01/06/2026
'ruza
“O‘zbek she’riyatining betakror malikasi”mavzusida Axborot -kutubxona markazida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida ma'ruza tashkil etildi.Shoira
Halima Xudoyberdiyeva o‘zbek adabiyotining iste’dodli shoira va jamoat arboblaridan biridir. U o‘zining samimiy, ta’sirchan va mazmunli she’rlari bilan o‘zbek she’riyatida munosib o‘rin egallagan. Shoira asarlarida Vatanga muhabbat, ona siymosi, ayol qalbi, insoniy fazilatlar va milliy qadriyatlar yuksak badiiy mahorat bilan kuylanadi.
Halima Xudoyberdiyevaning she’rlari kitobxonlarni ezgulikka, mehr-oqibatga va vatanparvarlikka chorlaydi. Uning ijodi nafaqat o‘z davrida, balki bugungi k***a ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Shu bois Halima Xudoyberdiyeva haqli ravishda “O‘zbek she’riyatining betakror malikasi” deya e’tirof etiladi. Uning boy adabiy merosi yosh avlodni ma’naviy kamolot sari yetaklashda muhim o‘rin tutadi.Ma'ruza savol javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtdi. Unda 13 nafar kitobxon ishtirok etdi.