Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi

Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi Mirzacho`l tuman axborot-kutubxona markazi qabul kunlari:
Dushanba- Juma 9:00-18:00 gacha
Gagarin shahri, O`zbekiston ko`chasi 28-uy

🖥2026-yil 4-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan mahalladagi yosh onalarni kitobxonl...
04/06/2026

🖥2026-yil 4-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan mahalladagi yosh onalarni kitobxonlikka keng jalb etish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda oilalarda kitobxonlik muhitini mustahkamlash maqsadida tuman madaniyat markazining faollar zalida “Kitobxon ona – ma’rifatli avlod tarbiyachisi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

✅Ko‘rgazmada asosan oila, farzand tarbiyasi, ma’naviyat, milliy qadriyatlar hamda ayollar hayoti va faoliyatiga oid adabiyotlar, ertaklar, bolalar ensiklopediyalari keng namoyish etildi. Ko‘rgazma davomida ushbu kitoblarning mazmun-mohiyati, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, bolalarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati hamda oilaviy mutolaani rivojlantirishdagi roli haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🖥Joriy yilning 4-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasi 9-maktab ...
04/06/2026

🖥Joriy yilning 4-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasi 9-maktab kutubxonasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan boyitilib, kitobxonlar uchun yangilandi. Tadbir doirasida o‘qituvchilar ishtirokida “Mutolaa madaniyati- taraqqiyot omili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

✅Suhbat davomida kitob mutolaasining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda adabiyotning ahamiyati haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga yangi keltirilgan badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlari tanishtirilib, mutolaa uchun tavsiyalar berildi.

🖥 2026-yil 3-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumi talaba va o‘qituvc...
03/06/2026

🖥 2026-yil 3-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumi talaba va o‘qituvchilari ishtirokida “Kitob – ma’naviyat va taraqqiyot manbai” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada badiiy adabiyotlar, tarixiy asarlar, ilmiy-ommabop kitoblar hamda yoshlar tarbiyasi va ma’naviy kamolotiga oid adabiyotlar namoyish etildi.

✅Tadbir davomida ishtirokchilarga kitob mutolaasining inson tafakkurini boyitishdagi o‘rni, yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, kutubxona fondiga yangi kelib tushgan adabiyotlar tanishtirilib, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ko‘rgazma ishtirokchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

2026-yil 3-iyun kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 8-maktab kutubxonasiga uslubiy yorda...
03/06/2026

2026-yil 3-iyun kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 8-maktab kutubxonasiga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashrif tashkil etildi.

🗣️Tashrif davomida kutubxona ishining tashkil etilishi, mavjud hujjatlar bilan ishlash tartibi, adabiyotlar fondining holati hamda foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati tahlil qilindi. Jarayon davomida inventar kitoblari, kitobxonlar hisobini yuritish hujjatlari va boshqa zaruriy hujjatlar amaldagi tartiblar asosida yuritilayotgani ko‘rib chiqildi. Mavjud kitob fondi tartibli saqlanayotgani va undan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratilgani aniqlandi.

🖥Joriy yilning 2-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yosh avlodga "Milliy va ma'nav...
02/06/2026

🖥Joriy yilning 2-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yosh avlodga "Milliy va ma'naviy qadriyatlar-yoshlar tarbiyasining poydevori" nomli ko'rgazma tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odat va an’analari, milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashning ahamiyati tushuntirildi.

Hurmatli kitobxonlar‼️E’tiboringizga kutubxonamizda mavjud bo‘lgan kitoblardan olingan parchalarni havola etamiz.✍️ Jek ...
01/06/2026

Hurmatli kitobxonlar‼️
E’tiboringizga kutubxonamizda mavjud bo‘lgan kitoblardan olingan parchalarni havola etamiz.

✍️ Jek London
📔Bo'ri o'g'li

🖥​Jek London ijodida shimol tabiati, u yerda yashovchi qabilalar va oltin izlovchilar hayoti markaziy o'rinni egallaydi. Keling, ushbu kitob va uning mazmuni haqida batafsilroq to'xtalib o'tamiz.
Bo'ri o'g'li" — Jek Londonning ilk bor 1900-yilda nashr etilgan va unga katta shuhrat keltirgan eng birinchi hikoyalar to'plami hisoblanadi. Kitob Alyaskadagi Klondayk (Klondike) oltin talatomi (Gold Rush) davridagi shafqatsiz hayot, inson va tabiat o'rtasidagi kurashni tasvirlaydi.

​✔️Muallifning o'zi ham o'sha yillari Alyaskaga oltin qidirib borgani sababli, u yerdagi hayotni, sovuq iqlimni va odamlar xarakterini juda hayotiy va ishonchli tasvirlab bergan.

Hurmatli kitobxonlar‼️E’tiboringizga kutubxonamizda mavjud bo‘lgan kitoblardan olingan parchalarni havola etamiz.✍️ Jaho...
01/06/2026

Hurmatli kitobxonlar‼️
E’tiboringizga kutubxonamizda mavjud bo‘lgan kitoblardan olingan parchalarni havola etamiz.

✍️ Jahon Adabiyoti Turkumidan
📔Mash'um Aybnoma

🖥1917–1985) — XX asr nemis adabiyotining eng yirik namoyandalaridan biri. 1972-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Uning asarlari chuqur psixologizmi, urushga bo‘lgan nafrati va insonparvarlik g‘oyalari bilan ajralib turadi. U o‘z asarlarida shunchaki voqealarni hikoya qilmaydi, balki oquvchini vijdonan hisobot berishga majbur qiladi.

✅ "Mash'um aybnoma" deb nomlangan ushbu nashr zamirida ham quyidagi muhim mavzular yotadi:
​Oddiy, begunoh insonning davlat mashinasi, OAV (ommaviy axborot vositalari) yoki jamiyatning asossiz tana-toshlari ostida qolib ketishi.
​Ikkinchi jahon urushidan keyingi Germaniya hayoti, odamlarning ruhiyatidagi parchalanishlar va ma'naviy inqiroz.

✔️​Asarda kim haqiqiy aybdor-u, kim jabrdiyda degan savol ko‘ndalang qo‘yiladi. Ko'pincha haqiqiy jinoyatchilar soyada qolib, jamiyat qurbon qidiradi.

🖥Joriy yilning 1-iyun kuni Mirzachoʻl tuman 7-maktabgacha ta'lim tashkilotida 1-iyun – Butunjahon bolalarni himoya qilis...
01/06/2026

🖥Joriy yilning 1-iyun kuni Mirzachoʻl tuman 7-maktabgacha ta'lim tashkilotida 1-iyun – Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Bolalar kulgusi – hayot bezagi" mavzusida adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, bolajonlar uchun rang-barang va qiziqarli bolalar adabiyotlaridan iborat kitoblar koʻrgazmasini namoyish etdilar. Koʻrgazmadan oʻrin olgan ertaklar, sheʼriy toʻplamlar hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar yosh kitobxonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

✅Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan sheʼrlar aytildi, kuy-qoʻshiqlar ijro etildi va raqslar namoyish etildi. Quvnoq va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir bolalarga unutilmas taassurotlar ulashib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida kitobga mehr, Vatanga sadoqat, ezgulik va doʻstlik tuygʻularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🖥 2026-yil 1- iyun kuniButunjahon bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona marka...
01/06/2026

🖥 2026-yil 1- iyun kuni
Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Bolalar-kelajagimiz bunyodkorlari" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida bolalarning huquqlari, ularni asrab-avaylash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish masalalari haqida suhbat olib borildi.

✔️ Shuningdek, kichkintoylar uchun qiziqarli savol-javoblar, she’rlar va tarbiyaviy o‘yinlar tashkil etilib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi. Tadbir bolajonlarda Vatanga muhabbat, mehr-oqibat va do‘stlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Address

Mirzacho'l
Gagarin
130300

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category