Qo'shrabot tuman Axborot kutubxona markazi

Qo'shrabot tuman Axborot kutubxona markazi Kutubxona xizmati

 ⚡️Siyosiy-ma’rifiy ilm — davlat xizmatchisi imijini xalq orasida yaxshilaydi🔰Qo‘shrabot tumani axborot-kutubxona markaz...
05/06/2026



⚡️Siyosiy-ma’rifiy ilm — davlat xizmatchisi imijini xalq orasida yaxshilaydi

🔰Qo‘shrabot tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

✅Siyosiy-ma’rifat soatida yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti, mutolaa vaqti rukni, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to‘xtalib o‘tildi.

04/06/2026

Qo'shrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Baliqchi ota ziyoratgohi haqida booktreyler tayyorlandi. Baliqchi ota ziyoratgohi — nafaqat ziyorat manzili, balki ma'naviyat va e'tiqod timsoli.
Bu yerga kelgan har bir inson qalbida osoyishtalik, umid va ezgulik tuyg‘ularini his etadi.
Ziyoratgoh tarixi, uning sirli rivoyatlari va xalqimiz ma'naviy hayotidagi o‘rni sahifalarida jonlanadi.
O‘tmish va bugunni bog‘lovchi ko‘prik...
E'tiqod va qadriyatlar manbai..

2026 yil 3 iyun kuni Ishtixon tumanidagi Ustozlar xiyobonida “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” shiori ostida oʻtk...
04/06/2026

2026 yil 3 iyun kuni Ishtixon tumanidagi Ustozlar xiyobonida “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” shiori ostida oʻtkazilayotgan viloyat miqyosidagi “Kitobxonlik festivali” doirasida tashkil etilgan “Zukko bolajon” tanlovida 12-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Shirinboyeva Kumush "Eng isteʼdodli oʻquvchi" nominatsiyasiga loyiq koʻrildi va tashkilotchilar tomonidan kitoblar toʻplami bilan taqdirlandi.

Mazkur festivalda qoʻshrabotlik kitobxonlar barchasi munosib tarzda ishtirok etishdi va sovrindorlar safidan joy oldi.

2026 yil 3 iyun kuni Ishtixon tumanidagi Ustozlar xiyobonida “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” shiori ostida oʻtk...
04/06/2026

2026 yil 3 iyun kuni Ishtixon tumanidagi Ustozlar xiyobonida “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” shiori ostida oʻtkazilayotgan viloyat miqyosidagi “Kitobxonlik festivali” doirasida tashkil etilgan “Kitob Quiz” tanlovida 82-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Ravshanova Visola faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Mazkur tanlovda oʻquvchilar "Shum bola", "Otamdan qolgan dalalar" va "Yaldo kechasi" asarlari boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Tanlov ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan kitoblar toʻplami bilan taqdirlandi.

2026 yil 3 iyun kuni Ishtixon tumanidagi Ustozlar xiyobonida “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” shiori ostida tash...
04/06/2026

2026 yil 3 iyun kuni Ishtixon tumanidagi Ustozlar xiyobonida “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” shiori ostida tashkil etilayotgan viloyat miqyosidagi “Kitobxonlik festivali” doirasida tashkil etilgan “Ibrat” loyihasida tuman “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, faxriy jurnalist Norbobo Shakarov faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Loyihada N.Shakarovning yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, nuroniylarning boy hayotiy tajribasini yosh avlodga yetkazish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash borasidagi xizmatlari alohida eʼtirof etildi.

KATTA ZIYO BAYRAMI DAVOM ETMOQDAIshtixon tumanidagi "Ustozlar xiyoboni" viloyat miqyosidagi ulkan maʼrifat maydoniga ayl...
04/06/2026

KATTA ZIYO BAYRAMI DAVOM ETMOQDA
Ishtixon tumanidagi "Ustozlar xiyoboni" viloyat miqyosidagi ulkan maʼrifat maydoniga aylanmoqda!

“Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Kitobxonlik festivali”da Viloyat bo'yicha barcha axborot-kutubxona markazilari faol ishtirok etishmoqda.

KATTA ZIYO BAYRAMI DAVOM ETMOQDAIshtixon tumanidagi "Ustozlar xiyoboni" viloyat miqyosidagi ulkan maʼrifat maydoniga ayl...
04/06/2026

KATTA ZIYO BAYRAMI DAVOM ETMOQDA
Ishtixon tumanidagi "Ustozlar xiyoboni" viloyat miqyosidagi ulkan maʼrifat maydoniga aylanmoqda!

“Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Kitobxonlik festivali”da Qo'shrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari faol ishtirok etmoqda.

KATTA ZIYO BAYRAMIGA TAYYOR!Ishtixon tumanidagi "Ustozlar xiyoboni" viloyat miqyosidagi ulkan maʼrifat maydoniga aylanmo...
04/06/2026

KATTA ZIYO BAYRAMIGA TAYYOR!
Ishtixon tumanidagi "Ustozlar xiyoboni" viloyat miqyosidagi ulkan maʼrifat maydoniga aylanmoqda!

“Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Kitobxonlik festivali”da Qo'shrabot tuman axborot-kutubxona markazi ham oʻzining eng sara loyihalari va noyob kitob fondi bilan ishtirok etishga shay!

Sizni kitobning sehrli olamiga sayohat qilishga va maʼnaviy ozuqa olishga taklif etamiz.

Bayram shukuhi: bolajonlarga sovg‘alar tarqatildi🎉 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qo‘shr...
04/06/2026

Bayram shukuhi: bolajonlarga sovg‘alar tarqatildi

🎉 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qo‘shrabot tumanidagi “Yoshlar sayilgohi”da tashkil etilgan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Tadbir doirasida Qo‘shrabot tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan bolajonlarga turli sovg‘alar ulashilib, ularning quvonchiga quvonch qo‘shildi. Bayramona sovg‘alar va samimiy e’tibor bolalarning yuzida tabassum uyg‘otib, ularga unutilmas lahzalarni hadya etdi.

Shuningdek, bayram dasturidan o‘rin olgan qiziqarli o‘yinlar, ko‘ngilochar chiqishlar va madaniy tadbirlar bolajonlarning kayfiyatini yanada ko‘tarmoqda.

✨ Bolalar manfaatlarini ulug‘lash, ularning baxtli va beg‘ubor bolaligini ta’minlashga qaratilgan bunday ezgu tadbirlar yosh avlod qalbida yorqin taassurot qoldirmoqda.

🌐Qo‘shrabot tumani Axborot-kutubxona markazi.

04/06/2026

Qo‘shrabotda bolajonlar uchun bayram shukuhi

📌 “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Qo‘shrabot tumanidagi “Yoshlar sayilgohi”da bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

🎉 Bayram munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirda bolajonlar turli ko‘ngilochar dasturlar, o‘yinlar va qiziqarli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, maroqli hordiq chiqarmoqda. Tadbir davomida bolajonlarga bepul muzqaymoqlar ulashilib, ularning quvonchiga quvonch qo‘shildi.

🎶 Shuningdek, bayram dasturi doirasida konsert chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, milliy va zamonaviy raqslar hamda kuy-qo‘shiqlar namoyish etilib, bolajonlarga unutilmas bayram kayfiyati ulashilmoqda.

✨ Bayram tadbiri bolalarning yuzlarida tabassum, qalblarida esa quvonch va shodlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlamoqda.

🌐Qo‘shrabot tumani Axborot-kutubxona markazi.

Address

Samarqand Viloyati, Qo'shrabot Tuman Markazi
Samarkand
140900

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Qo'shrabot tuman Axborot kutubxona markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category