Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak" Sh.Mirziyoyev

 ’zozdaXOTIRA – ABADIY, QADR – MUQADDAS!Bugun Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Yunusobod tumani Davlat xizma...
07/05/2022

’zozda

XOTIRA – ABADIY, QADR – MUQADDAS!

Bugun Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazida faxriy va nuroniylar uchun tashkil etilgan tadbirda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati taqdimot qilinib, xayriya konsert dasturi namoyish etildi.

Keksalarimizga Toshkent shahar adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

19/04/2022

Биринчи миллий рухдаги Давлат хизматлари маркази

Aziz hamshaharlar va yurtimiz mehmonlari!2022-yil 18-aprel kuni soat 15:00 da Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi...
16/04/2022

Aziz hamshaharlar va yurtimiz mehmonlari!

2022-yil 18-aprel kuni soat 15:00 da Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi yangi binosining tantanali ochilish marosimida aziz mehmonimiz bo‘lishga taklif etamiz!

🏢Zamonaviy qiyofaga ega bo‘lgan ushbu bino davlat xizmatlarini ko‘rsatishda avvalo xalqimizga, shu jumladan xorijiy mehmonlarga ham xush yoqishi bilan bir qatorda poytaxtimiz jozibasiga yanada ko‘rk bag‘ishlaydi degan umiddamiz.

📍Manzil: Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, “Yangi tarnov” MFY.
Mo‘ljal: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Akademik litseyi yonida.

  Davlat xizmatlari agentligida har oyda tashkil etiladigan navbatdagi “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati” kuni kecha ahol...
12/04/2022




Davlat xizmatlari agentligida har oyda tashkil etiladigan navbatdagi “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati” kuni kecha aholi foydalanishiga topshirilgan Yakkasaroy tumani Davlat xizmatlari markazida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, sohadagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mavjud muammolarni aniqlash, ularni muhokama qilish va bartaraf etish yuzasidan monitoring ishlarini olib borishdan boshlandi.

Tadbirda xodimlar tomonidan Davlat xizmatlari ko'rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar va g'oyalar bo'yicha mulohaza almashinildi.

Shu bilan birga, Ma'naviyat burchagini shakllantirish bo'yicha tavsiyaviy ahamiyatga ega kitoblar ro'yxati tuzildi, xodimlar tomonidan o'qigan kitoblarlardan olgan taassurotlari bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Bundan tashqari, xodimlar o'rtasida Buyuk sarkarda Amir Temur hamda Temuriylar davridagi ilm-fan, ma'rifat, ma'naviyat, madaniyatining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi o'rni va Temuriylar tarixiga oid ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Shahodat Isaxonovaning Sohibqiron Amir Temurning zavjalari Bibixonimning baxtu fojealarga to'la hayoti jonli, yorqin, badiiy, tarixiy bo'yoqlarda tasvirlangan "Bibixonim" romani muhokamasi bo'lib otdi.

Keyingi “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati”da muloqot o`tkazilishi rejalashtirilgan kitoblar bo'yicha xodimlar o'rtasida kelishib olindi.

07/04/2022

Zamonaviy qiyofaga ega bo‘lgan Yakkasaroy tumani Davlat xizmatlari markazi

Aziz hamshaharlar va yurtimiz mehmonlari!🗓⏰Sizlarni, 2022-yil 6-aprel kuni soat 15:00 da Yakkasaroy tumani Davlat xizmat...
05/04/2022

Aziz hamshaharlar va yurtimiz mehmonlari!

🗓⏰Sizlarni, 2022-yil 6-aprel kuni soat 15:00 da Yakkasaroy tumani Davlat xizmatlari markazi yangi zamonaviy binosining tantanali ochilish marosimida aziz mehmonimiz boʻlishga taklif etamiz.

🏢Zamonaviy qiyofaga ega boʻlgan ushbu bino davlat xizmatlari koʻrsatishda avvalo xalqimizga, shu jumladan xorijiy mehmonlarga ham xush yoqishi bilan bir qatorda poytaxtimiz jozibasiga yanada koʻrk bagʻishlaydi degan umiddamiz.

📍Manzil: Yakkasaroy tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, “Armug‘on” MFY.

Moʻljal: Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti.

 #СўровAzizlar! Sizning fikringiz biz uchun muhim. Eslatib o‘tamiz, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasini yanada...
28/03/2022

#Сўров

Azizlar! Sizning fikringiz biz uchun muhim.

Eslatib o‘tamiz, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasini yanada takomillashtirish maqsadida navbatdagi onlayn so‘rov o‘tkazilmoqda.
Barchani so‘rovdan o‘tib, davlat xizmatlari sohasini yanada yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishga chorlaymiz.

✅SO‘ROVDAN O‘TISH

Фикр-мулоҳазаларингизни интизорлик билан кутамиз. Улар бизга янада яхши бўлишга ёрдам беради!

"Taraqqiyot strategiyasi" loyihasi faollari taqdirlandiXabaringiz bor, 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekis...
25/03/2022

"Taraqqiyot strategiyasi" loyihasi faollari taqdirlandi

Xabaringiz bor, 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Unda Elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish, davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali ko‘rsatishni kengaytirish, keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish kabi qator takliflar ilgari surilgan.

Bugun “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Taraqqiyot strategiyasi loyihasining faol ishtirokchilarini taqdirlashga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Unda mahalliy Kengashlar deputatlari, davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda bir guruh faollar ishtirok etdilar.

Ushbu faollar qatorida Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Abdullayev ham e’tirof etildi.

Tadbir yakunida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov tomonidan ushbu hujjat tom ma’noda xalq fikri va takliflari asosida shakllangan xalqchil hujjat ekanligi e’tirof etilib, Markaz ekspert va mutaxassislari tomonidan fuqarolarning bildirilgan barcha takliflari, xususan bu yilgi Davlat dasturiga kiritilmagan takliflar, kelgusida, albatta davlat ahamiyatidagi dastur va strategiyalar ishlab chiqilishida, ayniqsa hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda foydalanish uchun sohalar kesimida taqsimlanib, tegishli vazirlik va idoralarga yetkazilayotganligini ma’lum qildi.

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga! Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida...
24/03/2022

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga!

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy koʻp qavatli noturar joy bino-inshootini qurish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi.

batafsil 👇

- https://minjust.uz/uz/press-center/announcement/103417/
- https://minjust.uz/uz/press-center/announcement/103415/
- https://minjust.uz/uz/press-center/announcement/103414/
- https://minjust.uz/uz/press-center/announcement/103413/
- https://minjust.uz/uz/press-center/announcement/103412/
- https://minjust.uz/uz/press-center/announcement/103411/

Maʼlumot uchun: (88) 008-50-59

📣📣 Bugun, 17-mart kuni AOKAda adliya sohasida kutilayotgan o‘zgarish va yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘t...
17/03/2022

📣📣 Bugun, 17-mart kuni AOKAda adliya sohasida kutilayotgan o‘zgarish va yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbirda Adliya vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirok etadi.

Vaqti: 16:00

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

✏️ Savollarni ga jo‘natishingiz mumkin.

Address

пр. Амира Темура 14
Tashkent
100047

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 17:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi:

Share