Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi, Government Building, г. Ташкент, Шайхантахурский район, массив Хадра, Улица А. Навои, 16Б, Tashkent.

07/05/2026



🗓 Eslatma ❗️ 2026-yil 7-may

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni.
👉Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi
👉20.11.2024-yildagi 3577 raqamli nizomning 6-bandi
_____


🗓 Напоминаем❗️ 7 мая 2026 года последний день

- уплаты налога на доходы физических лиц и
обязательных взносов на ИНПС с доходов,
выплаченных в натуральной форме.
👉ч.2 ст.390 Налогового кодекса
👉п.6 Положения, рег. № 3577 от 20.11.2024 г.

07/05/2026
07/05/2026

📸 KUN FOTOSI

Soliqchi tomonidan karyer faoliyati o‘rganilmoqda

“Tekshiruvdan – servisga” tamoyili doirasida soliq organi xodimi tadbirkorlik subyekti faoliyat manziliga borib, yer qa’ridan qazib olingan foydali qazilmalar hajmini soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar bermoqda.

06/05/2026



Samarqand — tarix nafas olayotgan shahar

Joriy yilning 2–3-may kunlari Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi jamoasi qadim va navqiron Samarqand shahriga sayohat qildi.

Bu oddiy tashrif emas, balki tarix bilan yuzma-yuz uchrashuv, madaniyatdan ruh olish, buyuk ajdodlar merosini yana bir bor his etish imkoniyati bo‘ldi.

Samarqand — O‘zbekistonning eng qadimiy va betakror shaharlaridan biri. Ayniqsa, Temuriylar davrida bu zamin ilm-fan, me’morchilik, san’at va madaniyat markaziga aylanib, butun dunyo tamadduniga o‘z nurini taratgan.

Inspeksiya jamoasi Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi va boshqa tarixiy maskanlarda bo‘lib, har bir obidada xalqimizning buyuk o‘tmishi, yuksak tafakkuri va bunyodkorlik salohiyatini his etdi.

Bunday sayohatlar nafaqat madaniy hordiq, balki jamoani yanada yaqinlashtiradigan, qalbda faxr va ilhom uyg‘otadigan unutilmas lahzalardir.

26/04/2026



Qarmoq qoʻygan — oʻzi ilindi: qonun aylanma yoʻlni tan olmaydi

Hayotda shunday “ziyraklar” ham borki, ular qonunni chetlab oʻtishni emas, balki uni “aylanib oʻtishni” sanʼat darajasiga chiqarmoqchi boʻladi. Ammo qonun — aylana yoʻl emas, u doira: qaysi tomondan yurmang, oxiri baribir oʻzingizga qaytib keladi.

Soliq mobil ilovasi — adolatga eltuvchi qulay koʻprik. U orqali har bir fuqaro qonunbuzilishni bildirib, jamiyatda tartib va shaffoflikni mustahkamlashga hissa qoʻshishi mumkin. Lekin, afsuski, ayrimlar bu imkoniyatni “oson daromad” manbai deb tushunib, rost bilan yolgʻonni aralashtirib yuborishmoqda.

Jizzax shahridagi fuqaro A.X. ham ana shunday “faollar”dan biri boʻlib chiqdi. U savdo nuqtalariga kirib, chek berilmadi, qonun buzildi deya ketma-ket murojaatlar yozavergan. Shunchalik koʻpki, hatto soliqchida ham “bu yerda nimadir notoʻgʻri” degan his paydo boʻlgan.

Soliq idorasi xodimi uni hurmat bilan chaqirib, “faollik ham meʼyor bilan goʻzal” deb tushuntirgan. Ammo bizning “qahramon” buni boshqacha tushunibdi: murojaatni kamaytirish uchun “kichikgina ragʻbat” — 10 million soʻmlik telefon soʻragan.

Mana shu yerda hayotning yumori boshlanadi: u boshqalarni “qarmoqqa ilintirmoqchi” edi, ammo oʻzi ilon deb oʻylagan narsa qarmoq boʻlib chiqdi. Soliqchi vaziyatni toʻgʻri baholab, tegishli idoralarga xabar berdi. Va “murojaat ustasi” Jizzax shahar IIB hamda Soliq boshqarmasi komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida pora olayotgan paytida qoʻlga tushdi.

Biz koʻpincha davlat xizmatchisi pora olsa, qattiq norozilik bildiramiz — bu toʻgʻri. Ammo fuqaro pora talab qilsa-chi? Bu ham oʻsha tanganing ikkinchi tomoni emasmi? Adolat — bir tomonlama emas, u ikki tarafga ham bir xil qaraydi.

Xulosa oddiy, lekin oʻylantiradi: qonunni aldashga urinish — xuddi soyadan qochishdek. Qancha tez yugurmang, u sizdan uzoqlashmaydi. Balki toʻxtab, yuzma-yuz qarashgan maʼquldir. Shunda ham kulgudan, ham xulosadan nasibador boʻlamiz.

Ogoh boʻling odamlar!!!

26/04/2026



Qurilish materiallariga tegishli umumiy MXIKlardan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi

Avval xabar berilganidek, Soliq qo‘mitasi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari hamkorlikda Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi va “Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasidagi umumiy nomdagi qurilish materiallariga tegishli MXIKlar o‘rganib chiqildi.

Birinchi bosqichda, bugungi k***a EHF rasmiylashtirishda foydalanilayotgan qurilish materiallariga biriktirilgan umumiy nomdagi jami 423 ta kodlar ajratib olinib, joriy yilning 1-iyulidan boshlab foydalanishga cheklov o‘rnatiladi.
👉Ro'yxat

Shu bois, Ro‘yxatda keltirilgan faol holatdagi qurilish materiallari kodlarini tegishliligiga ko‘ra boshqa detallashtirilgan MXIKlarga o‘zgartirish tavsiya etiladi.

Tadbirkorlar o‘z mahsulotlari uchun aniq MXIKni belgilash yoki yangi MXIK yaratish maqsadida https://mkinfo.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinet orqali elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda, so‘rov oynasida tegishli maydonlarni to‘ldirib, elektron murojaat yuborishlari mumkin.

Yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha savollar tug‘ilgan taqdirda, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan ishchi guruhga Telegram https://t.me/mkinfo_support yoki quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
☎️ +998 71 210-11-04 (ichki 6005, 6006, 6007)
___________
#ИКПУ

Использование общих ИКПУ строительных материалов будет поэтапно ограничено

Как сообщалось ранее, специалисты Налогового комитета и Министерства строительства и жилищно-коммунального хозяйства совместно изучили общие ИКПУ строительных материалов в Едином электронном национальном каталоге продукции (товаров и услуг) и на электронной платформе «Национальный классификатор строительных материалов».

На первом этапе из кодов строительных материалов, используемых в настоящее время при оформлении электронных счетов-фактур, выделены 423 кода с общими наименованиями. С 1 июля текущего года их использование будет ограничено.
👉Перечень

В связи с этим рекомендуется заменить действующие общие коды строительных материалов, указанные в перечне, на детализированные ИКПУ.

Предприниматели для уточнения конкретного ИКПУ своей продукции либо для создания нового ИКПУ могут направить электронное обращение через личный кабинет на платформе https://mkinfo.uz/ с использованием ЭЦП, заполнив соответствующие поля в окне запроса.

Если у вас возникают вопросы, связанные с вышеуказанным порядком, можете обратиться в рабочую группу, созданную при Министерстве строительства и жилищно-коммунального хозяйства в Telegram https://t.me/mkinfo_support
или по следующим телефонным номерам:
☎️ (+998) 71 210-11-04 (внутр. 6005, 6006, 6007)

26/04/2026



2,1 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari yuqori barqarorlik reytingiga erishdi

O‘zbekistonda 2026-yil 24-aprel holatiga ko'ra:
🔹2,1 ming nafar tadbirkor - yuqori barqarorlik reytingida. Shundan, ААА - 335;
🔹64,4 ming nafar - o‘rta;
🔹226,2 ming nafar - qoniqarli;
🔹294,7 ming nafar - quyi reytingda.

Barqarorlik reytingi joriy etilgandan boshlab yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 1,3 barobar oshdi.

Yuqori reytingdagi tadbirkorlar qaysi sohalarda faoliyat yuritishmoqda?

▫️Savdo - 690 nafar;
▫️Xizmat ko'rsatish - 654 nafar;
▫️Sanoat - 506 nafar;
▫️Qishloq xo'jalik - 106 nafar;
▫️Qurilish - 59 nafar.

Qaysi hududlarda yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni ko'proq?

📍Toshkent shahri - 709 nafar;
📍Toshkent viloyati - 258 nafar;
📍Samarqand viloyati - 180 nafar;
📍Farg'ona viloyati - 152 nafar.
______


Почти 2,1 тысяч предпринимателей достигли высокого рейтинга устойчивости

По состоянию на 24 апреля 2026 года в Узбекистане:
🔹2,1 тысячи предпринимателей - с высоким рейтингом устойчивости. Из них ААА - 335;
🔹64,4 тысячи - со средним рейтингом;
🔹226,2 тысячи - с удовлетворительным рейтингом;
🔹294,7 тысячи - с низким рейтингом.

С момента внедрения рейтинга устойчивости количество предпринимателей с высоким рейтингом выросло в 1,3 раза.

В каких сферах осуществляют деятельность предприниматели с высоким рейтингом?

▫️Торговля - 690 предприятий;
▫️Оказание услуг - 654 предприятия;
▫️Промышленность - 506 предприятий;
▫️Сельское хозяйство - 106 предприятий;
▫️Строительство – 59 предприятий.

В каких регионах больше всего предпринимателей с высоким рейтингом?

📍Город Ташкент - 709 предприятий;
📍Ташкентская область - 258 предприятий;
📍Самаркандская область - 180 предприятий;
📍Ферганская область - 152 предприятия.

Address

г. Ташкент, Шайхантахурский район, массив Хадра, Улица А. Навои, 16Б
Tashkent
1000000

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share