyoratchilar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Ushbu maskan nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki ma’naviy-ma’rifiy merosimizning muhim qismi sifatida ham qadrlanadi.

✨ Muqaddas qadamjolarimiz xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari va ma’naviyatini o‘zida mujassam etgan bebaho maskanlardir.

📚 Aziz yurtdoshlar, tarixiy va muqaddas maskanlarimizni ziyorat qiling, ularning boy tarixi bilan yaqindan tanishing!







🕌✨📚

  Bugun Dang‘ara axborot-kutubxona  markazi mutaxassisi Mumtozbegim Meliboyeva tomonidan Xalq qabulxonasi hamda Kambag‘a...
02/06/2026



Bugun Dang‘ara axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Mumtozbegim Meliboyeva tomonidan Xalq qabulxonasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi binosida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona yangi adabiyotlar bilan boyitildi. 📖
Yangi kitoblar aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, bilim va dunyoqarashni kengaytirishga xizmat qiladi.
🌟 Mutolaa nuri qalblarni yoritishda davom etsin! 📚✨

 ​📖 Kitoblar yangilandi! Bugun Dang‘ara tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Sevinchxon Ikromova navbatdagi moviy...
02/06/2026




📖 Kitoblar yangilandi!
Bugun Dang‘ara tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Sevinchxon Ikromova navbatdagi moviy jamadon xizmatini ko‘rsatdi.
​"Navbahor" MFY binosida hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi xodimi Dostonbek Raxmonovning xizmat xonasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonalar fondi yangi, qiziqarli adabiyotlar bilan boyitildi.

Maqsadimiz — har bir maskanda kitobxonlik uchun qulay muhit yaratish! 📚✨

 ​Dangara tuman axborot-kutubxona markazida bayram shukuhi 🕊️​Bugun, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munos...
01/06/2026



​Dangara tuman axborot-kutubxona markazida bayram shukuhi 🕊️
​Bugun, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan markazimizga "Детский сад" nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari tashrif buyurishdi. 🏛️👶
​Jajji kitobxonlar uchun ertak-terapiya mashgʻulotlari oʻtkazildi. Shuningdek, bolajonlarni mutolaaga qiziqtirish maqsadida rang-barang kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. 📚✨
​Maqsadimiz — har bir bolajonning qalbiga quvonch ulashish va ularni kitobsevar etib tarbiyalashdir! 🎉🏆

Assalomu alaykum, hurmatli Gulnozaxon Batiraliyevna!Bildirilgan tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi uchun samimiy minnatdo...
26/05/2026

Assalomu alaykum, hurmatli Gulnozaxon Batiraliyevna!
Bildirilgan tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi uchun samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.
E’tibor va ehtiromingiz biz uchun juda qadrlidir.
Hamkorligimiz bundan buyon ham mustahkam va bardavom bo‘lishini tilayman.
Sizni kirib kelayotgan Hayit ayyomi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka hamda sihat-salomatlik tilayman. 🌙✨

 📤📤📚 Ko‘chma kutubxona faoliyati davom etmoqda🚘🚘Dang‘ara tumani Qo‘riqlash bo‘limi hamda Katta Minglar mahalla fuqarolar...
26/05/2026

📤📤

📚 Ko‘chma kutubxona faoliyati davom etmoqda🚘🚘

Dang‘ara tumani Qo‘riqlash bo‘limi hamda Katta Minglar mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan Ko‘chma kutubxonaga navbatdagi tashrif amalga oshirildi.🚚🚚

Tashrif davomida kitobxonlar uchun yangi badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar yetkazilib, kutubxona fondi yangi kitoblar bilan boyitildi. Ushbu tashabbus aholi, ayniqsa yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.😊🤝

Ko‘chma kutubxona faoliyati kitobxonlarga yanada qulay sharoit yaratish va kitobni keng targ‘ib etish yo‘lida davom etadi.
📖✨

  adabiyotlarEheheheeeey, aziz kitobxonlar va bilimga chanqoq do‘stlarimiz! 📣✨​Siz intizorlik bilan kutgan ajoyib xushxa...
26/05/2026

adabiyotlar

Eheheheeeey, aziz kitobxonlar va bilimga chanqoq do‘stlarimiz! 📣✨

​Siz intizorlik bilan kutgan ajoyib xushxabar!
Dang'ara tuman axborot-kutubxona markazimiz xazinasi eng sara va trenddagi kitoblar bilan boyidi! 📚🥳
​Endi kutubxonamizdan quyidagi asarlarni topishingiz mumkin:
​Badiiy va psixologik bestsellerlar 🎭🧠
​Dunyoqarashni kengaytiruvchi siyosiy nashrlar 🌍
​Bugun trendda bo‘lgan eng so‘nggi xit kitoblar 🔥
​Milliy sertifikatga tayyorlanayotgan o‘quvchilar uchun eng zarur adabiyotlar va qo‘llanmalar 🎓
​🎯
Shoshiling: Eng qiziqarli kitoblar doimo birinchilarga nasib etadi! 😉
​Vaqtni boy bermay, kutubxonamizga shoshiling. Sizlarni intizorlik bilan kutamiz! 🤗👋

 ​Dang‘ara tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Mumtozbegim Meliboyeva tomonidan Ichki ishlar bo‘limida tashkil ...
25/05/2026



​Dang‘ara tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Mumtozbegim Meliboyeva tomonidan Ichki ishlar bo‘limida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona faoliyati yanada jonlantirildi. 📚✨
​Hamkorlik shartnomasi yangilanib, kutubxona fondi eng sara yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Keltirilgan badiiy, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy kitoblar soha xodimlarining dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz. 📖🤝

  oromgoh 'chma kutubxona​📚 Mutolaa bilan maroqli yoz!​Bugun Dangara tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandag...
25/05/2026

oromgoh
'chma kutubxona

​📚 Mutolaa bilan maroqli yoz!

​Bugun Dangara tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi 4-, 11-, 13-, 27- va 34-sonli maktablarda tashkil etilgan yozgi oromgohlarga ko‘chma kutubxonalar yetkazildi.
​Bolajonlarning ta’til kunlarini mazmunli va unumli o‘tkazish, ularda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan ushbu aksiyada 250 dan ortiq eng sara siyosiy, badiiy hamda bolalar adabiyotlari taqdim etildi. ✨

Maqsadimiz: Yozgi ta'tilda ham bolalarni kitob atrofida birlashtirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va mutolaaga bo'lgan mehrini yanada kuchaytirishdir. 📖🧒👧

 ‘nggi_qo‘ng‘iroq 🔔🔔🔔🎉🎓📚✨2026-yil 25-may kuni Dang‘ara tumanida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktabda 🔔“So‘nggi qo‘ng‘...
25/05/2026

‘nggi_qo‘ng‘iroq 🔔🔔🔔🎉🎓📚✨

2026-yil 25-may kuni Dang‘ara tumanida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktabda 🔔“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 🔔tadbiri ko‘tarinki ruh va tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda tuman hokimligidan vakil sifatida Dang‘ara tumani Axborot-kutubxona markazi direktori Sayyoraxon Ernazarova ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga kelgusi ta’lim yo‘llarida ulkan zafarlar, omad va yuksak marralar tiladi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, dilrabo kuy-qo‘shiqlar hamda milliy raqslar namoyish etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Tadbir yakunida faol va namunali o‘quvchilarga maktabning tashakkurnomalari hamda faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, farzandlari ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ota-onalarga ham maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

🎉 Bitiruvchi yoshlarimizga kelgusi hayot yo‘llarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Address

Toshkent Ko'chasi 69B Uy
Dang`ara
150500

Opening Hours

Monday 08:00 - 18:00
Tuesday 08:00 - 18:00
Wednesday 08:00 - 18:00
Thursday 08:00 - 18:00
Friday 08:00 - 18:00
Saturday 08:00 - 18:00

Telephone

+998908520338

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Dang'ara Axborot Kutubxona Markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category