29/03/2023
Aziz hamyurtlar!
🔹Bugun yurtimizda olib borilayotgan islohotlar haqiqatan ham inson qadri, uning manfaatlari uchun xizmat qilayotganiga har birimiz guvoh bo‘layapmiz. Barcha sohalarda hayotga tadbiq etilayotgan loyihalarning bosh maqsadi ham xalqimizning og‘irini yengil qilish, muammolarini hal etishga qaratilgandir.
🔹Xususan, birgina so‘nggi yillarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasida mamlakatning qariyb 70 foizdan ortig‘i qisqa muddatda markazlashgan quvurlar orqali toza suv iste’mol qilish baxtiga musharraf bo‘ldi.
🔹Albatta, bunda “O‘zsuvta’minot” AJning sohani rivojlantirish, aholiga qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish borasidagi tashabbuslari ham alohida o‘rin tutmoqda.
Aholi o‘rtasida suv ta’minoti bilan bog‘liq servis xizmatlariga bo‘lgan talab juda yuqori ekanligi o‘takazilgan monitoring va o‘rganishlardan ma’lum bo‘lmoqda.
🔹Shu sabab, keng tarmoqli servis korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ehtiyoj tug‘ildi. Sohaga oid qabul qilingan me’yoriy xujjatlarda ham bu borada ko‘rsatib o‘tildi.
Joriy yildan “O‘zsuvta’minot” AJ tarkibida “Suvo‘lchagich xizmati” aksiyadorlik jamiyati faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Albatta, ushbu korxonaning asosiy maqsadi suv o‘lchagichlar bilan bog‘liq jarayonlarga qaratilgan. Biroq, talab va istaklardan kelib chiqib uning faoliyat qamrovini keyinchalik kengaytirib borish rejalashtirilgan.
Dastlab, Toshkent shahri, keyinchalik esa respublika bo‘ylab xizmat ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan Jamiyat jamoasi bugundanoq aniq rejalar asosida ish ko‘rmoqda.
Aziz yurtdoshlar!
🔹Siz ushbu yangi tashkil etilgan korxona faoliyati bilan qiziqsangiz yoki sizda ushbu korxona faoliyatiga ehtiyoj bo‘lsa ijtimoiy tarmoqlardagi “Suvo'lchagich xizmati” AJ sahifalarini kuzatib boring.
🔹Siz ushbu tarmoqlarda korxona bilan bog‘liq yangiliklar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi va sifati haqidagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lib borasiz.
“Suvo'lchagich xizmati” AJning har bir kuni va har ishi siz azizlarni befarq qoldirmaydi. O‘ylaymizki, Jamiyat jamoasi ko‘p yillar xalqimiz mushkulini oson qiladi.
Bizni kuzatib boring.