O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi transport infratuzilmasini rejalashtirish, rivojlantirish va tartibga solish uchun mas’uldir.

Transport va logistika sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildiJoriy yilning 25-may kuni Iqtisodiyot va moliy...
26/05/2026

Transport va logistika sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Joriy yilning 25-may kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida transport va logistika sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda taksi, avtobus va agregator platformalari, shuningdek logistika kompaniyalari vakillari ishtirok etib, sohada mavjud muammolar, amaliy takliflar hamda tizimni yanada rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni o‘rganish hamda ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilishi qayd etildi.

Проведён открытый диалог с предпринимателями транспортно-логистической сферы

25 мая текущего года в Министерстве экономики и финансов был организован открытый диалог с предпринимателями, осуществляющими деятельность в сфере транспорта и логистики.

В мероприятии приняли участие представители таксомоторных и автобусных компаний, агрегаторных платформ, а также логистических организаций. В ходе встречи были обсуждены существующие проблемы отрасли, практические предложения и вопросы дальнейшего развития системы.

В рамках диалога было отмечено, что предложения и инициативы, высказанные предпринимателями, будут изучены, а также совместно с ответственными ведомствами будет организована работа по их практической реализации.

ICAO bilan hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilindi25-may kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Xalqaro fuqaro av...
26/05/2026

ICAO bilan hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilindi

25-may kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (ICAO) Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi (EUR/NAT) mintaqaviy direktori Nikolas Rallo bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va ICAO o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, global aviatsiya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish borasidagi masalalarni muhokama qildi.

Janob Nikolas Rallo O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyati tomonidan sohani rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar sur’atini yuqori baholab, fuqaro aviatsiyasi yo‘nalishidagi barqaror o‘sish va islohotlar samarasini alohida qayd etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.

Обсуждены ключевые вопросы сотрудничества с ИКАО

25 мая, министр транспорта Ильхом Махкамов встретился с региональным директором Европейского и Североатлантического бюро (EUR/NAT) Международной организации гражданской авиации (ИКАО) Николасом Ралло.

В ходе встречи стороны обсудили вопросы расширения сотрудничества между Узбекистаном и ИКАО, поддержку инициатив, направленных на развитие и совершенствование глобальной авиационной системы, в том числе развитие авиационной инфраструктуры и повышение уровня безопасности полетов.

Господин Николас Ралло высоко оценил темпы работы, проводимой авиационной администрацией Узбекистана по развитию отрасли, и особо отметил устойчивый рост и эффективность реформ в сфере гражданской авиации.

По итогам встречи стороны подтвердили готовность к дальнейшему укреплению сотрудничества и реализации совместных проектов в сфере гражданской авиации.

Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan harakatni boshlaydi Hurmatli poytaxt aholisi ...
25/05/2026

Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan harakatni boshlaydi
 
Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari!
 
2026-yil 27-may, chorshanba kuni Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari va metropoliten:
 
soat 04:00 dan o‘z harakatini boshlaydi.
 
Yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida fuqarolardan Qurbon hayiti namoziga tashrif buyurishda jamoat transporti xizmatidan foydalanishni so‘rab qolamiz.
 
В связи с праздником Курбан хайит общественный транспорт в Ташкенте начнёт движение с 04:00

Уважаемые жители и гости столицы!

В среду, 27 мая 2026 года, в связи с празднованием Курбан хайита и в целях создания дополнительных удобств для граждан, автобусные маршруты и метрополитен города Ташкента:

начнут свою работу с 04:00.

В целях предотвращения заторов на дорогах и обеспечения безопасности движения просим граждан воспользоваться услугами общественного транспорта для посещения праздничного намаза.

Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukusga qo‘shimcha aviaqatnovlar bajariladi Qurbon hayiti bayrami munosabati bila...
23/05/2026

Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukusga qo‘shimcha aviaqatnovlar bajariladi 

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan rezident aviakompaniyalar tomonidan mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlar amalga oshiriladi. 
 
Xususan, joriy yilning 25 – 31-may kunlari davomida “Uzbekistan airways”, “Silk avia” hamda “Centrum air” aviakompaniyalari Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukusga borish/qaytish yo‘nalishida jami 28 ta qo‘shimcha reyslarni bajaradi.
   
Natijada qo‘shimcha 8988 nafar yo‘lovchi o‘z manziliga aviaqatnovlar orqali yetkazilishi ta’minlanadi. 
 
Eslatib o‘tamiz, amaldagi parvozlar jadvaliga muvofiq haftasiga Toshkent – Buxoro yo‘nalishida 23 ta, Toshkent – Termiz yo‘nalishida 23 ta, Toshkent – Urganch yo‘nalishida 35 ta, Toshkent – Nukus yo‘nalishida 16 ta , jami 97 ta qatnovlar bajarilmoqda.
 
Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukusga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan rezident aviakompaniyalar mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi.

Xususan, joriy yilning 25-mayidan 31-mayigacha Uzbekistan Airways, Silk Avia va Centrum Air aviakompaniyalari jami 28 ta qo‘shimcha reysni Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch, Nukusga va qaytish yo‘nalishlarida bajaradi.

Natijada qo‘shimcha 8988 nafar yo‘lovchi o‘z manziliga aviaqatnovlar orqali yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi parvozlar jadvaliga ko‘ra, haftasiga jami 97 ta qatnovlar bajariladi: Toshkent – Buxoro yo‘nalishida 23 ta, Toshkent – Termiz yo‘nalishida 23 ta, Toshkent – Urganch yo‘nalishida 35 ta va Toshkent – Nukus yo‘nalishida 16 ta.

Jasurbek Choriyev — TRASEKAning yangi bosh kotibi: O‘zbekiston transport integratsiyasi boshqaruvini o‘z qo‘liga olmoqda...
21/05/2026

Jasurbek Choriyev — TRASEKAning yangi bosh kotibi: O‘zbekiston transport integratsiyasi boshqaruvini o‘z qo‘liga olmoqda

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston nomzodi, transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev TRASEKA Bosh kotibi etib saylandi.

Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan XVIII yig‘ilishda qabul qilingan bu qaror O‘zbekistonning mintaqaviy transport integratsiyasini rivojlantirishdagi faol rolining navbatdagi e’tirofidir.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyevning TRASEKA Bosh kotibligiga o‘z nomzodini qo‘yishdagi bosh shiori — "Koordinatsiyadan operatsion yetakchilikka" o‘tish hisoblanadi.

Uning dasturi raqamli ishonch, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv va moliyaviy barqarorlik orqali siyosiy deklaratsiyalardan real operativ boshqaruvga o‘tishni nazarda tutadi.

Rejaning asosiy maqsadlari tezkorlik, raqamlashtirish va ishonchlilik tamoyillariga tayanadi. J. Choriyevning strategik rejalari «Transformatsiyaning yetti ustuni» va 2030-yilgacha bo‘lgan Yo‘l xaritasida aks etgan.

Batafsil (https://gov.uz/oz/mintrans/news/view/168309)

Жасурбек Чориев — новый генеральный секретарь ТРАСЕКА: Узбекистан берет штурвал транспортной интеграции

Как сообщалось ранее, кандидат от Узбекистана, заместитель министра транспорта Жасурбек Чориев, избран генеральным секретарем ТРАСЕКА.

Это решение, принятое на 18-м заседании в Астане, является очередным признанием активной роли Узбекистана в развитии региональной транспортной интеграции.

Главный девиз заместителя министра транспорта Республики Узбекистан Жасурбека Чориева при выдвижении своей кандидатуры на пост генерального секретаря ТРАСЕКА — "От координации к операционному лидерству."

Его программа предусматривает переход от политических деклараций к реальному оперативному управлению посредством цифрового доверия, управления на основе данных и финансовой устойчивости.

Ключевые цели плана опираются на принципы оперативности, цифровизации и надежности. Стратегические планы Ж. Чориева отражены в "Семи столпах трансформации" и Дорожной карте до 2030 года.

Подробнее (https://gov.uz/ru/mintrans/news/view/168309).

Представитель Узбекистана избран Генеральным секретарём ТРАСЕКА: итоги встречи в АстанеСегодня в Астане состоялось 18-е ...
21/05/2026

Представитель Узбекистана избран Генеральным секретарём ТРАСЕКА: итоги встречи в Астане

Сегодня в Астане состоялось 18-е заседание Межправительственной комиссии ТРАСЕКА (Транспортный коридор Европа–Кавказ–Азия).

В мероприятии приняли участие Министр транспорта Узбекистана Илхом Махкамов, заместитель министра Жасурбек Чориев и национальный координатор ТРАСЕКА в Узбекистане Бекзод Холматов.

Главным вопросом повестки дня стали выборы Генерального секретаря организации. По итогам голосования выдвинутый Узбекистаном кандидат — заместитель Министра транспорта Жасурбек Чориев — избран Генеральным секретарём ТРАСЕКА.

Данное назначение является очередным признанием активной роли Узбекистана в развитии региональной транспортной интеграции.

Единое транзитное разрешение — «зелёный коридор» для транспортного сообщения

Важным практическим итогом мероприятия стало подписание Межправительственного соглашения о едином бланке транзитного разрешения ТРАСЕКА между Узбекистаном, Казахстаном, Азербайджаном, Кыргызстаном и Украиной.

Документ предоставляет перевозчикам возможность пересекать территории нескольких государств-участников Соглашения по единому бланку разрешения без каких-либо дополнительных разрешительных документов. Это призвано устранить административные барьеры и существенно сократить время транзита.

Стратегические инициативы

В ходе заседания Министр транспорта Илхом Махкамов выступил с речью и выдвинул ряд важных предложений, направленных на повышение привлекательности коридора:

- полная цифровизация транспортных процессов и переход к «безбумажному транзиту»;

- устранение действующих ограничений на маршрутах;

- совершенствование нормативно-правовой базы в соответствии с международными стандартами;

- привлечение грантов и льготных кредитов международных финансовых институтов для финансирования деятельности организации.

По итогам заседания Межправительственной комиссии приняты соответствующие решения, направленные на укрепление региональных транспортных связей и совершенствование деятельности Постоянного секретариата ТРАСЕКА.

TRASEKA Bosh kotibi lavozimiga O‘zbekiston vakili saylandi: Ostonadagi yig‘ilish yakunlari  Bugun Ostona shahrida TRASEK...
21/05/2026

TRASEKA Bosh kotibi lavozimiga O‘zbekiston vakili saylandi: Ostonadagi yig‘ilish yakunlari

Bugun Ostona shahrida TRASEKA (Yevropa–Kavkaz–Osiyo transport yo‘lagi) Hukumatlararo komissiyasining 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Transport vaziri Ilhom Maxkamov, vazir o‘rinbosari Jasurbek Choriyev va TRASEKAning O‘zbekistondagi milliy koordinatori Bekzod Xolmatov ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — tashkilot Bosh kotibi lavozimiga saylov o‘tkazildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan nomzod — Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev TRASEKA Bosh kotibi etib saylandi.

Ushbu tayinlov O‘zbekistonning mintaqaviy transport integratsiyasini rivojlantirishdagi faol rolining navbatdagi e’tirofidir.

Yagona tranzit ruxsatnomasi — transport harakati uchun «yashil yo‘lak»

Tadbirning muhim amaliy natijasi sifatida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Ukraina o‘rtasida «TRASEKA yagona tranzit ruxsatnoma blankasi to‘g‘risida»gi Hukumatlararo Bitim imzolandi.

Mazkur hujjat yuk tashuvchilarga bitta ruxsatnoma blankasi bilan Bitimga a’zo bir nechta davlatlar hududidan hech qanday qo‘shimcha ruxsatnomalarsiz o‘tish imkonini beradi. Bu ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish va tranzit vaqtini sezilarli darajada qisqartirishga xizmat qiladi.

Strategik tashabbuslar

Yig‘ilish davomida Transport vaziri Ilhom Maxkamov nutq so‘zlab, koridor jozibadorligini oshirishga qaratilgan bir qator muhim takliflarni ilgari surdi.

Jumladan:

- Transport jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish va «qog‘ozsiz tranzit»ga o‘tish;

- Yo‘nalishlardagi mavjud cheklovlarni bartaraf etish;

- Normativ-huquqiy bazani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish zarurligi alohida ta’kidlandi;

- Tashkilot faoliyatiga xalqaro moliya institutlari grantlari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish choralarini ko‘rish.

Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunida mintaqaviy transport aloqalarini mustahkamlash va TRASEKA doimiy kotibiyati faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Flykhiva aviakompaniyasi Termizdan Istanbulga qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda  O‘zbekiston rezident aviakompaniyalari xalqa...
13/05/2026

Flykhiva aviakompaniyasi Termizdan Istanbulga qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda 
 
O‘zbekiston rezident aviakompaniyalari xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar geografiyasini kengaytirmoqda.
 
Xususan, joriy yil 30-may sanasidan Flykhiva aviakompaniyasi Termiz – Istanbul – Termiz yo‘nalishida muntazam qatnovlarni boshlaydi.  
 
Mazkur yo‘nalishda qatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
 
Eslatib o‘tamiz, bugungi k***a Turkiyaning Istanbul shahriga mamlakatimizning Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Urganch va Buxoro shaharlaridan haftasiga jami 87 ta muntazam aviaqatnovlar bajarilmoqda.
 
Aviqatnovlar “Uzbekistan Airways”, “Qanot Sharq”, “Centrum Air” hamda “Turkish Airlines” aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
 
Авиакомпания Flykhiva запускает рейсы из Термеза в Стамбул

Авиакомпании-резиденты Узбекистана расширяют географию полетов на международных направлениях.

В частности, с 30 мая текущего года авиакомпания Flykhiva начнет выполнять регулярные рейсы по маршруту Термез – Стамбул – Термез.

Рейсы по данному направлению будут выполняться по средам и субботам.

Напомним, что на сегодняшний день в турецкий город Стамбул из городов нашей страны — Ташкента, Самарканда, Ферганы, Ургенча и Бухары выполняется в общей сложности 87 регулярных авиарейсов в неделю.

Авиарейсы выполняются авиакомпаниями "Uzbekistan Airways," "Qanot Sharq," "Centrum Air" и "Turkish Airlines".

Rossiyada xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar uchun vaqtincha bo‘lish muddati 180 kungacha uzaytirildiRossiya hukumati ya...
29/04/2026

Rossiyada xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar uchun vaqtincha bo‘lish muddati 180 kungacha uzaytirildi

Rossiya hukumati yaqin xorij davlatlaridan kelgan haydovchilar uchun logistika va ish sharoitlarini soddalashtiruvchi qarorni (27.04.2026-yildagi 467-sonli) qabul qildi. (http://publication.pravo.gov.ru/document/0001202604280017)

Nimalar o‘zgardi?

Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddati bir kalendar yili davomida jami 180 sutkagacha oshirildi.

Bu kimlarga taalluqli?

* MDHga a’zo davlatlar fuqarolariga;
* Gruziya fuqarolariga.

Qarorga ko‘ra, vizasiz tartibda Rossiyaga kirib kelayotgan va xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan professional haydovchilar belgilangan tartibda ariza taqdim etgan holda mamlakatda bir yil davomida jami 180 kungacha bo‘lishi mumkin.

Yangi qoidalar 2026-yil 30-iyundan boshlab amal qiladi.

В России продлили до 180 дней срок временного пребывания для водителей-международников.

Правительство России приняло постановление (http://publication.pravo.gov.ru/document/0001202604280017) (№ 467 от 27.04.2026), упрощающее логистику и условия труда для водителей из стран ближнего зарубежья.

Что изменилось?

Срок временного пребывания в России увеличен до 180 суток суммарно в течение одного календарного года.

Кого это касается?

* Граждан государств-участников СНГ;
* Граждан Грузии.

Согласно постановлению, профессиональные водители, въезжающие в Россию в безвизовом порядке и осуществляющие международные грузовые перевозки, могут находиться в стране до 180 дней в течение года, подав заявление в установленном порядке.

Новые правила вступят в силу с 30 июня 2026 года.

Aviatsiya hodisalarini tekshirish sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kursiMamlakatimiz fuqaro aviatsiyas...
28/04/2026

Aviatsiya hodisalarini tekshirish sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kursi

Mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi sohasida parvozlar xavfsizligi ta’minlanishida nazorat qilishni tashkil etish hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) talablarini bajarish maqsadida tizimli ishlar bajarilmoqda.

Xususan, joriy yilning 20-25-aprel kunlari Transport vazirligining Aviatsiya hodisalari va insidentlarini tekshirish bo‘limi tashabbusi bilan Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi hamkorligida aviatsiya halokatlari va insidentlarini tekshirish sohasida aviatsiya xodimlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

Batafsil (https://gov.uz/oz/mintrans/news/view/158831)

Учебный курс по подготовке специалистов в области расследования авиационных происшествий

В сфере гражданской авиации нашей страны ведётся системная работа по организации контроля за обеспечением безопасности полётов и выполнению требований Международной организации гражданской авиации (ИКАО).

В частности, с 20 по 25 апреля текущего года по инициативе Отдела по расследованию авиационных происшествий и инцидентов Министерства транспорта и в сотрудничестве с Межгосударственным авиационным комитетом был организован учебный курс по подготовке авиационного персонала в области расследования авиационных происшествий и инцидентов.

Подробнее (https://gov.uz/ru/mintrans/news/view/158831)

Yo‘l harakati xavfsizligi – yoshlar va jamiyat uchun muhim masala Yo‘llarda harakati xavfsizligi ta’minlash bugungi k***...
24/04/2026

Yo‘l harakati xavfsizligi – yoshlar va jamiyat uchun muhim masala

Yo‘llarda harakati xavfsizligi ta’minlash bugungi k***a jamiyatimiz oldida turgan dolzarb ijtimoiy masalalardan biri hisoblanadi. Aholining faol qatlamini tashkil etuvchi yoshlar yo‘l harakati jarayonida eng ko‘p ishtirok etuvchi guruhlardan biri bo‘lib, ularning xulq-atvori va mas’uliyati umumiy yo‘l harakati madaniyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

23-aprel kuni “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlarni yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etishga undash, ularning huquqiy madaniyati, ijtimoiy mas’uliyati va shaxsiy xavfsizlikka bo‘lgan qarashlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Batafsil (https://gov.uz/oz/mintrans/news/view/157436)

Безопасность дорожного движения - важный вопрос для молодежи и общества

Обеспечение безопасности дорожного движения на сегодняшний день является одним из актуальных социальных вопросов, стоящих перед нашим обществом. Молодёжь, составляющая активную часть населения, является одной из наиболее вовлечённых в процесс дорожного движения групп, и её поведение и ответственность напрямую влияют на общую культуру дорожного движения.

23 апреля, в связи с проведением "Четверга – Дня молодёжи", было организовано мероприятие, посвящённое вопросам приобщения студенческой молодёжи к соблюдению правил дорожного движения, а также развитию её правовой культуры, социальной ответственности и взглядов на личную безопасность.

Подробнее (https://gov.uz/ru/mintrans/news/view/157436)

Address

Toshkent Viloyati, Yuqori Chirchiq Tumani, “Istiqbol” MFY, Yangi Toshkent Shahrini Barpo Etish Hududi, Transport Vazirligi Ma’muriy Binosi
Tashkent
100128.ISHONCHRAQAMI:1167

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712022255

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi:

Share