Vatandoshlar fondi

Vatandoshlar fondi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Vatandoshlar fondi, Public & Government Service, Улица Бабура, 45, Tashkent.

16–17-may kunlari Toshkent shahrida  Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasi bo‘lib o‘t...
18/05/2026

16–17-may kunlari Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

"Vatandoshlar" jamoat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur olimpiadada xorijdan kelgan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar hamda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga grantlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga Vatandoshlar jamoat fondi tomonidan tashkil etiladigan “Anor” loyihasiga yo‘llanmalar topshirildi.

06/05/2026

“Vatandoshlar” jamoat fondi xorijdagi o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etayotganini ma’lum qiladi.

📄 Mazkur dasturda ishtirok etish istagida bo‘lgan vatandoshlar Fondning quyidagi havolasi orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi:

https://vatandoshlar.uz/malaka

🗓 Arizalar 20-mayga qadar online shaklda qabul qilinadi.

Ijodiy Kengash tomonidan saralab olingan nomzodlar online suhbatga taklif etiladi.

Suhbat natijasiga ko'ra ishtirokchilar O‘zbekistonda barcha xarajatlari qoplanadigan 5 kunlik malaka oshirish kurslarida qatnashishlari mumkin bo'ladi.

Kursni tamomlagan muallimlarga maxsus sertifikat taqdim etiladi.

04/05/2026

“Yosh vatandoshlar forumi” tafsilotlari O'zbekiston 24 telekanalida yoritildi.

01/05/2026

“Yosh vatandoshlar forumi” doirasida “Dutor navolari” to‘garagining Qirg‘izistondan tashrif buyurgan a’zolari O‘zbekistonlik ishtirokchilar bilan birgalikda “Lazgi” kuyini yuksak mahorat bilan ijro etdilar. Mazkur chiqish Arda Xiva majmuasida bo‘lib o‘tdi.

01/05/2026

"Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan “Yosh vatandoshlar forumi” tafsilotlari "Qaraqalpaqstan Telekanali"da yoritildi.

Magadan shahrida nishonlangan Navroʻz bayrami   "Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Magadan ...
01/05/2026

Magadan shahrida nishonlangan Navroʻz bayrami

"Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Magadan shahrida vatandoshlarimiz uchun Navroʻz tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida milliy kuy-qoʻshiqlar ijro etilib, milliy taomimiz osh tayyorlanib vatandoshlarimizga tortiq qilindi. Samimiy uchrashuv vatandoshlarimiz qalbida bayramona kayfiyat ulashdi.

“Yosh vatandoshlar forumi” doirasida yoshlar uchun yana bir muhim va qiziqarli yo‘nalish - Zakovat intellektual o‘yini t...
01/05/2026

“Yosh vatandoshlar forumi” doirasida yoshlar uchun yana bir muhim va qiziqarli yo‘nalish - Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. O‘yin bilim va tafakkur maydoniga aylanishi bilan ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur intellektual bellashuv “Zakovat” intellektual o‘yini prezidenti Abdurasul Abdullayev boshchiligida o‘tkazilib, savol-javoblar, mantiqiy topshiriqlar va tezkor fikrlashni talab qiluvchi bosqichlar bilan boyitildi.

Yoshlar o‘z bilim salohiyatini sinovdan o‘tkazib, jamoaviy hamkorlik va fikr almashish muhitida faol ishtirok etdilar.

Ushbu o‘yin nafaqat bilimlarni mustahkamlash, balki yoshlarning tafakkurini kengaytirish, ularni izlanishga undash hamda intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

“Yosh vatandoshlar forumi” doirasida ma’naviyatga boy "Aqchako‘l ilhomlar" mushoirasi tashkil etildi.Tadbir ishtirokchil...
01/05/2026

“Yosh vatandoshlar forumi” doirasida ma’naviyatga boy "Aqchako‘l ilhomlar" mushoirasi tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari Muhammad Yusufning Ellik qal’adagi byusti poyiga gul qo‘yib, ulug‘ shoir xotirasini yod etdilar.

Ushbu samimiy ehtirom ramzi sifatida ular shoir ijodidan namunalar o‘qib, she’rxonlik qildilar.

Mazkur jarayon yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va adabiyotga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

“Yosh vatandoshlar forumi” yuksak ruh va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Ellik qal’a tumani, Aqchako‘l manzilida tas...
01/05/2026

“Yosh vatandoshlar forumi” yuksak ruh va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Ellik qal’a tumani, Aqchako‘l manzilida tashkil etilgan ushbu tadbir yoshlar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

Forum davomida sahna ko‘rinishlari va musiqiy chiqishlar namoyish etilib, milliy o‘yinlar hamda hunarmandchilik ko‘rgazmalari orqali xalqimizning boy madaniy merosi yana bir bor tarannum etildi. Har bir chiqish va ko‘rgazma ishtirokchilarda faxr, birlik va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamladi.

Mazkur forum "Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan tashkil etilib, yoshlarni birlashtirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish hamda yosh vatandoshlar salohiyatini Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga yo‘naltirishni maqsad qilgan muhim tashabbus bo‘ldi, deyish mumkin.

01/05/2026

"Yosh vatandoshlar forumi" ishtirokchilari Islom svilizatsiya markaziga tashrif buyurdilar.

Address

Улица Бабура, 45
Tashkent
100000

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Vatandoshlar fondi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share