Нурота Туман ҳокимлиги Ахборот хизмати

Нурота Туман ҳокимлиги Ахборот хизмати Мatbuot xizmati

GALA KONSERTGA MARHAMAT!28-avgust kuni soat 18.30 da Nurota tumanidagi "Amfiteatr" binosida O‘zbekiston Respublikasi Dav...
27/08/2024

GALA KONSERTGA MARHAMAT!

28-avgust kuni soat 18.30 da Nurota tumanidagi "Amfiteatr" binosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "BIZ BIR BO‘LSAK — YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK — VATANMIZ!" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkaziladi.

Bayram tadbiri mehmoni Janob Rasul

Konsert so‘ngida ishtirokchilarni unutilmas mushakbozlik kutmoqda.

Konsertga kirish BEPUL!

Barchangizni navbatdagi bayram tadbiriga taklif qilamiz.

NUROTA TUMAN HOKIMI AZAMAT FAYZIYEVNING “NAVRO‘Z” UMUMXALQ  BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TUMAN AHOLISIGA BAYRAM TABRIGIQadrl...
21/03/2024

NUROTA TUMAN HOKIMI AZAMAT FAYZIYEVNING “NAVRO‘Z” UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TUMAN AHOLISIGA BAYRAM TABRIGI

Qadrli tumandoshlar, aziz shahrimiz mehmonlari!

Mana, barchamizga quvonch va shijoat bagʻishlab, qalblarimizni ezgu niyat va orzularga toʻldirib yurtimizga Navroʻzi olam kirib keldi. Ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasida mujassam boʻlgan borliqni asrab-avaylash, tabiat bilan uygʻun boʻlib yashash, mehr-oqibat, xayru saxovat, bunyodkorlik, bagʻrikenglik, doʻstlik va hamjihatlik singari yuksak gʻoyalar bugungi k***a yanada teran mazmun va ahamiyat kasb etib bormoqda.

Ana shu murodbaxsh onlarda tumanimizning barcha mehnatkash va bagʻrikeng xalqini va shahrimiz mehmonlarini yangilanish va yasharish ayyomi, yaratuvchanlik va goʻzallik ramzi, sharqona yangi yilimiz – Navroʻzi olam bilan chin qalbimdan qutlayman!

Ushbu yangi kun jonajon yurtimizga toʻkin-sochinlik, har bir xonadonga qut-baraka olib kelsin!

Ezgu niyat va amallar, mehr-oqibat, mehnatsevarlik va shijoat qalblarimizni hech qachon tark etmasin!

Navroʻzi olam muborak boʻlsin!

NUROTADA NAVRO‘Z SHUKUHI“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilgan Navroʻz umumxalq saylida mill...
20/03/2024

NUROTADA NAVRO‘Z SHUKUHI

“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilgan Navroʻz umumxalq saylida milliy kurash, tosh koʻtarish, arqon tortish kabi sport musobaqalari tashkil etilib, gʻoliblar tuman hokimligining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, mahalalar va korxona tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmalarda faxrli oʻrinni qoʻlga kiritgan mahallalar hamda sport musobaqalarida faol ishtirok etgan bir guruh ishtirokchilarga tuman hokimi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

JANUBIY KOREYALIK INVESTOR BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDIUchrashuvda Janubiy Koreyaning “FOSE” kompaniyasi rahbari Park Yo...
15/02/2024

JANUBIY KOREYALIK INVESTOR BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

Uchrashuvda Janubiy Koreyaning “FOSE” kompaniyasi rahbari Park Yong S*k, “RAAR” MCHJ rahbari B.Rajabov, viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari E.Gʻafforov hamda tuman hokimi oʻrinbosari R.Azimovlar ishtirok etishdi.

Muzokara davomida Nurota tumanida “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Jumladan, “RAAR” MCHJ tomonidan tumandagi “Shoxsoy” uchastkasidan auksion savdolari orqali sotib olingan, umumiy maydoni 9 gektar boʻlgan oltin konini elektr energiyasi hamda texnik suv bilan taʼminlash masalalari, loyihani amalga oshirish muddatlari kabi masalalar koʻrib chiqildi.

Ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,0 mln dollar boʻlib, yaratiladigan yangi ish oʻrinlari 60 ta hisoblanadi.

Joriy yilning mart-aprel oylarida uskunalar keltirilib qurilish-montaj ishlari olib boriladi. Loyihani ishga tushirish muddati etib joriy yilning may oyi belgilangan.

 Viloyat hokimi Nurota tumanidagi “Eshon Sudur” MFY hududida joylashgan "Nurota yig'ma beton" MCHJ tomonidan aholi uchun...
13/02/2024



Viloyat hokimi Nurota tumanidagi “Eshon Sudur” MFY hududida joylashgan "Nurota yig'ma beton" MCHJ tomonidan aholi uchun qurilayotgan turar joy hamda maishiy xizmat ko‘rsatish binolarining loyihalari va qurilish ishlari bilan tanishdi.

Mazkur loyihada umumiy 8 ta ko‘p qavatli uylar bo‘lib, jami 240 ta xonadonga mo‘ljallangan. Bugungi k***a ko‘p qavatli uylarning 6 tasi qurilib aholiga foydalanishga topshirilgan. Loyihaning keyingi bosqichlari davom ettirilmoqda.

 Viloyat hokimi Nurota tumanidagi xizmat safarini sanoat korxonalari faoliyatini o'rganish bilan davom ettirdi.Normat Tu...
13/02/2024



Viloyat hokimi Nurota tumanidagi xizmat safarini sanoat korxonalari faoliyatini o'rganish bilan davom ettirdi.

Normat Tursunov granit va marmar toshlarni qazib olib qayta ishlov beruvchi “Trade & production international” korxonasida bo'lib, tadbirkorning mavjud muammo va takliflarini oʻrgandi.

 Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov qaysi hududga bormasin, albatta, ta’lim dargohlari, maktablarga kirib, o‘quvchi ...
13/02/2024



Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov qaysi hududga bormasin, albatta, ta’lim dargohlari, maktablarga kirib, o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘ladi. Kutubxona faoliyati bilan tanishib chiqadi. Bugun ham Nurota tumanidagi tashrifi chog‘ida 18-IDUMda bo‘ldi.

Ushbu maktab tumanda 1-o‘rinda, viloyatda 32-o‘rin, respublikada esa 267-o‘rinda turadi. Hozirgi k***a 1231 nafar o‘quvchi o‘zbek va rus tillarida ta’lim oladi.

Normat Tursunov maktab jamoasi bilan suhbatlashar ekan, Respublikada natijalarni yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Shuningdek, maktab kutubxonasiga 500 dona kitob sovg‘a qilishini ta’kidladi.

 Viloyat hokimi Normat Tursunovning Nurota tumanidagi keyingi manzili tuman tibbiyot birlashmasi bo‘ldi.Viloyat rahbari ...
13/02/2024



Viloyat hokimi Normat Tursunovning Nurota tumanidagi keyingi manzili tuman tibbiyot birlashmasi bo‘ldi.

Viloyat rahbari muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishar ekan, aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, shifokorlar bilan muloqotda bo‘lib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda olib borilayotgan ishlarni tahlil qildi hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bugungi k***a Nurota tumani tibbiyot birlashmasi tasarrufida 1 ta markaziy shifoxona, 14 ta oilaviy shifokorlik punkti va 3 ta oilaviy poliklinika xalqimizga xizmat ko‘rsatmoqda.

 Nurota tumani o‘zining qadim tarixi, o‘tmishi, boy madaniy merosi, hunarmandchilik mahsulotlari bilan bugungi k***a mah...
13/02/2024



Nurota tumani o‘zining qadim tarixi, o‘tmishi, boy madaniy merosi, hunarmandchilik mahsulotlari bilan bugungi k***a mahalliy va xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda.

Xususan, Ayteke bi - qozoq xalqining birligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan davlat arbobi, dono hakam, taniqli ma’ruzachi, nozik psixolog va faylasuf sifatida tarixda qolgan.

Bugun viloyat rahbari Normat Tursunovning Nurota tumanidagi ilk manzili ham qozoq xalqi qahramoni Ayteke bi qadamjosi bo‘lib, tashrif ziyorat qilishdan boshlandi.

Shuningdek, hokim ziyoratgohni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va mavjud muzeyni qayta rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, tegishli mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.

Address

H. Hudoykulov 48
Nurota
210700

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 16:00

Telephone

+998997501544

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Нурота Туман ҳокимлиги Ахборот хизмати posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Нурота Туман ҳокимлиги Ахборот хизмати:

Share