06/07/2023
Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Sharof Rashidov tumanida saylovchilar bilan uchrashdi
O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Jizzax viloyatidagi ishonchli vakili Zulayho Akramova va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O'rol O'rozboyev, O‘zXDP Jizzax viloyati kengashi raisi N.Xolmatovlar Sharof Rashidov tumanida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ishonchli vakil Z.Akramova va O'.O'rozboyev yig‘ilganlarga nomzodning saylovoldi dasturi haqida ma’lumotlar berdi. Xususan, Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida import o‘rnini bosadigan ijtimoiy ahamiyatga molik tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish bo‘yicha asosli biznes-loyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlarni joriy etish masalasi ham o‘rin olgan.
Mazkur tashabbusning mahalliy tadbirkorlikni rag‘batlantirish barobarida yangi ish o‘rinlari yaratishi bo‘yicha ishonchli vakil atroflicha tushuntirishlar berdi.
Uchrashuv so‘nggida O'.O'rozboyev dastur yuzasidan saylovchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berib, ishtirokchilarni saylovda faol bo'lishga chorladi.
O'zXDP Jizzax viloyati kengashining,
Axborot xizmati.