22/09/2025
Nega Amir Temurning qabri Samarqandda, kindik qoni to‘kilgan Shahrisabzda emas?
Amir Temur nega oʻzi uchun qurdirgan sagʻana qolib, Samarqandda nabirasi – Muhammad Sulton yotgan maqbaraga dafn etildi? Buning sabablari haqida gaplashamiz
Sohibqiron vafot etgach, olti k***an keyin tuproqqa qoʻyildi, besh kuni esa Oʻtrordan poytaxtgacha yoʻl bosishga ketadi. Oʻsha yil qish qattiq keldi. Taxtiqoracha dovonini ham qalin qor bosgan edi. Bunday sharoitda Sohibqironning jasadi qoʻyilgan tobutni Shahrisabzga eltish uchun yana bir-ikki kun zarur edi. Islom shariati esa mayyitni tezroq qabrga qoʻyishni taqozo qilardi.
Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Sohibqironning vafot etganligini... yashirdilar – dushmanlar xabar topmasin deb. Dafn qilishgacha boʻlgan barcha ishlar oʻta maxfiy qilingani sababi ham shundan boʻlsa ajab emas.
Ikkinchidan, Samarqand Amir Temur asos solgan ulkan saltanat poytaxti edi. Sarkarda poytaxtda bir-biridan chiroyli binolar qurdirdi, bogʻlar barpo etdi. Samarqandni dunyoning eng goʻzal va obod shaharlardan biriga aylantirish uchun koʻp kuch-gʻayrat sarfladi. Sohibqironning Samarqandda dafn etilishi shaharning jahonaro nufuzi, obroʻ-eʼtiborining oshishiga ham xizmat qilardi. Shuning uchun ham sarkarda kindik qoni to‘kilgan Shahrisabzda emas, balki oʻzi obod qilgan Samarqandda dafn etilgan.
Keyingi mavzu: "Dunyoning xirojiga teng tosh", ya`ni Sohibqiron uzugidagi yoqut hozir kimning хazinasida saqlanadi?