Xalk deputatlari Bektemir tumani Kengashi

Xalk deputatlari Bektemir tumani Kengashi "Депутатнинг қалби, виждони уйғоқ бўлса, вазирлар ҳам, ҳукумат ҳам уйғоқ бўлади" - Шавкат Мирзиёев

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Yugay Tatyana Aleksandrovna to...
05/06/2026

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Yugay Tatyana Aleksandrovna tomonidan Bektemir tumani hokimiga deputat so‘rovi kiritildi.

Mazkur deputat so‘rovida Bektemir tumani "Xusayn Boyqaro" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, Yuqorichirchiq ko‘chasidagi qabristonga olib boruvchi yo‘llarni obodonlashtirish, asfalt qoplamasini yotqizish hamda fuqarolar va tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida avtotransport vositalari uchun to‘xtash maydonini tashkil etish choralarini ko‘rish masalasi ko‘tarilgan.

Deputat so‘rovi aholidan kelib tushgan murojaatlar hamda hududda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida kiritilgan.

Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlarini olib borish hamda belgilangan tartibda amaliy chora-tadbirlar ko‘rish so‘ralgan.

Toshkent shahri hokimligi — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Egamberdiev Sherzod Baxtiyo...
05/06/2026

Toshkent shahri hokimligi — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Egamberdiev Sherzod Baxtiyorovich tomonidan Bektemir tumanidagi “Iykota” mahallasi fuqarolari uchun qabul o‘tkazildi.

Qabulda Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi Kavaev Zulfqor Ishpulat o‘g‘li hamda “Iykota” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Isomiddinov G‘aybullo Xabibullaevich ishtirok etdi.

Qabul davomida mahalla aholisini qiynayotgan bir qator ijtimoiy va kommunal sohalarga oid masalalar muhokama qilindi. Xususan, ichimlik suvi va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash, hudud xavfsizligini ta’minlash, ko‘chalarni tungi yoritish tizimini takomillashtirish hamda boshqa mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar belgilab olindi.

Qabul yakunida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda davom ettirilishi ta’kidlandi.

05/06/2026

👍 Mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchi bo‘lgan kichik biznes subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratildi

👍Joriy yilning 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmon 600 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi.

Mazkur Farmon bilan kichik biznesning o‘sishini rag‘batlantirish, tadbirkorlar uchun ma’muriy yuklamalarni kamaytirish, moliyaviy va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish hamda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladigan qator yengilliklar joriy etilmoqda.

👍 Farmonning mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan yangi imkoniyatlar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar bilan quyidagi reportaj orqali tanishishingiz mumkin.

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati Shukurova Guljamol Baxodirovnani intervyusi

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi vakillari aholi muammolarini o‘rgandilar Xalq deputatlari Bektemir tumani Keng...
05/06/2026

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi vakillari aholi muammolarini o‘rgandilar

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Kavaev Zulfqor Ishpulat o‘g‘li hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Kariev Abdusunnat Abdulaxatovich 17 - “Oltintopgan” saylov okrugida bo‘lib mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida mahallada dolzarb bo‘lib turgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynab kelayotgan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqaro holidan xabar olinib, uning yashash sharoiti va muammolari o‘rganildi. Murojaatda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan muloqotni mustahkamlash, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdiO‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Bektemir tumani Kengashi deputati Sob...
05/06/2026

Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Bektemir tumani Kengashi deputati Sobirov Rustam Maratovich hamda ushbu partiya tuman Kengashi raisi Lola Toychibaevna mahallalarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar va dolzarb masalalar o‘rganilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, kommunal va boshqa sohalarga oid masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat batafsil o‘rganilib, ularni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va nazoratga olinishi ma’lum qilindi.

Uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

🇺🇿 Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar🏛 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantiri...
05/06/2026

🇺🇿 Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida mulkiy munosabatlarni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiyotda samaradorlikni oshirishga oid qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Mazkur qonunlar xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, davlat mulkini samarali boshqarish, mulkiy huquqlarni himoya qilish va iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.

📋 Mulk va raqobat sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (https://lex.uz/docs/-2055680)

📆 №O‘RQ-336 | Qabul qilingan sana: 24.09.2012

📝 Mazkur qonun xususiy mulkning daxlsizligini ta’minlash, mulkdorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik faoliyati uchun mustahkam huquqiy kafolatlar yaratishga qaratilgan.

📝 “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/docs/-6052631)

📆 №O‘RQ-776 | Qabul qilingan sana: 07.06.2022

📝 Qonun reklama faoliyatini tartibga solish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda halol raqobat muhitini ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/docs/-6297080)

📆 №O‘RQ-803 | Qabul qilingan sana: 28.11.2022

📝 Mazkur hujjat ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilab, mulkiy munosabatlarda ochiqlik va ishonchlilikni ta’minlaydi.

📝 “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/docs/-6518381)

📆 №O‘RQ-850 | Qabul qilingan sana: 03.07.2023

📝 Ushbu qonun tovar va xizmatlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, monopolistik faoliyatning oldini olish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

📝 “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/docs/-6800515)

📆 №O‘RQ-907 | Qabul qilingan sana: 14.02.2024

📝 Qonun davlat aktivlarini xususiy sektorga o‘tkazishning shaffof va samarali mexanizmlarini belgilab, iqtisodiyotda bozor tamoyillarini keng joriy etishga qaratilgan.

📝 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/docs/-7049383)

📆 №O‘RQ-937 | Qabul qilingan sana: 05.08.2024

📝 Mazkur qonun ayrim holatlarda yer uchastkalari va ularda qurilgan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni qonuniylashtirish mexanizmlarini belgilaydi hamda fuqarolarning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

📝 “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/docs/-7052085)

📆 №O‘RQ-940 | Qabul qilingan sana: 07.08.2024

📝 Ushbu qonun energiya resurslaridan samarali foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan.

📁 Mazkur qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga mulkiy munosabatlarni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, investitsion jozibadorlikni oshirish hamda hududlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash borasidagi faoliyatida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

05/06/2026
Aholi murojaati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi Aholidan kelib tushgan murojaat asosida Xalq deputatlari Bektemir ...
04/06/2026

Aholi murojaati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Aholidan kelib tushgan murojaat asosida Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi kotibiyat mudiri, deputat Kavaev Zulfqor Ishpulat o‘g‘li hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Kariev Abdusunnat Abdulaxatovich tomonidan “Iqbol” maxalla fqarolar yig‘ini xududida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi Toshkent shahar sport boshqarmasiga qarashli Bektemir tumani 1-son sport maktabiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida sport maktabidagi basseyn faoliyatining to‘xtab qolganligi sabablari o‘rganilib, mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi. Mavjud muammolar, ularning kelib chiqish omillari hamda basseyn faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganish natijalari yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga kiritilishi belgilandi. Aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan nazorat ishlari davom ettiriladi.

04/06/2026

Созданы благоприятные условия для роста малого бизнеса

Prezidentning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tadigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari doirasida Bektemir tumanida t...
04/06/2026

Prezidentning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tadigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari doirasida Bektemir tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashi deputati, O‘ZLIDeP a’zosi Abdurahmanov Nurilla Lyutpullaevich hamda Biznes-ombudsmanning Axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi - Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Shukurova Guljamol Baxodirovna ishtirok etib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini tingladi.

Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar, biznes muhitini yanada yaxshilash va sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yechimlar ishlab chiqish uchun mas’ul tashkilotlarga yo‘naltiriladi.

Address

Бектемир тумани, Хусайн Бойкаро кучаси, 2 уй
Tashkent
100158

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xalk deputatlari Bektemir tumani Kengashi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category