INNO Technopark

INNO Technopark Научная, технологическая и техническая база для реализации инновационных проектов

📌 Joriy yilning 13-15-avgust kunlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida universitetlardagi biznes inkubatorlar faoliy...
16/08/2024

📌 Joriy yilning 13-15-avgust kunlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida universitetlardagi biznes inkubatorlar faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan Koreya Respublikasi va Oliy maktabning yetakchi ekspertlari ishtirokida tashkil etilgan uch kunlik amaliy seminar yakunlandi.

📊 Ushbu seminar respublikamizda innovatsion ekotizimni rivojlantirish va innovatsion tadbirkorlikni keng yo‘lga qo‘yishda biznes inkubatorlar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ulardagi kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan.

✅ Seminar davomida ishtirokchilar biznes inkubatorlar faoliyatini rivojlantirish, ularni samarali tashkil etish va yanada yaxshilash bo'yicha kelgusidagi vazifalarni belgilab oldi.

📖 Shuningdek, seminar trening yakunida barcha ishtirokchilarga tegishli mavzular bo'yicha bilimga ega bo'lganliklari to'g'risida sertifikatlar berildi.

INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga Janubiy Koreyaning Gyeonggi viloyati yoshlari tashrif buyurdi.Tashr...
12/08/2024

INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga Janubiy Koreyaning Gyeonggi viloyati yoshlari tashrif buyurdi.

Tashrif buyurgan mehmonlar texnopark hududidagi zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari, innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan robototexnika va elektronika, biotexnologiya, standartlashtirish va metrologiya laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi.

Yoshlarga texnoparkdagi elektronika va robototexnika yo'nalishlari bo'yicha, hamda amalga oshirilayotgan loyihalar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

22 iyul – 3 avgust kunlari Xitoy davlatining Uhan shahrida BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasining “Ilm-...
25/07/2024

22 iyul – 3 avgust kunlari Xitoy davlatining Uhan shahrida BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasining “Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsion parklarni rivojlantirish” hamda “Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsion parklarni rivojlantirish” loyihalari seminari bo‘lib o‘tmoqda.

✅ Seminarning 2-kuni, o‘quv reja bo‘yicha innovatsion texnoparklarning faoliyati va tajribasi o‘rganildi. Reja asosida Oliy taʼlim, fan va Innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi a'zolari Vuhan Xincheng Expo senter, Vuhan Honglianhu Digital Industrial Park, Vuhan University Ssiyense Park va Hubei Youth Pioneer Parkka tashrif buyurdilar.

▶️ Ushbu texnologik parklarga tashrif doirasida olimlarga, talabalarga va korxonalarga, yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga korxonalarning rivojlanish tarixi, davlat tomonidan yaratilgan sharoitlar hamda Xitoyning texnologiya transferi asosida parklarni rivojlantirish modeli bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

22-iyul 2-avgust kunlari Xitoyning Uhan shahrida BMT ning Savdo va taraqqiyot bo'yicha konferensiyasining "Ilm-fan, texn...
22/07/2024

22-iyul 2-avgust kunlari Xitoyning Uhan shahrida BMT ning Savdo va taraqqiyot bo'yicha konferensiyasining "Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsion parklarni rivojlantirish" (Science, Тесhnоlоgу аnd Innоvаtiоn Parks sustainable for development) loyihasi seminari bo'lib o'tmoqda.

Seminarda INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparki bosh direktori Mansur Sultanov ishtirok etmoqda. Seminarning 1-kunida Xitoyning rivojlanish jarayoni va innovatsion inkubatorlar tendensiyasi mavzularida maʼruzalar bo‘lib o‘tdi. rivojlanish tajribalarini o'rganildi.

Loyiha doirasida O’zbekiston va Xitoy texnoparklari, biznes-inkubator va akseleratorlari o’rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo'yish, jumladan, tajriba almashinuvi, kadrlar malakasini oshirish hamda startap va innovatsion loyihalarni rivojlantirish bo'yicha qo’shma o’quv dasturlarini tashkillashtirish ko’zda tutilgan.

Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda “tarmoq...
19/07/2024

Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda “tarmoq – korxona oliygoh” zanjiri asosida har bir oliygoh sanoat hamkorini topish va dual ta’limni yo‘lga qo‘yish maqsadida

INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida Toshkent shahridagi Belarus - O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti talaba yoshlari amaliyot jarayonlarini o'tamoqdalar.

Ishlab chiqarish zonasidagi dastgohlar yordamida nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo'llamoqdalar.

Davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilab berilgan qator topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar doirasida texnoparkda talaba - yoshlar uchun barcha shart- sharoitlar yaratilgan.

📌INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida Toshkent shahridagi Belarus - O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo ama...
15/07/2024

📌INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida Toshkent shahridagi Belarus - O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti bilan memorandum imzolandi.

▶️Texnopark bosh direktori Mansurbek Sultanov va institut ijrochi direktori Baxodirov Azizbek o'zaro hamkorlik memorandumini imzoladi.

📄Ushbu hamkorlik kelgusida zamonaviy texnologiyalar va robototexnika, raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish va o'zaro tajriba almashish imkonini beradi.

📎Shuningdek, fan va texnikaning rivojlanishiga, professor- o'qituvchilar hamda talaba- yoshlarning o'zaro hamkorligini o'rnatishga zamin yaratadi.

"Inno" innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari v...
11/07/2024

"Inno" innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda texnopark bosh direktori Mansurbek Sultanov, “Yashnobod innovatsion texnopark”i direktori Abdulxamidov Shoxjaxon, protokol xizmati boshlig'i Otaxonov Rasulbek hamda Ozarbayjan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi raisi Jeyhun Salmonov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari Turana Gasimova bilan o'zaro hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat vakillari kelgusida innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida o'zaro fikr almashish, hamda iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida stajirovkalar tashkil etish bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi.
Ilmiy - texnikaviy, innovatsion sohani rivojlantirish bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi, rejalar belgilab olindi.

"Inno" innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari v...
11/07/2024

"Inno" innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda texnopark bosh direktori Mansurbek Sultanov, “Yashnobod innovatsion texnopark” direktori Abdulxamidov Shoxjaxon, Protokol xizmati boshlig'i Otaxonov Rasulbek hamda Ozarbayjan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi raisi Jeyhun Salmonov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari Turana Gasimova bilan o'zaro hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat vakillari kelgusida innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida o'zaro fikr almashish, hamda iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida stajirovkalar tashkil etish bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi.
Ilmiy - texnikaviy, innovatsion sohani rivojlantirish bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi, rejalar belgilab olindi.

📌 INNO innovatsion o'quv- ishlab chiqarish texnoparkida rezidentlar faoliyatini tashkil etish bo'yicha ichki komissiya y...
09/07/2024

📌 INNO innovatsion o'quv- ishlab chiqarish texnoparkida rezidentlar faoliyatini tashkil etish bo'yicha ichki komissiya yig'ilishi bo’lib o’tdi

✅ Ushbu komissiya texnoparkning rivojlanishi uchun muhim bo'lgan yangi rezidentlarni qabul qilish tartibi va mezonlarini ishlab chiqish va takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.

▶️ Yig’ilishda bosh direktor Mansurbek Sultanov, rezidentlar bilan ishlash boʻlimi hodimlari Shoxruh Toshmatov, Xamidulla Mahamatov, Azizjon Akramov hamda bir qancha rezidentlikka nomzod tadbirkorlar qatnashdilar.

📃 Yig'ilish yakunida mavjud rezident maqomini olish tizimini yaxshilash bo'yicha tavsiyalar qabul qilindi va kelgusida rezident maqomini olishga bo’lgan tadbirkorlarni faoliyati bilan tanishish va ular bilan istiqbolli hamkorlikda ishlash hamda soliq imtiyozlaridan to’g’ri foydalanish bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Bizga obuna bo’ling👇🏼

📌 INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida oliy ta'lim muassasalari talabalari amaliyot jarayonlarini amalga...
08/07/2024

📌 INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida oliy ta'lim muassasalari talabalari amaliyot jarayonlarini amalga oshirmoqda. Talaba - yoshlar Ishlab chiqarish zonasidagi dastgohlarda ishlash bilan bir qatorda nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo'llamoqda.

▶️ Davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilab berilgan qator topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar doirasida texnoparkda talaba - yoshlar uchun barcha shart- sharoitlar yaratilgan.

♻️ Shuningdek, “tarmoq – korxona oliygoh” zanjiri asosida har bir oliygoh sanoat hamkorini topish va dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasida Toshkent Traktor zavodi hamda Uzautomotors bilan hamkorlik o'rnatilgan.

Bizga obuna bo’ling!

📌 INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga Turkiyaning Bilkent Cyberpark kompaniyasi vakili Faruk Inaltekin ...
05/07/2024

📌 INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkiga Turkiyaning Bilkent Cyberpark kompaniyasi vakili Faruk Inaltekin tashrif buyurdi

📎 Tashrif davomida texnopark faoliyati, rezidentlar mahsuloti, ishlab chiqarish zonasidagi ishlar ko'zdan kechirildi. Rezidentlar mahsulotlari, ularga berilgan imtiyozlar haqida ma'lumotlar berildi. Kelgusidagi hamkorlik va loyihalar taqdimoti amalga oshirildi. Shartnoma va rejalar kelishib olindi.

Bilkent Cyberpark - 2002-yilda Turkiyaning birinchi va eng mashhur bo'lgan Bilkent universiteti tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan fan va texnologiya parkidir. Turli sohalardagi 300 dan ortiq yetakchi kompaniyalari, tadqiqot markazlari, mikro-nanochip zavodi va texnologiyaga asoslangan tadbirkorlik markazlari mavjud.

Bizga obuna bo’ling👇
Telegram| (https://t.me/innotechnopark) Instagram| (https://www.instagram.com/innotechnopark?igsh=b3BvNm04ZW40ZHMx) Facebook| (https://www.facebook.com/100076932557598/posts/pfbid02uHUu87aWNpDVFPZLg7ALm2sRuRJdbyfh4hPexmhkx2RdXE2fLjRatWhEjPghL2dJl/?app=fbl) Web (https://innotechnopark.com/uz/)

📌 INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Belarus Davlat texnologiya universitetining bir guruh o'qituvchi ...
02/07/2024

📌 INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkiga Belarus Davlat texnologiya universitetining bir guruh o'qituvchi va mutaxassislari tashrif buyurdi.

📎Texnoparkda yoshlar tomonidan yoʻlga qoʻyilgan loyihalarga alohida eʼtibor qaratildi. Ishlab chiqarish zonasidagi asbob-uskunalar, texnik anjomlar, qurilmalar bo'yicha ma'lumotlar berildi.

▶️ Ilg'or muhandislik maktablarida, o'quvchi-yoshlar orasidan ixtirochilarni, yosh innovatorlarni topish va ularni o'z ustida ishlashiga zamin yaratish, g'oyalarini qo'llab quvvatlash kabi yo'nalishlar belgilab olingan edi. Ushbu ta'lim maskani bilan kelgusidagi hamkorlik yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi.

Bizga obuna bo’ling👇
Telegram| (https://t.me/innotechnopark) Instagram| (https://www.instagram.com/innotechnopark?igsh=b3BvNm04ZW40ZHMx) Facebook| (https://www.facebook.com/100076932557598/posts/pfbid02uHUu87aWNpDVFPZLg7ALm2sRuRJdbyfh4hPexmhkx2RdXE2fLjRatWhEjPghL2dJl/?app=fbl) Web (https://innotechnopark.com/uz/)

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when INNO Technopark posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share