Piskent tumani hokimligi

Piskent tumani hokimligi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Piskent tumani hokimligi, Town Hall, Амир Темур, 138, Tashkent.

                 Oʻzini band qilish istagida boʻlgan 10 nafar yigit-qizga subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirildi ...
27/01/2024



Oʻzini band qilish istagida boʻlgan 10 nafar yigit-qizga subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirildi
Yoshlarning mustaqil hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish borasida Piskent tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Mahmudov, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bir guruh yoshlar va ularning oila aʼzolari bilan muloqot oʻtkazildi.

Unda Birlik, Lolaariq, Maylobod, Mitan, Ahil, Oybek, Mingtepa, Murotali, Taraqqiyot mahallasida yashovchi “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan va oʻzini band qilish istagidagi 10 nafar yigit-qizga noutbuk, pishiriq pechi, sovutkich hamda tikuv mashinalari (+overlok) topshirildi.

Sh.Mahmudov yoshlar bilan suhbatda boshlayotgan tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. Yoshlarning onalari ham bu imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirdi.

  Piskent tumanida Xitoy bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshirilganZhongtian Chemikal MCHJ. Ksantogenat granula...
23/01/2024




Piskent tumanida Xitoy bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshirilgan

Zhongtian Chemikal MCHJ. Ksantogenat granulalari ishlab chiqarish loyihasi 2019-yilda ishga tushirilgan, qiymati 5,1 mln AQSH dollar.

Haoyuan Hualong Group MCHJ. Sanoatbop rezina va ip kalava ishlab chiqarish loyihasi 2022-yilda ishlab chiqarilgan, qiymati 3,2 mln AQSH dollar.

Yushen plastik MCHJ. Qishloq xoʻjaligida qoʻllanuvchi polietilen quvurlar va tomchilatib sugʻorish aksessuarlari ishlab chiqarish loyihasi 2018-yilda ishga tushirilgan, qiymati 3 mln. AQSH dollar.

SANGHE qogʻoz mahsulotlari MCHJ. Qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi 2023-yilda ish boshlagan, qiymati 6 mln. AQSH dollar.

Zhongtian Silikon Chemikal MCHJ. 2023-yilda qurilishi boshlangan boʻlib, umumiy qiymati 19 mln. AQSH dollar.

Sharq Tubes MCHJ. Mis katodini qayta ishlash korxonasi. Loyihaning umumiy qiymati 15 mln AQSH dollarini tashkil etib, qurilish ishlari olib borilmoqda.

23/01/2024



Xitoy korxonasi Yangi Oʻzbekiston massivida koʻp qavatli uy-joylar quradi

Oʻzbekiston-Xitoy mintaqalararo forumida qatnashayotgan Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov Xitoyning “Shaanxi Lixin Chaoyang Construction Co., Ltd” kompaniyasi bilan tumanda zamonaviy koʻp qavatli uy-joylar qurish boʻyicha bitimlarni imzoladi.

Mazkur kompaniya Piskent tumani Gʻayrat mahallasida “Yangi Oʻzbekiston” massivi hududida zamonaviy 7 va 9 qavatli uy-joylar qurishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida 500 ming kv m maydonda uy-joy kompleksi va saylgoh qurilishi uchun 2 yil davomida 10 million dollar investitsiya kiritiladi.

Avvalroq, 2023-yilning dekabr oyida ushbu “Shaanxi Lixin Chaoyang Construction Co., Ltd” kompaniyasi ekspertlari Piskent tumanida boʻlib, Gʻayrat mahallasida uy-joy qurilishi uchun ajratilgan hudud bilan tanishgan, infratuzilma imkoniyatlarini oʻrganishgan edi.

 Suvti mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi Bugun Suvti mahallasida joylashgan 18-maktabda sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Und...
08/01/2024



Suvti mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi

Bugun Suvti mahallasida joylashgan 18-maktabda sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Mahmudov, hokim maslahatchisi A.Azizov, tashkilot rahbarlari, Suvti va Doʻngqoʻrgʻon mahallasidan tuman hokimligiga savol va murojaatlari boʻlgan fuqarolar ishtirok etdi.

Muloqotda ichki koʻchalarni shagʻallashtirish, oʻrnatilgan elektr ustunlariga sim tortish jarayonlarini jadallashtirish, tungi yoritkichlar oʻrnatish, uy-joy kadastri, qishloq vrachlik punktiga malakali shifokorlar jalb etish, imtiyozli kredit olish singari 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.

Qabuldan soʻng masʼullar ayrim murojaatlarni joyiga chiqib oʻrganishdi. Hal etish boʻyicha choralar belgilab olindi.

08/01/2024



Piskent tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi T.Pardayevning 2024-yil mahalliy byudjeti parametrlari yuzasidan brifingi.

  Chimqoʻrgʻon mahallasida sayyor qabul boʻlib oʻtdiTuman hokimi Nodirbek Yakubov bugun 1-sektor hududidagi Chimqoʻrgʻon...
27/12/2023



Chimqoʻrgʻon mahallasida sayyor qabul boʻlib oʻtdi

Tuman hokimi Nodirbek Yakubov bugun 1-sektor hududidagi Chimqoʻrgʻon mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul oʻtkazdi. Qabulda tegishli hokim oʻrinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari qatnashib murojaat etgan fuqarolarning savol va murojaatlari koʻrib chiqildi.

Muloqot jarayonida chimqoʻrgʻonlik 20 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etdi. Ularning ichimlik suvi tarmoqlari tortish, elektr taʼminotini yaxshilash va beton ustunlar oʻrnatish singari murojaatlari masʼullar tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi. Bunyodkor, Yangi hayot koʻchalarida aholi vakillari bilan suhbatlashib, hal etish choralari belgilab olindi.

14/12/2023



Sovuq ob-havo sharoitida tuman shtabi hamda korxona va tashkilotlarda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Shu haqda Piskent tumani hokimining matbuot kotibi M.Rustamova bayonot berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.me/piskenthokimligi

13/12/2023



Ob-havo haroratining pasayishi respublikada boʻlgani singari Piskent tumanida ham kommunal sohada bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Kuz-qish shtabi tomonidan yoʻllarda harakat xavfsizligini haʼminlash, gaz va elektrdagi muammolarning hal etilishi yuzasidan tuman hokimi matbuot kotibi M.Rustamova axborot berdi.

Tadbir jarayonidan fotolavhalar
10/12/2023

Tadbir jarayonidan fotolavhalar

  Ilgʻor dehqon va fermerlar taqdirlandiBugun Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan “Marhamat” tantanalar ma...
10/12/2023




Ilgʻor dehqon va fermerlar taqdirlandi

Bugun Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan “Marhamat” tantanalar majmuasida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bayram munosabati bilan agrar soha xodimlari uchun toʻkin dasturxon yozildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soha xodimlariga yoʻllagan tabrigi oʻqib esh*ttirildi. Soʻngra Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov mirishkor dehqonlar, tajribali fermerlar, bogʻbonlarni tabriklab, mashaqqatli mehnatini eʼtirof etdi. Sohaning ilgʻor, fidoyi xodimlari, suvchiyu mexanizatorlaridan 95 nafariga qimmatbaho sovgʻalar topshirdi.

Qutlugʻ kunlarda diydorlashgan qishloq xoʻjaligi xodimlari dasturxon ustida suhbatlashib, joriy yilni sarhisob qildilar. Kelgusi yil uchun yaxshi niyatlar rejalashtirildi.

Еstradа xonandasi Doston Ergashev ijro etgan diltortar qoʻshiqlar, Madaniyat boʻlimi hamda “Sitora” raqs dastasi tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur barchaga xushkayfiyat ulashdi.

 Xitoyning ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarida Toshkent viloyati delegatsiyasi tashrifi hamda biznes ...
09/12/2023



Xitoyning ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarida Toshkent viloyati delegatsiyasi tashrifi hamda biznes forumlar, xususan, Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov ishtirokida ikki toman uchun foydali bitim va kelishuvlar toʻgʻrisida keng yoritilmoqda.

09/12/2023

Address

Амир Темур, 138
Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Piskent tumani hokimligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category