PTMA tizimidagi Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

PTMA tizimidagi Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktab

🎓 YUKSAK MA'RIFATLI AVLOD - UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI📚 2026-yil 25-may kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari a...
25/05/2026

🎓 YUKSAK MA'RIFATLI AVLOD - UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI

📚 2026-yil 25-may kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yuksak ma'rifatli avlod - uchinchi renessans poydevori” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda va munosib tarzda tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida o‘quv yili yakunlari sarhisob qilinib, yil davomida yuqori natijalarga erishgan, maktab hayotida faol ishtirok etgan o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari taqdirlanib, ularga tashakkurnomalar topshirildi.

🌟 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” — bu nafaqat bir o‘quv yilining yakuni, balki yangi orzular, katta maqsadlar va porloq kelajak sari qo‘yilgan dadil qadamdir.

🎉 Aziz bitiruvchilar! Sizlarga yorqin kelajak, ulkan zafarlar va Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan barkamol insonlar bo‘lishingizni tilaymiz!

🔹Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'qu...
16/05/2026

🔹Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Dusmatov Shaxriyor IELTS imtihonidan 7.5 ballni qo'lga kiritdi.

💫O'quvchimizning kelgusidagi o'qish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Akademik Saidahmad Norjigitovich Laqayev va yoshlar uchrashuvi🏢2026-yil 15-may kuni Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan ma...
16/05/2026

Akademik Saidahmad Norjigitovich Laqayev va yoshlar uchrashuvi

🏢2026-yil 15-may kuni Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fizika-matematika fanlari doktori, professor, O'zbekiston Fanlar akademiyasi a'zosi, Germaniyaning DAAD fondi granti sovrindori, Boxum Rur universiteti ilmiy tadqiqotchisi, Do'stlik ordeni hamda Oliy ta'lim a'lochisi ko'krak nishoni sohibi akademik Saidahmad Norjigitovich Laqayev maktabda tashkil etilgan "Yosh akademiklar" klubi a'zolari bilan davra suhbati o'tkazdi.
🔹Davra suhbati davomida akademik matematika faniga oid qiziqarli mavzular bo'yicha keng nazariy tushunchalar, taniqli matematik olimlar, ularning umumjahon faniga qo'shgan hissasi, matematika sohasida mamlakatimiz va jahonda olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma'lumotlar berib o'tdi.
🔸Tadbir davomida akademikdan o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

YOUNG CLIMATE CHAMPIONS🏢Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, "Zamin" xal...
16/05/2026

YOUNG CLIMATE CHAMPIONS

🏢Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi hamda UNICEF tashkilotining O'zbekistobdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda "ECO-SCHOOLS UZBEKISTAN" loyihasi doirasida "Young Climate Champions" dasturi amalga oshirildi.
🔹Ushbu dastur doirasida o'quvchilarning barqaror rivojlanishi, maqsadlari hamda iqlim kun tartibidagi ishtirokini oshirish, o'quvchi va yoshlar o'rtasida ekologik madaniyat rivojlantirildi.

12/05/2026

✅ OQDARYO TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABULNI EʼLON QILADI!

🎓 Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan 4-iyungacha ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

❓Qabulga qanday hujjatlar talab etiladi?

🔹oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurat;
🔹tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika);
🔹ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari;
🔹bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.

❓Maktabga qaysi sinflar qabul qilinadi?

🔸aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-, 9- va 10-sinflarga;
🔸tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 10-sinfga;

☎️ Call-markaz: +998932201313, +998932388663, +998932298474

04/05/2026

Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari zamonaviy texnologiyalar sohasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish maqsadida Robo-coding musobaqasiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ayni k***a o‘quvchilar Namangan viloyati To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Xorazm viloyati Qo'shqo'rg'on tuman o‘quvchilari bilan hamkorlikda robototexnika va dasturlash yo‘nalishlarida amaliy mashg‘ulotlar olib borishdi.

Mazkur tayyorgarlik jarayonlari nafaqat musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish, balki o‘quvchilarning kelajakda yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

29/04/2026

ROBO-CODING OLIMPIADASI 2026 (WRO 2026)

🤝 Robo-coding olimpiadasiga Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati va Ohangaron tuman ixtisoslashtirilgan maktab internati o'quvchilari hamkorlikda fikr almashishdi.
💡O'quvchilar o'zaro muloqot orqali yangi g'oyalarni ishlab chiqib, bilimlarini yanada chuqurlashtirmoqda.
🔹Robo-coding olimpiadasida barcha o'quvchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!

Address

Oqdaryo Tuman
Loyish
141000

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when PTMA tizimidagi Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category