Pop tumani MMTB ga qarashli 24-maktab

Pop tumani MMTB ga qarashli 24-maktab Maktabimizda bo‘layotgan barcha yangiliklar bilan tanishib borishingiz mumkin.

20/03/2026
19/03/2026
🌸 Bugun 19 -mart  kuni 24-maktabda Navroʻz bayrami  nishonlandi.Bayram tadbiri maktab hovlisida ko‘tarinki ruhda tashkil...
19/03/2026

🌸 Bugun 19 -mart kuni 24-maktabda Navroʻz bayrami nishonlandi.

Bayram tadbiri maktab hovlisida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirda maktab rahbariyati, ustozlar, o‘quvchilar hamda ota-onalar faol ishtirok etdilar. Dastlab, boshlovchilar tomonidan Navroʻz bayramining kelib chiqishi, uning tarixi va ahamiyati haqida qisqacha ma’lumot berildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan milliy raqslar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ayniqsa, bahorni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar va folklor chiqishlari yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi.
Bayramning eng qiziqarli qismi — milliy taomlar ko‘rgazmasi bo‘ldi. Unda turli xil salatlar tayyorlanib, mehmonlarga tortiq etildi. O‘quvchilar milliy liboslarda chiqish qilib, o‘zbek xalqining boy madaniyatini namoyon etdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida sport musobaqalari va xalq o‘yinlari tashkil etilib, o‘quvchilar o‘z iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Mazkur bayram tadbiri o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, do‘stlik va birlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Address

Kenagas Shox Ko‘chasi
Pop

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Pop tumani MMTB ga qarashli 24-maktab posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category