Respublika tez tibbiy yordam markazi - Republic Ambulance Center

Respublika tez tibbiy yordam markazi - Republic Ambulance Center Respublika tez tibbiy yordam markazi faoliyati hamda olib borilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumotlar

02/06/2026

| 02.06.2026

“Oltin soat”: hayot uchun kurashda hal qiluvchi vaqt

On behalf of the Republican Ambulance Center under the Ministry of Health of the Republic of Uzbekistan, I would like to...
01/06/2026

On behalf of the Republican Ambulance Center under the Ministry of Health of the Republic of Uzbekistan, I would like to express my sincere gratitude to Professor D**g Min Shin, Head of the ODA Project Team of the Department of Paramedicine at Korea National University of Transportation, for the official invitation and warm hospitality extended during our visit to the Republic of Korea.

This visit provided a valuable opportunity to gain a comprehensive understanding of the Korean Emergency Medical Services (EMS) system and its education and training framework. During our visit from June 20 to June 23, 2026, we attended the International Fire & Safety Expo and had the opportunity to observe and better understand key components of the Korean Emergency Medical Services (EMS) system, including cardiac arrest response, triage, patient assessment, the Medical Direction System, and quality assurance and quality improvement (QA/QI) processes.

We also held productive discussions with the Korea National University of Transportation regarding the future career development of graduates from the Department of Paramedicine at Andijan State Medical Institute (ASMI). Through these discussions, we explored employment opportunities for ASMI Paramedicine graduates within regional ambulance centers and emergency medical institutions beginning in 2026. Furthermore, we confirmed that outstanding graduates who meet the required qualifications and competency standards may also have opportunities for employment in the Republic of Korea, providing valuable prospects for international professional development.

In addition, both institutions agreed to strengthen cooperation in a variety of areas, including joint research, curriculum development, faculty and student exchange programs, and international development cooperation projects. We also reached a mutual understanding regarding the need to establish a Department of Paramedicine in Tashkent to further support the development of the national emergency medical workforce.

This visit represents an important milestone in advancing cooperation between Uzbekistan and the Republic of Korea in the field of emergency medical services. The Korean EMS model offers valuable experience and best practices that can contribute significantly to the modernization of Uzbekistan’s emergency healthcare system. We look forward to further expanding our partnership through human resource development, technology exchange, collaborative research, and future ODA initiatives.

Abduvoitjon Huseynovich Gafurov
Director
Republican Ambulance Center
Ministry of Health of the Republic of Uzbekistan

👼 Farzand – inson umrining mazmuni. Bolalar esa insoniyat hayotining mohiyati. Ular borligi uchun tamaddun charxpalagi h...
01/06/2026

👼 Farzand – inson umrining mazmuni. Bolalar esa insoniyat hayotining mohiyati. Ular borligi uchun tamaddun charxpalagi hamon aylanib turibdi.

👩‍👩‍👦 Koʻzimiz quvonchi, ertamiz egasi boʻlgan bolajonlarni asrab-avaylash, komil inson etib tarbiyalash har bir ota-ona va oilaning burchi, har bir davlat taraqqiyotini belgilovchi eng muhim omil sanaladi.

🤱 Bola tabassumi – olam bezagi. Ayniqsa, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida sayyoramiz bolajonlarning samimiy va begʻubor kulgusi bilan yanada yasharib ketadi.

Ushbu xalqaro bayram 1925-yilda Jenevada boʻlib oʻtgan hamda bolalar farovonligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan umumjahon konferensiyasida ilk bor eʼlon qilingan.

BMT tashkil etilgach bolalar huquqlarini himoya qilish tashkilot faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilandi va 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanishi yanada ommalashdi.

🏥 Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasi yurtimizning barcha bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan muborakbod etadi.

✏️ Aziz bolajonlar, bayramingiz muborak boʻlsin! Dunyodagi eng goʻzal narsalar sizlar uchun boʻlsin. Hayotingiz ertakdek goʻzal va quvonchli oʻtsin!

Respublika tez tibbiy yordam markazi jamoasi

Bayram kunlarida ham xalq tinchligi va salomatligi yoʻlida xizmat toʻxtamaydiRespublika tez tibbiy yordam markazi Toshke...
29/05/2026

Bayram kunlarida ham xalq tinchligi va salomatligi yoʻlida xizmat toʻxtamaydi

Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali xodimlari kechayu-kunduz, dam olishsiz, yuksak masʼuliyat bilan oʻz vazifasini ado etmoqda.

Dispetcherlik xizmati, tez yordam brigadalari va sanitar avtotransportlar har bir chaqiruvqa tayyor holatda ish olib bormoqda. Chunki tez tibbiy yordamda har bir daqiqa — inson hayoti, har bir chaqiruv — taqdir bilan bogʻliq.

Bayram ayyomida ham tizimning asosiy maqsadi bitta: aholiga tezkor, uzluksiz va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishdir.

🚑 Bayram munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlarida “103” xizmati ham odatiy ish faoliyatini davom ettiradi. Xususan, Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali 22 ta hududiy stansiyasi, 238 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholi hamda yurtimiz mehmonlaridan boʻladigan chaqiruvlar uchun doimiy shay holda.

Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali direktori Tursunpulat Axtamov boshchiligida maʼmuriyat xodimlari bayram va dam olish kunlarida viloyat miqyosida tez tibbiy yordam xizmatining uzluksiz hamda sifatli tashkil etilishini nazorat qilib, xodimlarga kerakli koʻrsatmalarni berishdi.

🇺🇿🇰🇷 Joriy yilning 20-23-may kunlarida Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov boshchiligidag...
28/05/2026

🇺🇿🇰🇷 Joriy yilning 20-23-may kunlarida Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov boshchiligidagi delegatsiyasi Tegu shahrida oʻtkazilgan Xalqaro yongʻin va jamoat xavfsizligi koʻrgazmasi doirasida Koreya Respublikasida rasmiy amaliy tashrif bilan boʻldi.

Tashrif davomida Oʻzbekiston vakillari Koreyaning tez va shoshilinch tibbiy yordam, sanitar aviatsiya, yongʻin xavfsizligi, tibbiy transport va raqamli boshqaruv texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi tashkilot va kompaniyalari bilan qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi.

Oʻzbekistonda tez tibbiy yordam tizimini modernizatsiya qilish, zamonaviy standartlarini joriy etish, sanitar aviatsiyani rivojlantirish, dispetcherlik xizmatlarini takomillashtirish va aholiga shifoxonagacha boʻlgan bosqichda yordam koʻrsatish sifatini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

"Korea Aerospace Industries" (KAI) kompaniyasi bilan muzokaralar doirasida ogʻir bemorlarni tashish, tibbiy evakuatsiya qilish, shuningdek, mamlakatning chekka va borish qiyin boʻlgan hududlari aholisiga yordam koʻrsatish uchun zamonaviy sanitar vertolyotlardan foydalanish imkoniyatlari oʻrganildi.

"Autech Corporation" rahbariyati bilan uchrashuvda tez tibbiy yordam avtomobillarini yetkazib berish va modernizatsiya qilish, ixtisoslashtirilgan uskunalar bilan jihozlash hamda tibbiy transportni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida Respublika tez tibbiy yordam markazi va "Autech Corporation" kompaniyasi oʻrtasida zamonaviy tez tibbiy yordam tizimi va tibbiy transportni takomillashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

"MESKOREA" kompaniyasi vakillari bilan tibbiyot kadrlarini tayyorlash, zamonaviy oʻquv dasturlarini joriy etish, tez tibbiy yordam xizmatlarini innovatsion uskunalar bilan jihozlash va mutaxassislarni xalqaro standartlar boʻyicha oʻqitishni tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Respublika tez tibbiy yordam markazi va Koreya Respublikasi Xavfsizlik siyosati tadqiqotlari instituti oʻrtasida tez tibbiy yordam xizmati va jamoat xavfsizligi sohasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Shuningdek, delegatsiya Pusan shahridagi "119" favqulodda xizmatining faoliyati, chaqiruvlarni qabul qilish, saralash va taqsimlashning zamonaviy raqamli tizimlari, favqulodda xizmatlar ishini muvofiqlashtirish, favqulodda vaziyatlarda GPS-trekerlar, dronlar va raqamli kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan tanishdi.

Tashrif yakunida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va Oʻzbekiston Respublikasi tez tibbiy yordam tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Aziz vatandoshlar!Respublika tez tibbiy yordam markazi nomidan barchangizni butun xalqimizni ulugʻ va moʻtabar ayyom – Q...
26/05/2026

Aziz vatandoshlar!

Respublika tez tibbiy yordam markazi nomidan barchangizni butun xalqimizni ulugʻ va moʻtabar ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu muqaddas ayyomda sizlarga, butun el-yurtimizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat tilayman.

Barcha pok niyatlaringiz ijobat boʻlishini, Yaratganning oʻzi yurtimizni turli balo-qazolardan asrashini, birdamlik, doʻstlik va ahillik tuygʻularingizni yanada ziyoda boʻlishini soʻrab qolaman.

Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka hech qachon arimasin!

Ezgu intilish va ishlarimizda Alloh taolo hamisha madadkor boʻlsin!

Abduvoitjon Gafurov
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori

Joriy yilning 25-mayida Poytaxtimizning Olmazor tumani “Islomota” mahallasida joylashgan 20-oilaviy poliklinika kapital ...
26/05/2026

Joriy yilning 25-mayida Poytaxtimizning Olmazor tumani “Islomota” mahallasida joylashgan 20-oilaviy poliklinika kapital taʻmirdan soʻng zamonaviy qiyofada faoliyat boshladi.

Tibbiyot maskani yettita mahalla, yaʼni 46 000 aholisiga sifatli va qulay tibbiy xizmat koʻrsatadi.

Ushbu binoning 1-qavatida Olmazor tumani tez tibbiy yordam xizmatining 2-son boʻlimi joylashtirildi. Bu hududda tez tibbiy yordam koʻrsatish tezkorligini yanada yaxshilashga xizmat qilishidan darkor.

Ochilish marosimida Toshkent shahar hokimligi, Olmazor tumani hokimligi, mutasaddi tashkilotlar vakillari, deputatlar, shu jumladan, Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori A. Gafurov hamda Toshkent shahar filiali masʼullari, shuningdek, mahalla aholisi va jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbir davomida yangi ish sharoitlari va aholiga yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirildi.

Mazkur loyiha aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiyot tizimini rivojlantirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biridir.

Joriy yilning 18-20-may kunlari Toshkent shahrida sogʻliqni saqlashni boshqarish boʻyicha yangi magistrlik dasturi boʻyi...
22/05/2026

Joriy yilning 18-20-may kunlari Toshkent shahrida sogʻliqni saqlashni boshqarish boʻyicha yangi magistrlik dasturi boʻyicha trening boʻlib oʻtdi.

Trening Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH vakolatxonasi tomonidan Xalqaro Vestminster universiteti, EMU Universiteti va Central Asia University ishtirokida tashkil etildi.

Treningda Respublika tez tibbiy yordam markazi vakillari A. Akalayeva va B. Durmanov ishtirok etdi.

Vakillarimiz sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish va isloh qilish, moliyalashtirish, samaradorlik va sohani rivojlantirish boʻyicha oʻqitildi.

Trening yakunida tashkilotchilar tomonidan tegishli sertifikatlar taqdim etildi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdiJoriy yilning 14-may kun...
15/05/2026

Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi

Joriy yilning 14-may kuni Toshkent shahrida «Oʻzbekiston respublikasida sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish sharoitida oliy hamshiralik taʻlimini rivojlantirish va transformatsiya qilish: tayyorlashning yangi modellari, professional kompetensiyalar, raqamlashtirish va hamshiraning roli» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur konferensiyada Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlari ishtirok etdi.

Ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi - oliy hamshiralik taʻlimini rivojlantirish va transformatsiya qilish boʻyicha yagona, tizimli va zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda sogʻliqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish sharoitida samarali faoliyat yurita oladigan zamonaviy kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.

Tadbirda hamshiralik taʻlimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilish, zamonaviy kasbiy va klinik kompetensiyalarni shakllantirish masalalarini kompleks koʻrib chiqish, taʻlim jarayoniga innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish, hamshiralarning sogʻliqni saqlash tizimidagi rolini kuchaytirish, litsenziyalash hamda professional faoliyatni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, uzluksiz kasbiy rivojlanish va yetakchilik salohiyatini oshirish kabi masalalar koʻrib chiqildi.

Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Hamshiralar akademiyasi davlat muassasi tomonidan tashkil etilgan.

Address

Qashg‘ar K. , 17 “A”
Tashkent
100015

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Respublika tez tibbiy yordam markazi - Republic Ambulance Center posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Respublika tez tibbiy yordam markazi - Republic Ambulance Center:

Share