21/03/2014
Assalom alaykum hurmatli yurtimiz ahli,universitetimiz talabalari va o'zbekman deb baralla ayta oladigan do'stlarimiz!
Hudoga ming bor shukurki yana bir bor go'zal bayram bo'lmish, "Navro'z" bayramini sog'lik-salomatlikda va hursandchilikda nishonlash arafasidamiz.
Shu fayzli, shodiyona kunlarda har qanday gina va arazlar, nizo va adovatlar unutilib, yurtdoshlarimiz Navro‘z ne’matlarini, bayram quvonchini yaqinlari, yoru birodarlari bilan baham ko‘rishni istaydi.
Biz, CanDid Actions jamoasi ham shu fursatdan foydalanib, sizlarga ozgina bulasa ham tabassum ulash ilinjida, samimiy tilaklar tilamoqchimiz.
Sizlarga Olloxdan uzoq umr, sihat-salomatlik, oilangizga baxt, qalbingizga iymon va yurtimizga tinchlik tilaymiz.
Bu yangi yildan boshlab har bir insonning tilaklari ushalsin iloyim.
Congratulations)))
Hurmat ila
CanDid Actions jamoasi
Reviewed by Abdumalik Abdullaev