Bulung'ur tuman Axborot-kutubxona markazi

Bulung'ur tuman Axborot-kutubxona markazi Библиотека

   "Baxtiyor bolalik sari"1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumandagi 10-Maktabgacha ta’lim...
02/06/2026




"Baxtiyor bolalik sari"

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumandagi 10-Maktabgacha ta’lim tashkilotida "Baxtiyor bolalik sari" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida tarbiyalanuvchilarga o‘zbek xalq og‘zaki ijodining durdona namunalaridan biri bo‘lgan "Susambil" xalq ertagi o‘qib berildi. Ertak orqali bolalarga milliy qadriyatlarimiz, ezgulik, ahillik, mehr-oqibat va yaxshilik kabi insoniy fazilatlar haqida tushunchalar berildi.

Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish, xalq og‘zaki ijodi namunalariga qiziqishini oshirish hamda barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bayramona ruhda o‘tgan tadbir bolajonlarga quvonch ulashib, ularning mazmunli hordiq chiqarishiga hamda baxtiyor bolalik onlarini yanada zavqli o‘tkazishiga xizmat qildi.

🏛

 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Axborot-kutubxona markazi foyesida “Bolalikning eng yaxs...
02/06/2026



1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Axborot-kutubxona markazi foyesida “Bolalikning eng yaxshi do‘sti — kitob” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon bolalar adabiyotining eng sara namunalari, ertaklar, hikoyalar, she’riy to‘plamlar hamda yosh kitobxonlarning bilim va tafakkurini boyitishga xizmat qiluvchi turli adabiyotlar o‘rin oldi. Tadbir davomida bolalarga kitobning inson kamolotidagi o‘rni, mutolaaning ahamiyati va kitobxonlik madaniyati haqida ma’lumotlar berildi.

Mazkur ko‘rgazma yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qildi.

🏛

 ‘iboti📚 Bulung‘ur tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qi...
25/05/2026

‘iboti

📚 Bulung‘ur tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida kitoblar targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.

📖 Tadbir davomida kitobxonlarga turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya etilib, yangi kelgan kitoblar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, mutolaaning inson ma’naviyati va tafakkurini boyitishdagi ahamiyati haqida suhbat tashkil qilindi.

✨ Tadbir kitobsevarlar uchun qiziqarli va mazmunli taassurotlarga boy bo‘ldi.

   📚 Axborot-kutubxona markaziga tumandagi 20-23-umumta‘lim maktab o‘quvchilari ishtirokida “Qiziqarli kutubxonada” noml...
22/05/2026




📚 Axborot-kutubxona markaziga tumandagi 20-23-umumta‘lim maktab o‘quvchilari ishtirokida “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya hamda bolalar adabiyotlaridan kitob targ'iboti tashkil qilindi va o‘quvchilarga kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitob fondi haqida ma’lumotlar berildi.

Marhamat kutubxonaga tashrif buyuring va eng sara adabiyotlarni mutolaa qiling.

 Bulung‘ur tumani Axborot-kutubxona markaziga yangi kelib tushgan gazetalar yuzasidan sharh o‘tkazildi.Sharh davomida ga...
22/05/2026



Bulung‘ur tumani Axborot-kutubxona markaziga yangi kelib tushgan gazetalar yuzasidan sharh o‘tkazildi.

Sharh davomida gazetalar sahifalarida yoritilgan dolzarb mavzular, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim, madaniyat hamda yoshlar hayotiga oid maqolalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, kitobxonlarni matbuot nashrlarini muntazam mutolaa qilishga targ‘ib etish maqsadida tavsiyalar bildirildi.

  Zakovat intellektual o‘yini boshlanishidan avval ishtirokchi yigitlarga milliy qadriyatlarimiz va o‘zbekona an’analari...
21/05/2026




Zakovat intellektual o‘yini boshlanishidan avval ishtirokchi yigitlarga milliy qadriyatlarimiz va o‘zbekona an’analarimiz ramzi bo‘lgan do‘ppilar kiydirildi. Ushbu ezgu tashabbus tadbirga yanada ko‘tarinki ruh, milliylik va o‘ziga xos fayz bag‘ishladi. Milliy bosh kiyimda jam bo‘lgan yoshlar zakovat maydonida nafaqat bilimlari, balki milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatlarini ham namoyon etmoqdalar.

Zakovat — bilim, mantiq va jamoaviy fikrlash maydoni!Bulung‘ur tuman Axborot-kutubxona markazida Yoshlar ishlari bo‘limi...
21/05/2026

Zakovat — bilim, mantiq va jamoaviy fikrlash maydoni!

Bulung‘ur tuman Axborot-kutubxona markazida Yoshlar ishlari bo‘limi "Zakovat Intellectual Community" hamda O‘zbekiston Bolalar tashkiloti Bulung‘ur tumani Sardorlari hamkorligida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda intellektual qobilyatlarini namoyon qilishlari maqsadida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib oʻtdi.

🧠 10 ta jamoa qatnashgan bellashuvda quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇 1-o‘rin — "Fenomen" jamoasi
🥈 2-o‘rin — “New castle” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Osmondagi bolalar” jamoalari qo'lga kiritishdi.

👏 Barcha ishtirokchilarga tashakkur! Gʻolib boʻlgan va ishtirok etgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

   Bulung‘ur tuman Axborot-kutubxona markazida Yoshlar ishlari bo‘limi "Zakovat Intellectual Community" hamda O‘zbekisto...
21/05/2026



Bulung‘ur tuman Axborot-kutubxona markazida Yoshlar ishlari bo‘limi "Zakovat Intellectual Community" hamda O‘zbekiston Bolalar tashkiloti Bulung‘ur tumani Sardorlari hamkorligida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda intellektual qobilyatlarini namoyon qilishlari maqsadida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tmoqda.

  📚Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan qiziqarli bolalar adabiyotlari va ertaklar to'plamidan "Ertaklar -...
20/05/2026



📚Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan qiziqarli bolalar adabiyotlari va ertaklar to'plamidan "Ertaklar -
yaxshilikka yetaklar" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.

✨Bu yerda siz bolalikning eng sevimli ertaklari bilan tanishasiz. Buyuk ixtirochilar haqidagi kitoblarda bugungi k***a biz foydalanayotgan texnologiyalarni o‘n yillar oldin bashorat qilishgan.
Kitoblar shunchaki o‘qilmaydi, balki yaratiladi."Ilm-fan – bu sehrgarlikning haqiqiy shaklidir. Faqat u tayoqcha bilan emas, balki kitoblar va izlanishlar yordamida amalga oshiriladi." Ushbu koʻrgazma ertaklar olamidan ilm-fan olamiga eltuvchi ko'prikdir.

 ⚡Bolaga kitob o‘qishni qanday sevdirish mumkin? Javob oddiy: Uni "Moviy jamadon" bilan tanishtiring!Tumanimizdagi "Bila...
20/05/2026



⚡Bolaga kitob o‘qishni qanday sevdirish mumkin? Javob oddiy: Uni "Moviy jamadon" bilan tanishtiring!

Tumanimizdagi "Bilag'on" xususiy MTT bog‘chasida bugun chinakam kitob bayrami bo‘lib o‘tdi. Bog‘chaga mehmonga kelgan sehrli "Moviy jamadon" bolajonlar uchun unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.

Loyiha doirasida tashkil etilgan "Ovozli o‘qish" soatida mitti bilimdonlar nafaqat tinglovchi, balki ertakning faol ishtirokchisiga ham aylandilar. Qiziqarli voqealar o‘qib berilayotganda, bolajonlarning hayrati va ko‘zlaridagi chaqnoq quvonchni ko‘rish barchamizga cheksiz zavq bag‘ishladi.

Eslatib o‘tamiz: "Ovozli o‘qish" metodikasi bolaning mantiqiy fikrlashini charxlaydi va unda mustaqil fikr bildirish ko‘nikmasini shakllantiradi.

Address

Bulung'ur
Samarkand

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Bulung'ur tuman Axborot-kutubxona markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category