18/10/2025
🇺🇿 O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!
✅Bugun, 17-oktabr kuni, Shirin shahrida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
⚡️Dastlab, shahar hokimi Niyoz Xazratkulov, viloyat hokimining maslahatchisi G‘aybulla Yusupov, korxona va tashkilot rahbarlari, ustozlar, nuroniylar, Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda yoshlar ishtirokida shahar markazidagi buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
🎙Marosimdan so‘ng, Shirin shahar Yoshlar markazida bayramning badiiy qismi o‘tkazildi.
📝Tadbir avvalida shahar hokimi Niyoz Xazratkulov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida u o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini ta’kidlab, bugun o‘zbek tili xalqaro maydonlarda baralla yangrayotgani barchamiz uchun faxr va g‘urur manbai ekanini qayd etdi.
“O‘zbek tili — xalqimizning milliy o‘zligini, mustaqil davlatchiligimizni ifoda etuvchi, bebaho ma’naviy boylik va buyuk qadriyatdir,” — dedi hokim o‘z nutqida.
🖥Bayram davomida Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari faol ishtirok etib, kitob ko'zgazmalarini namoyish etishdi va shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ona tilimizni madh etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi, sahna ko‘rinishlari esa tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
✨Ushbu tadbir — ona tilimizning nufuzi va qadriyatlarini yuksaltirish, yosh avlod qalbida o‘zbek tiliga mehr va sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
🎉Barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz!
Batafsil:
https://shirinshakm.uz/uz/2025/10/17/ozbek-tili-milliy-ozligimiz-va-mustaqil-davlatchiligimiz-timsoli/