Uzbekistan Technological Metals Plant

Uzbekistan Technological Metals Plant "O'zbekiston Texnologik Metallar Kombinati" AJ — Har bir maʼdan boʻlagini qadrlaymiz!

🌐 www.uztmk.uz

✉️ [email protected]

📞 +998(70)202-10-10

02/06/2026



🌎 Bugun global kapital yangi yo‘nalishlarni izlamoqda. Yangi bozorlarni. Yangi hamkorlarni. Yangi imkoniyatlarni.

🤝 16–18 iyun kunlari Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF 2026) doirasida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati o‘zining eng istiqbolli loyihalari va investitsion imkoniyatlarini namoyish etadi:

⚡️ 25 turdagi kritik minerallarni qamrab olgan 100 dan ortiq investitsion loyihalar;

⚡️ MINE — geologiya-qidiruv, konlarni o‘zlashtirish va resurs bazasini kengaytirish bo‘yicha yirik loyihalar;

⚡️ METAL — gidrometallurgiya va pirometallurgiya, boyitish, qayta ishlash, yuqori soflikdagi metallar va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish;

⚡️ MARKET — global ta’minot zanjirlari, eksport bozorlari, offtake hamkorliklar va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari bilan tanishish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

✅ Bu forumda O’zbekiston texnologik metallar kombinati shunchaki ishtirok etmaydi. Bu yerda qarorlar qabul qilinadi. Hamkorliklar boshlanadi. Kelajak shakllanadi.

TIIF 2026'da TMK bilan hamkorlikni boshlang. Kelajak texnologiyalari uchun zarur bo‘lgan kritik metallar va global bozorlar sari yangi istiqbollarni birgalikda yarataylik.

🇺🇿 O‘zbekistonda bugungi investitsiyalar ertangi imkoniyatlardir.

Xabarning rus va ingliz tilidagi tarjimalari bilan uztmk.uz sayti orqali tanisha olasiz.

TMK Yaponiyaning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan samarali uchrashuv o'tkazdi✅O‘zbekiston texnologik metallar kombina...
02/06/2026

TMK Yaponiyaning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan samarali uchrashuv o'tkazdi

✅O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bosh ofisida Yaponiyaning texnologik metallar va yuqori qo‘shilgan qiymatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniyalari — Advanced Material Japan Corporation hamda Central Glass Co., Ltd. vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida volfram mahsulotlarini Yaponiyaga eksport qilish, kritik metallar bozoridagi zamonaviy tendensiyalar, sanoat hamkorligini rivojlantirish istiqbollari hamda TMK tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

⚡️Ma'lumot uchun, Advanced Material Japan Corporation Yaponiyaning noyob va texnologik metallar savdosi hamda global ta’minot zanjirlari boshqaruviga ixtisoslashgan kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya volfram, tantal, titan, germaniy, galliy va boshqa materiallar bilan ishlaydi.

⚡️Central Glass Co., Ltd. Yaponiyaning yirik kimyo va maxsus materiallar ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lib, yarimo‘tkazgichlar, elektron materiallar, maxsus kimyoviy mahsulotlar va energiya sanoati uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqaradi.

TMK xalqaro ekologik va sanoat hamkorliklarini kengaytirmoqdaO‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bosh ofisid...
23/05/2026

TMK xalqaro ekologik va sanoat hamkorliklarini kengaytirmoqda

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bosh ofisida Ispaniyaning ekologik va sanoat xizmatlari sohasida faoliyat yurituvchi Dominion Circular Economy S.L. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida texnogen chiqindilarni qayta ishlash, sanoat chiqindilarini boshqarish, ESG yo‘nalishidagi zamonaviy yechimlar, rekultivatsiya, ekologik monitoring hamda barqaror sanoat texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar shuningdek, sanoatni dekarbonizatsiya qilish, yashil texnologiyalarni rivojlantirish, ekologik xavfsizlikni kuchaytirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar ESG va barqaror sanoat rivoji yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Ma'lumot uchun, Dominion Circular Economy S.L. ekologik xizmatlar, sanoat chiqindilarini boshqarish, rekultivatsiya va zamonaviy tozalash texnologiyalari yo‘nalishida 20 yildan ortiq tajribaga ega. Dominion Group bugungi k***a dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritib, energetika, ekologiya, sanoat va raqamli transformatsiya sohalarida kompleks texnologik yechimlarni amalga oshirib kelmoqda.

TATU magistrlari TMKda dissertatsiyalarini himoya qildiBugun O‘zbekiston texnologik metallar kombinati bosh ofisida Tosh...
23/05/2026

TATU magistrlari TMKda dissertatsiyalarini himoya qildi

Bugun O‘zbekiston texnologik metallar kombinati bosh ofisida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistrantlarining dissertatsiya ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 7 nafar magistrant kompyuter injiniringi, raqamli texnologiyalar, Data Science, 3D-vizualizatsiya, virtual reallik, sun’iy intellekt hamda boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ilmiy loyihalarini taqdim etdilar.

TMK mutaxassislari real sektor vakillari sifatida magistrlik ishlarining amaliy ahamiyati, sanoatga tatbiq etish imkoniyatlari va kelgusida ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llash imkoniyatlarini baholadilar.

Ayniqsa, gidrodinamik modellashtirish yo‘nalishidagi loyiha alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Mazkur yo‘nalish kelgusida gidrodinamik jarayonlarni modellashtirish bo‘yicha import dasturiy mahsulotlariga muqobil mahalliy yechimlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin. Shuningdek, 3D-modellashtirish asosida seysmik va vibratsion tebranishlarni baholash bo‘yicha taqdim etilgan loyiha ham amaliy jihatdan qiziqish uyg‘otdi.

Bugungi k***a TMK va TATU o‘rtasidagi hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ishlar olib borilmoqda:
✔️ TMK Situatsion markazi uchun GIS-yechimlarni ishlab chiqish;
✔️ o‘zbek tilidagi nutqni transkribatsiya qiluvchi AI vositalarini joriy etish;
✔️ yig‘ilishlar yakuni bo‘yicha vazifalarni avtomatik shakllantirish;
✔️ Micromine Origin, GeoBank va Ignition/ASODU tizimlari bilan ishlash;
✔️ dual ta’limni rivojlantirish va sanoat uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash.

Magistrlik dissertatsiyalari himoyasining TMKda tashkil etilishi ilm-fan, ta’lim va sanoat integratsiyasini mustahkamlash, yosh mutaxassislarning ilmiy ishlanmalarini real ishlab chiqarish ehtiyojlariga yo‘naltirish hamda kelajakdagi raqamli sanoat uchun professional kadrlar zaxirasini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Xabarning rus va ingliz tilidagi tarjimalari bilan uztmk.uz sayti orqali tanisha olasiz

19/05/2026





🎉Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan TMK tasarrufidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodida oʻtkazilgan tadbirdan lavhalar.

***

🎉Highlights from the event held at the Rare Metals and Hard Alloys Production Plant under TMK on the occasion of Mining and Metallurgical Industry Workers’ Day.

***
✅TMK matbuot xizmati

⚡️TMK faoliyati yuksak e’tirof etildi!O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) O‘zbekiston kasaba uyushmalari Fed...
19/05/2026

⚡️TMK faoliyati yuksak e’tirof etildi!

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

✅Mazkur e’tirof TMK tizimida inson qadri, xodimlar manfaatlari va ijtimoiy himoya masalalariga alohida ustuvor ahamiyat qaratilayotganining yana bir amaliy tasdig‘i bo‘ldi.

🥇Ushbu mukofot jamoamizning fidokorona mehnati va birgalikdagi sa’y-harakatlariga berilgan yuksak bahodir.

***
⚡️TMK’s Activities Receive High Recognition!

Uzbekistan Technological Metals Complex (TMK) has been awarded the commemorative badge “120th Anniversary of the Trade Unions of Uzbekistan” by the Federation of Trade Unions of Uzbekistan.

✅This recognition once again confirms TMK’s strong commitment to human values, employee welfare, and social protection across the organization.

🥇The award is a high acknowledgment of our team’s dedicated work, professionalism, and collective efforts.

***
✅TMK matbuot xizmati

19/05/2026





🎉Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand viloyatida joylashgan TMK tasarrufidagi Ingichka boyitish fabrikasida oʻtkazilgan tadbirdan lavhalar.

***

🎉Highlights from the event held at the Ingichka Processing Plant, operated by TMK and located in the Samarkand region, on the occasion of Mining and Metallurgical Industry Workers’ Day.

⚡️TMK xalqaro moliya bozoridan 50 million yevrolik resurslarni jalb qilmoqdaO‘zbekiston texnologik metallar kombinati (T...
19/05/2026

⚡️TMK xalqaro moliya bozoridan 50 million yevrolik resurslarni jalb qilmoqda

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) delegatsiyasi “Investorlar kuni” tadbiri doirasida Yevropaning eng yirik moliyaviy institutlaridan biri Société Générale banki bilan 50 million yevro miqdoridagi moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha muhim Terms Sheet (asosiy shartlar to‘g‘risidagi kelishuv) imzoladi.

Mazkur hujjat TMKning xalqaro moliya bozorlari bilan integratsiyalashuvi, kritik xomashyo va texnologik metallar sohasidagi yirik sanoat loyihalarini global kapital asosida moliyalashtirish yo‘lidagi tarixiy qadam sifatida baholanmoqda.

Hamkorlik doirasida:

➡️ uzoq muddatli kredit liniyalarini tashkil etish;
➡️ savdo operatsiyalarini moliyalashtirish, investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy investitsion-bank mexanizmlarini joriy etish;
➡️ eksportbop va chuqur qayta ishlashga yo‘naltirilgan sanoat loyihalarini moliyalashtirish;
➡️ xalqaro eksport-kredit agentliklari (ECA) hamda institutsional investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish;
➡️ ESG tamoyillari asosida “yashil” va barqaror ishlab chiqarish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;
➡️ TMKning global moliya bozorlaridagi investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur hamkorlik mamlakatimiz sanoatini xalqaro moliya tizimiga integratsiya qilish hamda yuqori qo‘shimcha qiymatli ishlab chiqarishlarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, 1864-yilda Fransiyada tashkil etilgan Société Générale bugungi k***a dunyoning eng nufuzli investitsiya va korporativ banklaridan biri hisoblanadi. Bank Yevropa, Amerika, Osiyo va Yaqin Sharq moliya bozorlarida faoliyat yuritib, yirik sanoat, energetika, infrastruktura, commodity finance hamda sustainable investment loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha ulkan tajribaga ega.

Xabarning ingliz va rus tilidagi tarjimalari bilan uztmk.uz sayti orqali tanisha olasiz

13/05/2026

TMK | Professional

📹“Professional”ning navbatdagi sonida sizni TMK tasarrufidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodining raqamli boshqaruv asosidagi zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtiramiz.

💠 Bu galgi qahramonimiz yosh mutaxassis ChPU uskunasi operatori, 25 yoshli Mansur Baxtiyorov boʻldi.

Ko‘rsatuv davomida zamonaviy texnologiyalar, yuqori aniqlikdagi ishlov berish jarayonlari, yosh mutaxassislarning sanoatdagi o‘rni hamda TMKdagi real ishlab chiqarish muhiti haqida bilib olasiz.

✅ Bugun TMK yoshlar bilan birga kelajak sanoatini yaratmoqda.

13/05/2026

⚡️ “Inson uchun – 2026” festivalida TMK yangi ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Ayni kunlarda Toshkent shahri O‘zekspomarkaz majmuasida “Inson uchun – 2026” III an’anaviy festivali bo‘lib o‘tmoqda.

🤝 Mazkur festival imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, inklyuziv muhitni rivojlantirish hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi tashabbuslarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

✅ Tadbir doirasida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati hamda festival ishtirokchisi bo'lgan “Xonqizi” korxonasi o‘rtasida TMKga korporativ uniformalar yetkazib berish bo'yicha shartnoma imzolandi. Mazkur korxona bugungi k***a 100 dan ortiq turdagi mahsulotlarni yurtimizdagi 50 dan nufuzli kompaniyalarga yetkazib bermoqda.

E'tiborlisi, korxonada 12 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bu esa inklyuziv bandlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya va inson manfaatlarini ustuvor qo‘yishga qaratilgan amaliy tashabbuslarning yorqin namunasidir.

✔️ TMK uchun bunday hamkorliklar ESG tamoyillari, ijtimoiy mas’uliyat hamda inson kapitaliga investitsiya kiritish siyosatining muhim yo‘nalishidir.

Address

Tashkent Region
Tashkent Region
111709

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Uzbekistan Technological Metals Plant posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Uzbekistan Technological Metals Plant:

Share