Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi

Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-kutubxona markazida 4 ta xizmat turi yo`lga qo`yilgan bo`lib, kitobxonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Kutubxonamizga tashrif buyuring, kitob mutolaa qiling va ijtimoiy tarmoqlarda ham bizni doimiy kuzatib boring.

Joriy yilning 5-iyun sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi d...
05/06/2026

Joriy yilning 5-iyun sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Chinobod MFYda istiqomat qiluvchi Arziyeva Xosiyat onaga sayyor kutubxona xizmati koʻrsatildi.

Tashrif davomida kitobxon uchun Komil Sindarov hamda Azamat Qorjavobning asarlari tavsiya etilib, taqdim qilindi. Xosiyat ona mutolaa qilish uchun Azamat Qorjavobning “Musofir goʻdak qismati” asarini tanlab oldilar.

Mazkur loyiha aholining, ayniqsa, yoshi ulugʻ kitobxonlarning kitobga boʻlgan ehtiyojini qondirish, mutolaa madaniyatini keng targʻib etish hamda maʼnaviy-maʼrifiy xizmatlarni yanada ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 5-iyun sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bolaligim — poshsholigim" no...
05/06/2026

Joriy yilning 5-iyun sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bolaligim — poshsholigim" nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Koʻrgazmada bolalar uchun moʻljallangan eng qiziqarli, mazmunli va sara adabiyotlar namoyish etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh kitobxonlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, ularning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga koʻmaklashishdan iborat boʻldi.

Koʻrgazmadan bolalar adabiyoti, ertaklar, sarguzasht asarlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi 35 dan ortiq kitob oʻrin oldi. Ishtirokchilar koʻrgazma davomida oʻzlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib, mutolaa uchun tavsiyalar oldilar.

Tadbir kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, ko‘tarinki ruhda oʻtkazildi.

Joriy yilning 5-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar hamda Kitobx...
05/06/2026

Joriy yilning 5-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar hamda Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun bir-biridan qiziqarli kvest o‘yinlari tashkil etildi. G‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tashrif buyurgan barcha o‘quvchilarga “Omadli kitobxon” loyihasi uchun jetonlar tarqatilib, loyiha doirasida qiziqarli tanlov o‘tkazildi.

Bundan tashqari, topqir o‘quvchilar o‘rtasida turli topishmoq va mantiqiy savollar tashkil etilib, tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlandi. Ishtirokchilar faol qatnashib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

Tadbir ko‘tarinki ruhda, mazmunli va qiziqarli tarzda o‘tdi. Unda 50 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Yozgi ta’til — yangi bilimlar va qiziqarli kitoblar olamiga sayohat qilish uchun eng qulay fursat. Shu munosabat bilan D...
05/06/2026

Yozgi ta’til — yangi bilimlar va qiziqarli kitoblar olamiga sayohat qilish uchun eng qulay fursat. Shu munosabat bilan Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markaziga yangi kitobxonlar tashrif buyurib, kutubxona xizmatlaridan faol foydalanishmoqda.

📖Yosh kitobxonlar o‘z qiziqishlariga mos badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tanlab, mutolaa orqali bilim va tafakkurlarini boyitmoqdalar. Kitobga mehr qo‘ygan yoshlar safining kengayib borayotgani esa kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim yutuqlardan biridir.

🏛Kutubxona barcha kitobsevarlarni o‘z bag‘riga chorlaydi va yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishga taklif etadi.

Joriy yilning 4-iyun kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish,  saqlash va ularqa ishlov beris...
05/06/2026

Joriy yilning 4-iyun kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish, saqlash va ularqa ishlov berish xodimlari tomonidan Abonamentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xodimlariga «Yig‘ma elektron katalog (catalog.unicat.uz) tizimidan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish» mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi. Mahorat darsi davomida foydalanuvchilarni tizimdan ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni bosqichma-bosqich taqdimotlar asosida tushuntirildi. Xususan, saytga kirish, shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish, login va parol yaratish tartiblari batafsil yoritib berildi. Shuningdek, elektron katalog orqali kitoblarni qidirish, bibliografik ma’lumotlar bilan tanishish hamda elektron xizmatlardan samarali foydalanish imkoniyatlari amaliy tarzda namoyish etildi.

05/06/2026

Murodullayeva Layli Kitobxonlar klubi a'zosidan kitob tavsiya

Joriy yilning 4-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan buyuk rus shoiri va yozuvchis...
05/06/2026

Joriy yilning 4-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan buyuk rus shoiri va yozuvchisi Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 227 yilligi munosabati bilan 1-maktab bilan hamkorlikda “Pushkin asarlari bilan ma’naviyat sari” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida o‘quvchilarga Pushkinning hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumot berildi. Uning bolalik yillari, adabiyotga bo‘lgan qiziqishi qanday shakllangani hamda ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritildi. Adibning ayanchli vafoti haqidagi ma’lumotlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirib, uning hayoti va ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Tadbir davomida Pushkinning bolalar uchun yozilgan “Baliqchi va baliq haqida ertak” asari mazmuni aytib berildi. Shuningdek, davra suhbati qiziqarli savol-javoblar, “Kim chaqqon?” o‘yini hamda interaktiv mashg‘ulotlar bilan davom ettirildi.
Mazkur tadbirda 16 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Bugungi k***a inson ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirishda kitob o‘qishning o‘rni beqiyosdir. Kitob insonning dunyoq...
05/06/2026

Bugungi k***a inson ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirishda kitob o‘qishning o‘rni beqiyosdir. Kitob insonning dunyoqarashini kengaytiradi, tafakkurini boyitadi hamda jamiyatda muomala madaniyatining shakllanishiga xizmat qiladi.

🏛Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ikkinchi chorak davomida aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, shuningdek, fuqarolarning kutubxona faoliyatiga bo‘lgan munosabatini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi.

📄So‘rovnoma jarayonida ishtirokchilar berilgan savollarga o‘z fikr-mulohazalarini yozma ravishda bayon etib, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

Address

Jizzax Viloyati Do`stlik Tumani
Dustlik
130500

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category