Jizzax viloyati hokimligi Axborot xizmati

Jizzax viloyati hokimligi Axborot xizmati Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

01/06/2026

🎥 Videoreportaj: Do‘stlik tumanida g‘alla o‘rimi mavsumiga start berildi

Do‘stlik tumanida 2026-yil hosili uchun yetishtirilgan boshoqli donni yig‘ib-terib olish ishlari boshlandi. Joriy yilda tumanda 14 ming 700 gektar maydonga g‘alla ekilib, 150 ming tonnadan ortiq hosil yetishtirish rejalashtirilgan.

Mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 22 ta o‘rim otryadi shakllantirilib, ularga 65 ta zamonaviy kombayn biriktirildi. Shuningdek, hosil tashish ishlariga 300 ga yaqin transport vositasi jalb etilmoqda.

G‘alla o‘rimini birinchi bo‘lib Umrzoq Mamatqulov fermer xo‘jaliklari hududiy uyushmasi tarkibidagi “Inoyatulla” fermer xo‘jaligi boshlab berdi. Ayni paytda don o‘rimi zamonaviy texnika yordamida jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Fermerlarning mehnati samarasi o‘laroq ayrim maydonlarda har gektardan o‘rtacha 90 sentnergacha hosil olinmoqda.

📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.

@подписчики

Jizzaxda chempionlar saralanmoqda “Prezident Olimpiadasi” yoshlar orzusiga qanot bag‘ishlayaptiJizzax viloyatida “Yangi ...
01/06/2026

Jizzaxda chempionlar saralanmoqda

“Prezident Olimpiadasi” yoshlar orzusiga qanot bag‘ishlayapti

Jizzax viloyatida “Yangi O‘zbekiston — Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida o‘tkazilayotgan “Prezident Olimpiadasi”ning II bosqichi — “Hokim Olimpiadasi” bahslari yosh sportchilarning iqtidori, irodasi va g‘alabaga chanqoqligini yana bir bor namoyon etdi. Viloyatning shahar va tumanlaridan saralab olingan o‘g‘il-qizlar bir necha sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashib, kelajak chempionlari aynan mahalla va hududlardan yetishib chiqishini amalda isbotlashmoqda.

Mamlakatimizda sportni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni erta aniqlash va ularni katta sportga yo‘naltirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim shakllantirilmoqda.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yilda qabul qilingan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarini tashkil etishga doir qarori asosida uch bosqichli musobaqalar tizimi joriy etildi. Unga muvofiq, tuman va shahar bosqichlarida saralangan yoshlar viloyat bosqichida bellashib, eng kuchli sportchilar respublika finali — “Prezident Olimpiadasi” yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.

Jizzax shahridagi “Kiber arena” sport majmuasi va Olimpiya hamda paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tkazilgan musobaqalar ana shu ezgu maqsadlarning amaliy ifodasiga aylandi. Qilichbozlik bo‘yicha bahslar ayniqsa murosasiz kechdi.

Sablya yo‘nalishida yosh sportchilar nafaqat texnik mahorati, balki matonati va irodasini ham namoyon etishdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida Ro‘zimurod Shakarov chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nuriddin Toshpo‘latov ikkinchi, Bekjahon Jo‘rayev hamda Abdulla Saydiyevlar uchinchi o‘rinni egallashdi. Qizlar bahsida esa Mohinur Qarshiboyeva g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Shuningdek, Bonu Yaxshilikova, Intizor Abdumalikova va Lobar Karimovalar ham sovrindorlar safidan joy olishdi.

Boks musobaqalari esa haqiqiy iroda va jasorat maydoniga aylandi. O‘nta vazn toifasida kechgan final janglarida yosh charm qo‘lqop ustalari g‘alaba uchun shiddatli kurash olib borishdi. Har bir uchrashuvda sportchilarning puxta tayyorgarligi, jangovar ruhi va yuqori mahorati yaqqol ko‘zga tashlandi.

Og‘ir atletika va parapauerlifting bahslari ham sportsevarlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Sakkizta vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirokchilar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib, yangi natijalar sari intilishdi. Bu musobaqalar nafaqat jismoniy kuch, balki sabr-toqat va qat’iyat sinovi bo‘ldi.

Stol tennisi musobaqalarida ham raqobat yuqori darajada kechdi. Chaqqonlik, tezkor fikrlash va aniq hisob-kitob talab etadigan bahslarda yosh sportchilar o‘z iqtidorlarini namoyon etib, kelajakda katta arenalarda yurtimiz sharafini himoya qilishga munosib ekanliklarini ko‘rsatishdi.

Musobaqalarning ochilish va taqdirlash marosimlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nazira Muxtorova, viloyat hokimi o‘rinbosari Gulnora Normurodova, sport federatsiyalari va soha mutasaddilari ishtirok etib, yoshlarga omad va zafarlar tilashdi. Ular mamlakatimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida har bir hududda yangi iqtidorlar kamol topayotganini alohida ta’kidladilar.

Jizzax viloyati xorijdan ko‘chib kelayotganlar uchun yangi imkoniyatlar hududi bo‘lmoqdaMamlakatimizda amalga oshirilayo...
01/06/2026

Jizzax viloyati xorijdan ko‘chib kelayotganlar uchun yangi imkoniyatlar hududi bo‘lmoqda

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hududlarda yaratilayotgan qulay investitsiyaviy muhit va biznes uchun keng imkoniyatlar fuqarolarning yashash va ishlash uchun hudud tanlashida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasining 2026-yil yanvar–mart oylari bo‘yicha ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga doimiy yashash uchun 721 nafar xorijlik fuqaro ko‘chib kelgan.

Statistik tahlillarga ko‘ra, yurtimizga ko‘chib kelayotganlarning asosiy qismi Rossiya (34,1 foiz), Qozog‘iston (19,7 foiz) va Tojikiston (12,2 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib, xorijlik fuqarolar uchun jozibador manzilga aylanib borayotganini anglatadi.

Jizzax viloyatiga joriy yilning birinchi choragida 5 nafar xorijlik fuqaro doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan.

Viloyatimizda yoshlar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, sanoat zonalarida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan faol ishlar, shuningdek, infratuzilmaning yaxshilanib borayotgani xorijdan kelayotgan mutaxassislar va ishbilarmonlar uchun muhim omillardan biriga aylanmoqda.

Jizzax o‘z imkoniyatlari bilan nafaqat mahalliy aholi, balki xorijlik fuqarolar uchun ham tinch, xavfsiz va istiqbolli yashash hamda faoliyat yuritish maskaniga aylanish sari dadil qadam tashlamoqda.

Jizzax viloyatida sayyohlar xavfsizligini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda-mi?Jizzax viloyatida turizm salohiyatini yuk...
01/06/2026

Jizzax viloyatida sayyohlar xavfsizligini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda-mi?

Jizzax viloyatida turizm salohiyatini yuksaltirish bilan bir qatorda sayyohlar xavfsizligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Zero, zamonaviy turizm infratuzilmasi faqat qulay sharoitlar bilan emas, balki xavfsiz muhit bilan ham baholanadi.

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov vohadagi turistik va dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, Forish tumanida joylashgan “Baland osmon” MChJ hamda Sharof Rashidov tumanidagi “Rancho tur” MChJga qarashli sayyohlik maskanlarida turistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, videokuzatuv tizimlari, xavfsizlik choralari va profilaktik tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar tomonidan mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsiz, mazmunli va maroqli dam olishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirish, xavfsizlik tizimlarini takomillashtirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bugungi k***a mamlakatimizda turizm sohasida xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu borada Prezidentimizning 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Mutaxassislar fikricha, sayyohlarni jalb qilish uchun tabiat yoki tarixiy obidaning o‘zi yetarli emas. Turist o‘zini xavfsiz his etgan joyga yana qaytadi, boshqalarga ham tavsiya qiladi. Aks holda, eng go‘zal maskan ham kutilgan natijani bermasligi mumkin.

Jizzaxda amalga oshirilayotgan bu kabi o‘rganishlar va nazorat tadbirlari nafaqat jamoat xavfsizligini mustahkamlash, balki hududning turistik jozibadorligini oshirishga ham xizmat qiladi. Chunki turizm rivojining mustahkam poydevori — bu xavfsizlikdir.

Jizzaxda "Run For Life – Jizzakh 2026" xayriya marafoni bo‘lib o‘tdi  Sharof Rashidov tumani, Shodlik ko‘chasi bo‘ylab "...
01/06/2026

Jizzaxda "Run For Life – Jizzakh 2026" xayriya marafoni bo‘lib o‘tdi

Sharof Rashidov tumani, Shodlik ko‘chasi bo‘ylab "Har bir qadam hayotni saqlab qoladi" shiori ostida o‘quvchilar tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya marafonida ishtirokchilar 3 kilometrlik hamda 6 kilometrlik masofani birinchilardan bo‘lib bosib o‘tish uchun o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazdilar.

Yak***a g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.

TADBIRKORLIK UCHUN YER UCHASTKALARINI  JIZZAX VILOYATIDA 3800 ta (https://e-auksion.uz/lots?group=6&date&index=1&page=1&...
01/06/2026

TADBIRKORLIK UCHUN YER UCHASTKALARINI JIZZAX VILOYATIDA 3800 ta (https://e-auksion.uz/lots?group=6&date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&category=46®ion=4) "e-auksion.uz"da xarid qiling

➖ Jizzax shahar 132 ta (ko'rish (https://e-auksion.uz/lots?date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&group=6&category=46®ion=4&area=47))
➖Arnasoy tumani 35 ta (ko'rish (https://e-auksion.uz/lots?date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&group=6&category=46®ion=4&area=54))
➖Baxmal tumani 501 ta (ko'rish (https://e-auksion.uz/lots?date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&group=6&category=46®ion=4&area=50))
➖G‘allaorol tumani 337 ta (ko'rish (https://e-auksion.uz/lots?date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&group=6&category=46®ion=4&area=49))
➖Sh.Rashidov tumani 2 ta (ko'rish (https://e-auksion.uz/lots?date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&group=6&category=46®ion=4&area=48))
➖Do‘stlik tumani 7 ta (ko'rish (https://e-auksion.uz/lots?date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&group=6&category=46®ion=4&area=53))
➖Zomin tumani 531 ta (ko'rish2 (https://e-auksion.uz/lots?date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&group=6&category=46®ion=4&area=57)
➖Zarbdor tumani 254 ta (ko'rish (https://e-auksion.uz/lots?date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&group=6&category=46®ion=4&area=56))
➖Mirzacho‘l tumani 310 ta (ko'sh (https://e-auksion.uz/lots?date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&group=6&category=46®ion=4&area=55))
➖Zafarobod tumani 308 ta (ko'rish (https://e-auksion.uz/lots?date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&group=6&category=46®ion=4&area=52))
➖Paxtakor tumani 91 ta (ko'rish (https://e-auksion.uz/lots?date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&group=6&category=46®ion=4&area=51))
➖Forish tumani 179 ta ( ko'rish (https://e-auksion.uz/lots?date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&group=6&category=46®ion=4&area=59))
➖Yangiobod tumani 815 ta (ko'rish (https://e-auksion.uz/lots?date&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&group=6&category=46®ion=4&area=60))

Izoh: Muddatli to'lov imkoniiyati mavjud!

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
☎️ (71) 202 21 11
📱+998992073608
📱+998992072608

Jizzaxda “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining birinchi bosqichiga start berildiJizzax vil...
01/06/2026

Jizzaxda “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining birinchi bosqichiga start berildi

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanidagi 2-sonli texnikumda “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining birinchi bosqichiga tantanali start berildi.

Mazkur tanlov yoshlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ularning iste’dodi va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda zamonaviy kasblarga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Ochilish marosimida viloyat va respublika miqyosidagi mutasaddi rahbarlar, tashkilot va idoralar vakillari, pedagoglar hamda yoshlar ishtirok etdi. Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i M. Rahmonberdiyev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i B. Soatov, Jizzax viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i S. Nazarqosimov hamda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D. Xudoyshukurov so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning bandligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlashdi.

Qayd etilganidek, bugun mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu ma’noda, kasbiy mahorat tanlovlari yoshlar uchun nafaqat bellashuv, balki tajriba almashish, yangi g‘oyalar ustida ishlash va o‘z imkoniyatlarini namoyon etish maydoni vazifasini o‘tamoqda.

Tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov jonli efir orqali respublika bo‘ylab tanlovga rasmiy start berilganini e’lon qildi. Bu esa mazkur loyihaning mamlakat miqyosidagi ahamiyati va yoshlarga qaratilayotgan e’tiborning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Tanlovning birinchi kunida 10 ta kasb yo‘nalishidan 4 tasi bo‘yicha amaliy bellashuvlar tashkil etildi. Xususan, sartaroshlik yo‘nalishida 24 nafar, moda texnologiyalari bo‘yicha 14 nafar, oshpazlik yo‘nalishida 26 nafar hamda kompyuter grafikasi bo‘yicha 20 nafar ishtirokchi o‘z mahoratini namoyish etdi.

Bellashuvlar jarayonida qatnashchilarning kreativ yondashuvi, amaliy ko‘nikmalari va innovatsion g‘oyalari hakamlar hay’ati hamda mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, oshpazlik yo‘nalishida tayyorlangan milliy va zamonaviy taomlar, moda texnologiyalaridagi yangi dizayn yechimlari, kompyuter grafikasi bo‘yicha ijodiy loyihalar hamda sartaroshlik sohasidagi ishlar ishtirokchilarning salohiyatini yaqqol namoyon etdi.

Tanlov jarayonlarida mutasaddilar bellashuv maydonlarini aylanib chiqib, yoshlar bilan muloqot qildi, ularning ishlari bilan yaqindan tanishdi hamda kelgusi faoliyati uchun tavsiya va tilaklar bildirdi.

Ta’kidlanganidek, bunday tanlovlar yoshlarning kasb-hunarga qiziqishi va intilishini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy kasb egalari sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha bellashuvlar esa tasdiqlangan reja-grafik asosida keyingi kunlarda davom ettiriladi.

29/05/2026

Jizzaxlik madaniyat va san’at vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko‘ra, madaniyat, san’at va adabiyot sohasini rivojlantirish, milliy merosni asrash va yoshlarni tarbiyalashga qo‘shgan hissasi uchun Jizzax viloyatining bir qator vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Jumladan, Jizzax viloyati musiqali drama teatri artisti Raisa Abdullayeva “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, Forish tumani madaniyat bo‘limi mudiri Maxmud Narkazakov esa “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Mukofotlar viloyat hokimligida tantanali ravishda topshirildi.

@подписчики

Jizzaxlik madaniyat va san’at namoyandalari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi  Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari...
29/05/2026

Jizzaxlik madaniyat va san’at namoyandalari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra, o‘zining ko‘p yillik samarali ilmiy-ijodiy faoliyati, yorqin va betakror iste’dodi bilan xalqimizning madaniy, badiiy hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizni boyitish, mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirish, asriy an’analarimiz va boy merosimizni asrab-avaylash, Yangi O‘zbekistonni jahon miqyosida keng targ‘ib etishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Jizzaxlik bir qator soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, jamiyatimizda o‘zaro hamjihatlik, ezgulik va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlash, yosh iqtidor egalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mahorat va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari ham inobatga olindi.

Mazkur Farmonga muvofiq, Jizzax viloyati musiqali drama teatri artisti Abdullayeva Raisa Uraimovna “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, Forish tumani madaniyat bo‘limi mudiri Narkazakov Maxmud Mamadaliyevich esa “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandilar.

Davlat mukofotlari viloyat hokimligida tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi.

Address

Жиззах шаҳри, Ш. Рашидов шох кўчаси, 64-уй
Jizzakh
130000

Telephone

+998722263132

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Jizzax viloyati hokimligi Axborot xizmati posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share