01/06/2026
Yettinchi chaqiriq хalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi 2026-yil 4-iyun kuni soat 14:00 da tuman hokimligi majlislar zalida boshlanadi.
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
✅ Bag‘dod tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-сhorak ijrosi.
✅ Bag‘dod tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida.
✅Bag‘dod tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Qarabayevning hisoboti haqida.
✅ Bag‘dod tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.
✅ Tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisobotini esh*tish.
✅ Bag‘dod tumani hokimligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
✅ Bag‘dod tuman hokimligida “Edo.ijro.uz” tizimi orqali ro‘yxatga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati to‘g‘risida.
✅O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Farg‘ona viloyati Bag‘dod tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari U.Yigitaliyevning hisoboti to‘g‘risida.