25/05/2026
🔔 Bugun Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 255-sonli umumta’lim maktabida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
✨ Mazkur bayram tadbiri bitiruvchi yoshlar hayotida yangi bosqich boshlanishining ramzi sifatida unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmankulov ishtirok etdi.
🇺🇿 Vazir E’zoza Karimova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib esh*ttirdi.
Tabrikda ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining bitiruvchilarga bo‘lgan yuksak ishonchi va e’tibori har bir yoshning qalbiga yetkazildi. Bugungi k***a yoshlarning sifatli ta’lim olishi va kasb-hunar egallashi uchun yaratilgan sharoitlar strategik ahamiyatga ega ekani qayd etildi hamda bitiruvchilarga kelgusi o‘qish va mustaqil hayot yo‘lida zafarlar va omad tilandi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova va tuman hokimi Baxtiyor Rahmankulov bitiruvchilarni hayotning yangi bosqichi bilan muborakbod etdi.
Shuningdek, tumanda ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Bayram dasturi o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, she’r va qo‘shiqlar bilan davom etdi.
🔔 So‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari ostida bitiruvchilar o‘zlarining qadrdon maktabi va ustozlari bilan xayrlashib, katta hayot sari ilk qadamlarini tashladilar.
***
🔔 Сегодня в общеобразовательной школе №255 Яшнабадского района в торжественной и праздничной атмосфере прошёл
«Последний звонок».
✨ Данное мероприятие стало символом начала нового этапа в жизни выпускников и было наполнено незабываемыми моментами.
В мероприятии приняли участие министр дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан Эъзоза Каримова, заместитель хокима города Ташкента Дурдона Рахимова и хоким Яшнабадского района Бахтиёр Рахманкулов.
🇺🇿 Министр Эъзоза Каримова зачитала поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, адресованное выпускникам.
В поздравлении было отмечено, что высокая забота и внимание главы государства к выпускникам отражаются в жизни каждого молодого человека. Подчёркивалось, что создание условий для получения качественного образования и освоения современных профессий имеет стратегическое значение, а выпускникам пожелали успехов в дальнейшей учёбе и самостоятельной жизни.
В ходе мероприятия с поздравлениями также выступили заместитель хокима города Ташкента Дурдона Рахимова и хоким Яшнабадского района Бахтиёр Рахманкулов.
Также было отмечено, что в районе продолжаются реформы по повышению качества образования и расширению возможностей для выпускников.
Праздничная программа продолжилась художественными выступлениями учащихся, стихами и песнями.
🔔 Под звуки последнего звонка выпускники попрощались с родной школой и учителями и сделали первый шаг во взрослую жизнь.
Yashnobod tuman hokimligining matbuot xizmati