Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi

Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi Jizzakh tourism

     Jizzax viloyatining brendi bo'lgan "Baxmal olmasi" xalqaro tadbiri o'tkazildi.🔷 Jizzax viloyatida agroturizm salohi...
06/10/2025



Jizzax viloyatining brendi bo'lgan "Baxmal olmasi" xalqaro tadbiri o'tkazildi.

🔷 Jizzax viloyatida agroturizm salohiyatini keng targ'ibot qilish maqsadida 2025-yil 4-oktabr kuni Baxmal tumanida "Baxmal olmasi" xalqaro tadbiri o'tkazildi.

🔶Tadbir davomida tumanning yetakchi bog'bon va fermerlari tomonidan yetishtirilgan turli navdagi olma mahsulotlari ko'rgazmasi namoyish etildi.

📍Ushbu xalqaro tadbirda xorijiy va mahalliy sayyohlar ham ishtirok etib, folklor jamoalari ishtirokida milliy kuy qo'shiqlar yangradi, xalq o'yinlari, milliy taomlar ko'rgazmasi hamda hunarmandlar yarmarkasi ham sayyohlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

     Jizzax viloyatining turizm salohiyati Fransiyada o'tkazilgan  "IFTM Top Resa" ko'rgazmasida namoyish etildi.🔷 2025-...
06/10/2025



Jizzax viloyatining turizm salohiyati Fransiyada o'tkazilgan "IFTM Top Resa" ko'rgazmasida namoyish etildi.

🔷 2025-yil 23-25-sentabr kunlari Parij shahrida o'tkazilgan "IFTM Top Resa" xalqaro turizm yarmarkasida Jizzax viloyati hokimi o'rinbosari S.Shukurullayev ishtirok etdi.

🔶 Tadbirda Jizzax viloyatining boy tarixiy merosi, betakror tabiati, sayyohlar uchun tashkil etilgan turizm maskanlari to'g'risida ma'lumotlar turizm sohasidagi xalqaro nufuzli kompaniyalarga va mehmonlarga namoyish etildi.

◻️Ko‘rgazma davomida viloyat hokimi o'rinbosari S.Shukurullayev va “Atout France” turistik rivojlanish agentligining bosh direktori Adam Ubui, “Le Petit Futé” xalqaro nashriyoti rahbari Oksana Morange, “Holiday Magazine” jurnalining marketing departamenti boshlig'i Busio Saraiva bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

🔳Uchrashuv davomida xorijiy sayyohlarni jalb etish va Jizzax viloyatini xalqaro turizm xaritasida munosib o‘rin egallashga xizmat qiluvchi kelishuvlarga erishildi.

   Jizzax viloyatining turizm salohiyati xalqaro turistik platformalarda targ'ib qilinadi. 🔶Bahrayn davlatining yetakchi...
19/09/2025



Jizzax viloyatining turizm salohiyati xalqaro turistik platformalarda targ'ib qilinadi.

🔶Bahrayn davlatining yetakchi jurnalist, bloger va inflyuyenserlardan iborat delegatsiya uchun joriy yilning 12-13-sentabr kunlari Jizzax viloyatiga info-tur tashkil etildi.

🔷Xorijiy mehmonlar Zomin tumaning diqqatga sazovor joylari, "Milliy tabiat bog'i", "Suffa 2400" platosidagi turizm maskanlari, shuningdek, viloyatimizning boy madaniy merosi, urf-odatlari, gastronomiyasi va betakror tabiati bilan yaqindan tanishdilar.

💥Info-tur doirasida xorijiy OAV tomonidan viloyatimizning turistik jozibadorligi to‘g‘risidagi umumiy 50 dan ortiq foto, video va maqolalar Bahraynning “Al-Wasat”, “Akhbar Al Khaleej Daily Newspaper”, “Al-Ayam”, “Axbor al-Xalij”, “Alayam News” va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirildi.

🔥Ushbu tashrif viloyatimizningg xalqaro miqyosdagi ijobiy imijini mustahkamlash va turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib qilishga hamda Bahrayn Podshohligidan sayyohlar oqimi oshishiga xizmat qiladi.

   Toshkent viloyatida "Uzum sayli" xalqaro festivalida Jizzax viloyati faxrli I o'rinni egalladi.🍇 2025-yil 22-23 avgus...
25/08/2025



Toshkent viloyatida "Uzum sayli" xalqaro festivalida Jizzax viloyati faxrli I o'rinni egalladi.

🍇 2025-yil 22-23 avgust kunlari Toshkent viloyatida "Uzum sayli" xalqaro festivali o'tkazildi. Mazkur festivalda Jizzax viloyati o'zining milliy stend bilan ishtirok etishdi.

🍇 Festival davomida Jizzax viloyati uzumchiligining qadimiy tarixi va bugungi yutuqlari alohida ta’kidlandi. Ayniqsa, Forish, Zomin va Baxmal tumanlarida yetishtirilayotgan mazali va sifatli uzumlar o‘zining tabiiyligi va shirinligi bilan yuksak baholandi.

🔥Shuningdek, viloyatimizning folklor dasturi, milliy raqs va kuylar festivalga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Festivalga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar Jizzax viloyatining boy an’analari va urf odatlari, mehmondo‘stligidan katta taassurot oldilar.

    “Obod va fayzli mahalla – yurt koʼrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o'tkazildi.💥Bugun mamlakatimiz boʼylab...
25/08/2025



“Obod va fayzli mahalla – yurt koʼrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o'tkazildi.

💥Bugun mamlakatimiz boʼylab “Obod va fayzli mahalla – yurt koʼrki” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan umumxalq xayriya hasharida Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi hududida hashar tashkil etildi.

🔷Bino atroflari tozalandi hamda daraxtlarga shakl berildi va oqlandi. Chiqindilar chiqarildi. Bu kabi xayrli ishlar eski shahar hududi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish shaxobchalari va boshqa turizm obyektlarida ham davom etmoqda.

Aydar – Arnasoy turizm zonasida yangi ekoturizm maskani barpo etilmoqda✨Aydar – Arnasoy hududida turizm va ekologik uyg‘...
25/08/2025

Aydar – Arnasoy turizm zonasida yangi ekoturizm maskani barpo etilmoqda

✨Aydar – Arnasoy hududida turizm va ekologik uyg‘unlik asosida yangi ekoturizm maskani qurilishi davom etmoqda .

🌎 Yangi maskan doirasida zamonaviy yondashuv asosida ekologik mehmon uylari, velosiped va piyoda sayr yo‘laklari, shuningdek, tabiatni asrashga xizmat qiluvchi axborot markazi ham barpo etiladi.

💥Qurilish ishlari uchun 60 dan ortiq maxsus texnika jalb etilgan bo‘lib, hozirgi k***a 190 nafardan ortiq ishchi faoliyat yuritmoqda.

🔥Ekoturizm maskani 2025-yilning noyabr oyida to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu yerda sayyohlar uchun qulayliklar bilan birga, tabiatni muhofaza qilishga xizmat qiluvchi yechimlar – quyosh panellari, yomg‘ir suvini yig‘ish tizimlari, chiqindilarni saralash punktlari kabi infratuzilmalar ham o‘rnatiladi.

✅2025-yil 16–22-avgust kunlari Hindiston, Pokiston va Buyuk Britaniyadan kelgan jurnalistlar ishtirokida Jizzax viloyati...
25/08/2025

✅2025-yil 16–22-avgust kunlari Hindiston, Pokiston va Buyuk Britaniyadan kelgan jurnalistlar ishtirokida Jizzax viloyatida info-tur tashkil etilmoqda.

✈️Info-tur davomida xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari Zomin tumani, G‘allaorol tumani, Jizzax shahri hamda Forish tumanida bo‘lib, hududning turizm salohiyati, tabiiy go‘zalliklari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan yaqindan tanishadilar.

✅Ushbu tashrif Jizzax viloyatining xalqaro miqyosdagi ijobiy imijini mustahkamlash va turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi

11/08/2025

Diyor yangiliklari

Jizzax viloyati turizm salohiyati

11/08/2025



🇺🇿Oʻzbekiston📺 | Tahlilnoma

🔷 Antaliya va Dubaydan qolishmaydi. Aydarko‘l sohilida 220 mlrd so‘mlik turizm klasteri tashkil etilmoqda.

    Zomin tumani-xorijiy davlatlarning turistik platforma vakillari e'tiborida!🔷 Jizzax viloyatining turizm salohiyatini...
11/08/2025



Zomin tumani-xorijiy davlatlarning turistik platforma vakillari e'tiborida!

🔷 Jizzax viloyatining turizm salohiyatini xorijiy davlatlarida keng targ'ibot qilish maqsadida 2025-yil 4-5-6-avgust kunlari Birlashgan Arab Amirligi, Turkiya, Qatar davlatlarining eng faol ommaviy axborot vositalari va blogerlari ishtirokida Zomin tumaniga info tur o'tkazildi.

⛰ Mazkur info tur davomida viloyatimiz milliy kuy qo'shiqlari, o'zbek ayollarining sharqona kiyimlari va o'ziga xos milliy taomlarning tayyorlanish jarayonlarida faol ishtirok etishdi.

     "Yoshlar turizm haftaligi" doirasida  turizm sohasi vakillari va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi.🔷 2025-yil 20-iyulda...
11/08/2025



"Yoshlar turizm haftaligi" doirasida turizm sohasi vakillari va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi.

🔷 2025-yil 20-iyuldan 20-avgustga qadar respublika bo‘ylab “Yoshlar turizmi oyligi” o‘tkazilishi belgilangan. Haftalik doirasida rejaga muvofiq joriy yilning 26-iyul kuni Sabhram universiteti Jizzax viloyati fillialida turizm sohasida ko'p yillik tajribaga ega mutaxassislar bilan yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

🔶Ushbu uchrashuvda "Hello Zamin" turkompaniyasi rahbari Olima Tovboyeva va "Ifor" mehmonxona ijrochi direktori Komila Egamberdiyeva hamda "Yosh turizm" elchilari ishtirok etishdi.

💥Uchrashuv davomida turizm sohasida turkompaniya tashkil etish tartibi, turizm yo'nalishlari va ish jarayonidagi tajribalar to'g'risida ma'lumotlar berildi. Uchrashuvda yoshlar tomonidan turizm sohasi bo'yicha savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Address

63, Sh. Rashidov Street
Jizzakh

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998722261799

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi:

Share