17/09/2025
🚫Bugun Bolalar ombudsmanining bola masalalari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
🎤Qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan fuqarolar murojaat qildilar:
1️⃣Voyaga yetmagan qiz notanish yigitning yolg‘on so‘zlariga ishonib, o‘z xonadonidagi pullarni olib chiqib berganligi, yigit aldov yo‘li bilan pullarni olgach, qaytarib bermayotganligini bildirib, tegishli chora ko‘rilishini so‘rab qilingan murojaat;
2️⃣Ajrimdan so‘ng otaning o‘z farzandlari bilan ko‘rishish tartibini o‘zgartirishga oid da’vo sudga kiritilsada, qizlarning otasi bilan ko‘rishishi ta’minlanmayotganligi, shuningdek, onasi voyaga yetmagan qizlariga otadan uzoqlashtirish maqsadida ruhiy ta’sir va bosim o‘tkazilayotganligiga oid;
3️⃣Voyaga yetmagan farzandiga nisbatan qarindoshi tomonidan zo‘ravonlik harakati sodir etilganligi oqibatida qizning ruhiy holatida jiddiy muammolar yuzaga kelayotganligi haqidagi murojaat;
4️⃣Rossiya Federatsiyasida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarosi farzandini u yerda maktab ta’limiga jalb qilinishida amaliy ko‘mak so‘rashiga oid;
5️⃣Ajrimdan so‘ng, ota o‘zining 5 nafar farzandi moddiy ehtiyojlarini ta’minlamayotganligi, bolalarning buzilgan huquqlarini tiklash va otadan farzandlari uchun aliment undirilishida amaliy yordam so‘rab qilingan murojaat;
✅Yuqoridagi holatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida darhol tizimli ravishda o‘rganishni boshladi.