03/06/2026
2026-yil 4-iyun kuni Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 43-sonli umumta'lim maktabi hamkorligida mazmunli ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida maktabda faoliyat yuritayotgan to‘garak a'zolari kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Yoshlarning qiziqishi va yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, ularga turli badiiy va ma'rifiy adabiyotlar tavsiya etildi hamda kitob mutolaasining ahamiyati haqida suhbatlar o'tkazildi.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun qiziqarli o‘yinlar, interaktiv mashg‘ulotlar va bilimni oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o'tib, bolalarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamladi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning yozgi ta'tilini mazmunli va maroqli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlar bilan band etish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishdan iboratdir.