04/06/2026
📍Toshkent viloyatida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.
Onlayn formatda tashkil etilgan uchrashuvda sohada uchrayotgan amaliy masalalar, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar va ish jarayonlaridagi ayrim to‘siqlar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, qurilish hujjatlarini kelishish, muhandislik tarmoqlariga ulanish, loyiha ishlarini muvofiqlashtirish, ko‘p qavatli uy-joylar bilan bog‘liq jarayonlar hamda kommunal xizmatlar sohasidagi qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Mutasaddilar tomonidan har bir masala yuzasidan izoh va tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan ayrim muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.