Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg'ona viloyati bo'limi

Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg'ona viloyati bo'limi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg'ona viloyati bo'limi

05/02/2024
05/02/2024

⚡️ Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun ochiq tanlov

📣 Bilimni baholash agentligi 2024-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qiladi.

✅ Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

📌 Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

📆 Buning uchun talabgorlar 2024-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” (https://my.uzbmb.uz/service/62) bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

❗️ Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi✅ 2022-yil 11-12-dekabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniql...
21/12/2022

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

✅ 2022-yil 11-12-dekabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

⏳ Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 14-16-, 19-20-dekabr kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

🖥 Test natijalari 27-dekabr kuni my.gov.uz saytida e’lon qilinadi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limi orqali o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

21/12/2022

⚡️Davlat test markazi tomonidan korrupsiya holatlarini oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar

2022-yil 12-dekabr kuni Davlat test markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘...
13/12/2022

2022-yil 12-dekabr kuni Davlat test markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul Farg‘ona tumanidagi 4-sonli oʼrta taʼlim maktabida tashkil etildi.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi✅ 2022-yil 11-12-dekabr kunlari chet tilini bilish dar...
13/12/2022

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

✅ 2022-yil 11-12-dekabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 14-16- va 19-20-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

🇺🇿 1992-yil 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun.Qonunga ko‘ra...
10/12/2022

🇺🇿 1992-yil 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun.

Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

O‘zbek xalqi uchun qadrli bo‘lgan madhiya millatning asl qadriyatlarini aks ettiradi va eng asosiysi – Vatanimiz ozodligi, mustaqilligi va buyukligini tarannum etadi.

Shu munosabat bilan Davlat test markazi jamoasi barcha vatandoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun bilan tabriklaydi!

⚡️ Sayyor qabul davom etmoqda📆 2022-yil 9-dekabr kuni Davlat test markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi xodimlari tomoni...
10/12/2022

⚡️ Sayyor qabul davom etmoqda

📆 2022-yil 9-dekabr kuni Davlat test markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

🏛 Sayyor qabul Farg‘ona shahridagi 2-AFChOʻDIOʻT maktabida tashkil etildi.

🇺🇿 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!Davlat test markazi barchani O‘zbekiston Res...
09/12/2022

🇺🇿 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Davlat test markazi barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan muborakbod etadi!

Address

Dodxox Ko'chasi 2-uy
Farg`ona
150100

Telephone

+998732448762

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg'ona viloyati bo'limi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg'ona viloyati bo'limi:

Share