АО "Uzkimyosanoat"

  • Home
  • АО "Uzkimyosanoat"

АО "Uzkimyosanoat" «O'zkimyosanoat» AJ — kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona komil korporativ tizimdir.

Химическая промышленность входит в число базовых отраслей экономики Узбекистана и формировалась, исходя из потребностей интенсификации сельскохозяйственного производства, путем создания предприятий по производству минеральных удобрений.

История химической промышленности Республики начинается с пуском Шурсуйского серного рудника в 1932 году.

В 1940 году начало давать продукцию самое крупное предп

риятие химической промышленности — Чирчикский электрохимический комбинат, ныне АО «Максам-Чирчик».

В 1962 году был пущен в эксплуатацию Ферганский завод азотных удобрений, ныне АО «Ферганаазот».

В 1964 году начал давать продукцию Навоийский химический комбинат, ныне АО «Навоиазот».

В 1969 году начата эксплуатация Алмалыкского химического завода, ныне АО «Аммофос» и т.д..

В настоящее время акционерные общества: Чирчикское «Максам-Чирчик», «Навоиазот» и «Ферганаазот» — выпускают азотные удобрения: аммиачную селитру, карбамид и сульфат аммония. Открытые акционерные общества: алмалыкское «Аммофос», «Самаркандкимё» и «Кокандский суперфосфатный завод» производят фосфорсодержащие удобрения, аммофос, супрефос, простой аммонизированный суперфосфат, аммонийсульфофосфат и нитрокальцийфосфат. Их обеспечивает сырьем Кызылкумский фосфоритовый комбинат. СП-АО «Электрохимзавод» выпускает различные виды химических средств защиты растений.

Предприятия Компании можно разделить на следующие основные производственные комплексы по типу производимой продукции:

комплекс производств минеральных удобрений, неорганических веществ и химических реагентов для энергетической, золотодобывающей, химической промышленности;
комплекс производств органической химии, искусственных волокон, полимерных материалов;
производство химических средств защиты растений;
производство кальцинированной соды.
На предприятиях АО «Узкимёсаноат» вырабатывается более 170 наименований химической продукции.

“O‘ZKIMYOSANOAT” AJ RASMIY MUNOSABATIIjtimoiy tarmoqlarda mineral o‘g‘itlarni birja orqali sotib olishda qiyinchiliklar ...
19/06/2026

“O‘ZKIMYOSANOAT” AJ RASMIY MUNOSABATI

Ijtimoiy tarmoqlarda mineral o‘g‘itlarni birja orqali sotib olishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani, shuningdek, o‘g‘itlar sun’iy ravishda ushlab turilib, narxlarni oshirish maqsad qilingani haqida turli fikrlar tarqalmoqda. “O‘zkimyosanoat” AJ bu borada quyidagilarni ma’lum qiladi.

Bugungi k***a “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi 6 ta korxonada azotli, fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqariladi. 2026 yil uchun ishlab chiqarish prognozi 3,6 mln tonna rejalashtirilgan. Joriy yil yanvar-may oylarida 1,2 mln tonna mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilgan. Jumladan, 900 ming tonna azotli, 164 ming tonna fosforli va 144 ming tonna kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarildi.

Ishlab chiqarish jarayonlari tasdiqlangan ishlab chiqarish dasturlari asosida uzluksiz davom etmoqda. Mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini qisqartirish yoki mineral o‘g‘itlarni sun’iy ravishda omborlarda ushlab turish holatlari mavjud emas.

Joriy yil yanvar-iyun (19 iyun holatiga) oylarida 5,9 mln tonna mineral o‘g‘itlar birja savdolariga chiqarilib, 1,4 mln tonna amalda xarid qilindi.

Joriy yilning birgina iyun oyining bugungi sanasiga qadar 273,6 ming tonna azotli, 184,6 ming tonna fosforli hamda 6,0 ming tonna kaliyli o‘g‘it birja savdolariga chiqarilib, amalda 207 ming tonna azotli, 9,0 ming tonna fosforli hamda 5,9 ming tonna kaliyli o‘g‘it xarid qilindi.

Shuningdek, joriy yil 19 iyun holatiga korxonalarning hududlardagi 302 ta vakolatli (ijara) omborlari hamda texnologik omborlarida 177 ming tonna mineral o‘g‘itlar qoldig‘i mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati topshirig‘iga ko‘ra, 2025 yildan boshlab g‘alla va paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar uchun Tovar xom-ashyo birjasidagi alohida maxsus savdo maydonchasida mineral o‘g‘itlarni 10% gacha arzonlashtirilgan holda sotish tizimi joriy qilingan.

Bundan tashqari birjaning alohida savdo maydonchasida mineral o‘g‘itlar boshlang‘ich narxlari ko‘tarilib ketishining oldini olish maqsadida savdolarda boshlang‘ich narxga nisbatan o‘sish chegarasi (Limit Up) eng ko‘pi bilan 5 foiz etib belgilangan.

Shuni ham ta’kidlash joizki, mineral o‘g‘itlarning ishlatilishi mavsumiy xarakterga egaligi hisobiga talab va taklifdan kelib chiqib, ayrim paytlarda birja savdolarida muayyan turdagi mahsulotlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘ladi.

“O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan qishloq xo‘jaligining mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonlari doimiy nazoratga olingan.

“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati

⚙️ Kimyo sanoati korxonalari vakillari va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi🛡“O‘zkimyosanoat” AJ hamda Texn...
19/06/2026

⚙️ Kimyo sanoati korxonalari vakillari va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

🛡“O‘zkimyosanoat” AJ hamda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida kimyo sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

🛡 Tadbir davomida texnik jihatdan tartibga solish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

🛡Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–25-son Farmoniga muvofiq, tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, texnik jihatdan tartibga solish tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda sohada zamonaviy mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.

🔔Muloqot jarayonida eksport bozorlari talablariga mos standartlarni joriy etish, standartlashtirish tizimini yanada rivojlantirish, xalqaro standartlarni qabul qilish sur’atlarini oshirish, bozor nazoratini takomillashtirish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

🔐Shuningdek, kimyo sanoati yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan STQ 20 “Kimyo sanoati” texnik qo‘mitasining faoliyati, xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha istiqboldagi rejalar hamda korxonalarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak masalalari muhokama qilindi.

🛡Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi: tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi“O‘zkimyosanoat” AJ tizim korxonalarida O‘zbek...
19/06/2026

🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi: tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

“O‘zkimyosanoat” AJ tizim korxonalarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash hamda bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari raisligida o'tgan yig'ilishda tizim korxonalari rahbariyatlari, ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari, yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar, oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar, matbuot xizmati vakillari hamda kasaba uyushmalari raislari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Mustaqillik bayramini yuqori saviyada tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi, targ‘ibot ishlari hamda bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🇺🇿🇨🇳“O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislari Xitoyda sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro dasturda qatnashdi▶️ “O‘zkimyosanoat” A...
19/06/2026

🇺🇿🇨🇳“O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislari Xitoyda sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro dasturda qatnashdi

▶️ “O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislari Xitoyning Harbin Institute of Technology (Shenzhen) universitetida tashkil etilgan “Artificial Intelligence Empowering Sustainable Development” xalqaro o‘quv dasturida ishtirok etdi.

▶️ Dastur doirasida ishtirokchilar sun’iy intellekt texnologiyalari, AI-agentlar, raqamli transformatsiya hamda Smart Manufacturing yo‘nalishidagi zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.

▶️ O‘quv jarayonida BYD, Mindray, Dobot, BGI Group va Fengnong Holdings kabi Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalariga amaliy tashriflar tashkil etildi. Tashriflar davomida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, robotlashtirish, katta ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt asosidagi innovatsion yechimlarning amaliy qo‘llanilishi o‘rganildi.

▶️ Mazkur xalqaro dastur “O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislarining raqamli transformatsiya va sun’iy intellektni ishlab chiqarish hamda boshqaruv jarayonlariga joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashishiga xizmat qildi.

     📍 Toshkent xalqaro investitsiya forumi: kimyo sanoati investitsiyalar va innovatsiyalar markazida✅ 2026-yilning 16–...
16/06/2026



📍 Toshkent xalqaro investitsiya forumi: kimyo sanoati investitsiyalar va innovatsiyalar markazida

✅ 2026-yilning 16–18-iyun kunlari Toshkent shahrida mamlakatning asosiy investitsiya platformasi hamda Markaziy Osiyodagi eng nufuzli ishbilarmonlik maydonlaridan biri sanalgan Beshinchi yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtmoqda.

✅ Soʻnggi yillarda forum nafaqat global kapitalni jalb qilish mexanizmi, balki mintaqaning investitsiya kun tartibini belgilab beruvchi strategik muloqot maydoni sifatida ham xalqaro eʼtirofga sazovor boʻldi. Joriy yilgi tadbirda dunyoning 99 ta mamlakatidan 8 mingdan ortiq ishtirokchi, shu jumladan 3,1 ming nafardan ziyod xorijiy mehmon qatnashishi kutilmoqda.

◼️Forumda “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati kimyo sanoati salohiyati, investitsiya imkoniyatlari va tarmoqda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarini namoyon etuvchi keng koʻlamli ekspozitsiya bilan ishtirok etmoqda.

◼️Ekspozitsiya beshta tematik zonadan iborat boʻlib, unda tarmoqning iqtisodiyotning turli sohalari bilan integratsiyasi, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish zanjirlari, eksport salohiyati, ilm-fan va innovatsiyalar bilan hamkorlik hamda istiqbolli investitsiya loyihalari taqdim etilgan.

◼️Tadbirning birinchi kunidayoq mahalliy va xorijiy hamkorlar ishtirokida qator B2B va B2G formatdagi uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur muloqotlar yangi sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish, investitsiya loyihalarini muhokama qilish va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun muhim platforma vazifasini oʻtamoqda.

✅ Joriy yilgi forum doirasida ham “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan bir qator muhim investitsiya kelishuvlari va hamkorlik memorandumlarini imzolash rejalashtirilgan boʻlib, bu tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

16/06/2026

Kimyo sanoatida ilm-fan va startaplarning ahamiyati

16/06/2026


No comment

15/06/2026

🧪 Kimyo sanoatining ichki hayoti, muhandislik kasbining haqiqiy qiyofasi va yirik korxonalardagi imkoniyatlar — endi bitta loyihada!

“O‘zkimyosanoat“ AJ hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamkorligida yangi media loyiha — “KIMYOGAR MUHANDIS” dasturini taqdim etamiz.

🎥 Loyihaning ilk sonida yurtimizning yirik sanoat korxonalaridan biri — “Maxam-Chirchiq“ faoliyati bilan yaqindan tanishasiz. Korxonadagi:

-zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari
-muhandis va mutaxassislarning k***alik mehnati
-ishga qabul qilish tartiblari
-kasbiy rivojlanish imkoniyatlari
-muvaffaqiyat ortidagi haqiqiy hikoyalar sizni kutmoqda.

💥“KIMYOGAR MUHANDIS” — bu nafaqat korxonalar haqida, balki kimyo sanoatida o‘z kelajagini ko‘rayotgan yoshlar uchun ilhom va amaliy yo‘l-yo‘riq manbai ham.

🏭Birinchi manzil — “Maxam-Chirchiq“ AJ.

📺To‘liq videoni tomosha qiling: https://youtu.be/nuMo0dDsFPY?si=jmI6IEfzYTpZr0mK

🏃‍♀️ “Sport bilan baxtli hayot sari!” — kimyo sanoati xotin-qizlari sport maydonidaToshkent shahridagi Olimpiya shaharch...
15/06/2026

🏃‍♀️ “Sport bilan baxtli hayot sari!” — kimyo sanoati xotin-qizlari sport maydonida

Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Sport bilan baxtli hayot sari!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi” respublika bosqichiga start berildi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur sport tadbirining ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Sport vaziri Adham Ikramov sportchi va havaskor ayollar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli sport tadbirida “O‘zkimyosanoat” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Tadbir doirasida ishtirokchilar ommaviy badantarbiya mashqlarida qatnashib, “Besh ming qadam” yurish marafonida ham faol ishtirok etdilar.

Bunday sport tadbirlari nafaqat sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, balki xotin-qizlarning faolligi, intilishi va birdamligini namoyon etishga xizmat qilmoqda.

“Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi“O‘zkimyosanoat” AJ tizimi xodimlari o‘rtasida o‘tkazi...
15/06/2026

“Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

“O‘zkimyosanoat” AJ tizimi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

“Yilning eng faol yosh xodimi” nominatsiyasi g‘olibi:

1-o‘rin - Otabek Tursunboyev - “Maxam-Chirchiq” AJ yosh xodimi;
2-o‘rin - Farxod Erkinov - “Navoiyazot” AJ yosh xodimi;
3-o‘rin - Behruz Xayrilloyev - “Navoiyazot” AJ yosh xodimi.

Ishtirokchilar tanlov davomida kasbiy bilim va ko‘nikmalari, tashabbuskorligi, liderlik salohiyati hamda jamoatchilik faolligini namoyon etdilar.

Ko‘rik-tanlov yosh xodimlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tizimda iqtidorli kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

G‘olib va sovrindorlarni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Address

Shayxontohur Tumani, Alisher Navoiy Koʻchasi, 38-uy

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712007448

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when АО "Uzkimyosanoat" posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

  • Want your organization to be the top-listed Government Service?

Share