National Paralympic Committee of Uzbekistan

National Paralympic Committee of Uzbekistan O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo’mitasining Facebookdagi rasmiy sahifasi

Комитет является членом Международного паралимпийского комитета,Паралимпийского Комитета Азии и других международных спортивных организаций. Осуществляет деятельность по развитию паралимпийского спорта в Узбекистане.

O’zbekistonlik para taekvondochilar Rim-2026 Gran-prisi bellashuvlarida📷-Uzbek Para taekwondo athletes competing at the ...
05/06/2026

O’zbekistonlik para taekvondochilar Rim-2026 Gran-prisi bellashuvlarida📷
-
Uzbek Para taekwondo athletes competing at the Grand-Prix Roma-2026📷

Italiya poytaxti Rim shahrida tashkil etilgan G6 tasnifidagi xalqaro Gran-pri turnirida hamyurtlarimiz tomonidan 2 ta ol...
05/06/2026

Italiya poytaxti Rim shahrida tashkil etilgan G6 tasnifidagi xalqaro Gran-pri turnirida hamyurtlarimiz tomonidan 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari qo’lga kiritildi
-
At the G6-classified International Grand Prix tournament held in the Italian capital, Rome, our compatriots won 2 gold, 1 silver, and 1 bronze medal

Qudrat Muhammadiyev hamda Guljanoy Naimova Rim Gran-prisi g’olibiga aylanishdi, hisobimizda bittadan kumush va bronza me...
05/06/2026

Qudrat Muhammadiyev hamda Guljanoy Naimova Rim Gran-prisi g’olibiga aylanishdi, hisobimizda bittadan kumush va bronza medallari ham bor

Kecha Italiya poytaxti Rimda para taekvondo olamidagi nufuzli musobaqalardan biri — Rim xalqaro Gran-prisi o‘tkazildi. G6 tasnifidagi mazkur muhim reyting musobaqasida 14 nafar vakillarimiz ishtirok etishdi va ahamiyatlisi, bahslar yakunida para taekvondochilarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqib, umumjamoa hisobida musobaqa peshqadamiga aylanishdi.

🥇Oltin:

Qudrat Muhammadiyev (K44, 80 kg)
Guljanoy Naimova (K44, +65 kg).

🥈Kumush:

Asadbek Toshtemirov (K44, +80 kg).

🥉Bronza:

Zuxriddin Toxirov (K44, 63 kg).
-
Kudrat Mukhammadiev and Guljanoy Naimova crowned Rome Grand Prix champions, Uzbekistan Also Claims silver and bronze

Yesterday, one of the most prestigious events in the world of para taekwondo — the Rome International Grand Prix — was held in the Italian capital, Rome. Fourteen Uzbek athletes competed in this important G6-ranked tournament, and notably, our para taekwondo team finished the competition with 2 gold, 1 silver, and 1 bronze medal, securing first place in the overall team standings.

Los-Anjeles–2028 Paralimpiya o‘yinlari: taqvim va musobaqalar o‘tkaziladigan inshootlar e’lon qilindi2028-yilning 15–27-...
03/06/2026

Los-Anjeles–2028 Paralimpiya o‘yinlari: taqvim va musobaqalar o‘tkaziladigan inshootlar e’lon qilindi

2028-yilning 15–27-avgust kunlari AQSHning Los Anjeles shahri o’z tarixida ilk bor yozgi Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. LA28 tashkiliy qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan dasturga ko‘ra, musobaqalar 23 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi hamda jami 560 ta medallar jamlanmasi sohiblari aniqlanadi. Bu esa Paralimpiya o‘yinlari tarixidagi eng yirik dastur hisoblanadi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, musobaqalar davomida 1100 soatdan ortiq sport bellashuvlari o‘tkaziladi. Paralympic.uz sahifasi orqali barcha sport turlari bo’yicha ma’lumotnoma bilan tanishishingiz mumkin.

O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Anvar Avazxo‘jayev tavalludining 80 yilligi munosabati bil...
03/06/2026

O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Anvar Avazxo‘jayev tavalludining 80 yilligi munosabati bilan yubiley tadbiri tashkil etildi

Olimpiya va Paralimpiya Shon-shuhrati muzeyida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda ustoz ijodkorning milliy san’at, qolaversa, sportimiz rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, koʻp yillik samarali ijodi e’tirof etildi. Tantanali tadbirda Sport vazirligi, Milliy Paralimpiya va Olimpiya qo’mitalari rahbariyati, madaniyat va san’at namoyandalari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar Anvar Xodjimuratovichni ushbu qutlug’ sana munosabati bilan tabriklab, u kishining nafaqat mohir kinooperator, balki oʻz kasbiga sadoqatli ustoz va ko‘plab shogirdlar uchun ibrat maktabi bo‘lganini ta’kidladilar. Uning o‘zbek sporti arxiviga qo‘shgan munosib hissasi, sermahsul ijodiy faoliyati va insoniy fazilatlari iliq xotiralar bilan yodga olindi.

Osiyo chempionati va para Osiyo o’yinlariga saralash turnirini medallar shodasi bilan yakunlagan para taekvondochilarimi...
28/05/2026

Osiyo chempionati va para Osiyo o’yinlariga saralash turnirini medallar shodasi bilan yakunlagan para taekvondochilarimiz kutib olindi

21-26-may kunlari davomida Mo’g’ulistonning Ulan-Bator shahrida para taekvondo bo’yicha Osiyo chempionati va Aichi-Nagoya-2026 para Osiyo o’yinlariga saralash turniri bo’lib o’tdi. Unda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari ikki musobaqa yakunlariga ko’ra, 7 ta oltin, 9 ta kumush va 9 ta bronza, jami 25 ta medallar bilan yurtimizga qaytib kelishdi.

Bugun matonatli sportchilarimiz Vatanga qaytishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, OAV vakillari va keng jamoatchilik kutib oldi. Endi para taekvondochilarimizning keyingi starti Italiyaning Rim shahrida tashkil etiladigan xalqaro Gran-pri musobaqasiga to’g’ri keladi.
-
Uzbek para taekwondo athletes, who concluded the Asian Championship and the qualification tournament for the Para Asian Games with a shower of medals, were welcomed home

From May 21 to 26, the Asian Para Taekwondo Championship and the qualification tournament for the Aichi-Nagoya 2026 Para Asian Games were held in Ulaanbaatar, Mongolia. Members of the Uzbekistan national team achieved outstanding results across the two competitions, returning home with a total of 25 medals – 7 gold, 9 silver, and 9 bronze.

Today, our determined athletes arrived back in the homeland. They were welcomed at Islam Karimov Tashkent International Airport by officials of the National Paralympic Committee of Uzbekistan, media representatives, and members of the public. The para taekwondo team’s next competition will be the international Grand Prix tournament set to take place in Rome, Italy.

Para Osiyo o‘yinlariga saralash turnirida 11 ta medal qo‘lga kiritildiKecha Ulan-Bator shahrida (Mo‘g‘uliston) para taek...
27/05/2026

Para Osiyo o‘yinlariga saralash turnirida 11 ta medal qo‘lga kiritildi

Kecha Ulan-Bator shahrida (Mo‘g‘uliston) para taekvondo bo‘yicha Aichi-Nagoya-2026 para Osiyo o‘yinlariga litsenzion turnir tashkil etildi. Dunyoning 20 ta davlatidan 75 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etgan bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolari 5 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi.

🥇Oltin:

Qudratillo Sunnatov (-70 kg)
Umarjon Mo‘ydinov (+80 kg)
Umida Mamarajabova (-52 kg)
Karomat Qosimova (-65 kg)
Zulfiya Bikbulatova (+65 kg).

🥈Kumush:

Muhammadsodiq Usmonov (-58 kg)
Qudrat Haydarov (-63 kg)
Madina Musinova (-47 kg)
Karima Meliqo’ziyeva (-57 kg).

🥉Bronza:

Otabek Amatov (-80 kg)
Kamola Rasulova (-57 kg).
-
11 Medals Won at the Qualification Tournament for the Para Asian Games

Yesterday, a qualification tournament for the Aichi-Nagoya 2026 Para Asian Games in para taekwondo was held in Ulaanbaatar, Mongolia. Around 75 athletes from 20 countries competed in the event, where members of our national team achieved an impressive result by winning 5 gold, 4 silver, and 2 bronze medals.

O’zbekistonlik para taekvondochilar Ulan-Bator-2026 Osiyo chempionati bellashuvlarida📷-Uzbek Para taekwondo athletes com...
26/05/2026

O’zbekistonlik para taekvondochilar Ulan-Bator-2026 Osiyo chempionati bellashuvlarida📷
-
Uzbek Para taekwondo athletes competing at the Asian Championships Ulan-Bator-2026📷

Para taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatini kuchli uchlikda yakunladikMo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida para taekvond...
26/05/2026

Para taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatini kuchli uchlikda yakunladik

Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida para taekvondo bo‘yicha qit’a birinchiligi o‘tkazildi. Unda Osiyoning 18 ta mamlakatidan 100 dan ortiq para taekvondo ustalari o‘zaro bahs olib borishdi.

Musobaqada ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari yakunda 2 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 13 ta medallarga ega chiqdi.

🥇Oltin:

Asadbek Toshtemirov (+80 kg)
Guljanoy Naimova (+65 kg).

🥈Kumush:

Muhamadsodiq Usmonov (-58 kg)
Qizlarxon Isomiddinova (-47 kg)
Karomat Rustamova (-52 kg)
Roziya Ergasheva (-65 kg)
Zulfiya Bikbulatova (+65 kg).

🥉Bronza:

Fayozbek Valijonov (-58 kg)
Qudrat Haydarov (-63 kg)
Javohir Aliqulov (-70 kg)
Qudratillo Sunnatov (-70 kg)
Umida Mamarajabova (-52 kg)
Kamola Rasulova (-57 kg).

Terma jamoamiz musobaqani umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunlaganini ta’kidlash lozim.
-
Para Taekwondo Team Finishes Asian Championship Among Top Three

The Asian Para Taekwondo Championship was held in Ulaanbaatar, Mongolia. More than 100 para taekwondo athletes from 18 Asian countries competed in the tournament.

Members of our national team finished the competition with a total of 13 medals — 2 gold, 5 silver, and 6 bronze medals.

Rossiya Paralimpiya qo’mitasi tashkil etilganining 30-yilligiga bag’ishlangan tantanali tadbirlar o’tkazildi20–23-may ku...
25/05/2026

Rossiya Paralimpiya qo’mitasi tashkil etilganining 30-yilligiga bag’ishlangan tantanali tadbirlar o’tkazildi

20–23-may kunlari Moskva shahrida Rossiya Paralimpiya qo‘mitasining 30-yilligiga bag‘ishlangan, sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda 40 dan ortiq Milliy Paralimpiya qo‘mitalari va xalqaro sport tashkilotlari rahbarlari, xususan, Osiyo Paralimpiya qo’mitasi (APC) raisi Majid Rashid, AQSh Paralimpiya qo’mitasi Bosh kotibi Liliana Suares, O’zbekiston Milliy Paralimpiya qo’mitasi raisi o’rinbosari Hikmat Toshmatov ishtirok etdi.
-
Ceremonial events dedicated to the 30th anniversary of the Russian Paralympic Committee were held

On May 20–23, an international conference dedicated to the 30th anniversary of the Russian Paralympic Committee and focused on developing cooperation in the field of sports was held in Moscow.

The event brought together leaders of more than 40 National Paralympic Committees and international sports organizations, including Asian Paralympic Committee (APC) President Majid Rashed, Secretary General of the U.S. Paralympic Committee Liliana Suárez, and Deputy Chairman of the National Paralympic Committee of Uzbekistan Khikmat Toshmatov.

Address

Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00

Telephone

+998712391736

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when National Paralympic Committee of Uzbekistan posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to National Paralympic Committee of Uzbekistan:

Share