Yer qa'ridan foydalanish markazi DM

Yer qa'ridan foydalanish markazi DM Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Yer qa'ridan foydalanish markazi DM, Public & Government Service, Мирзо-Улугбекский район, Улица Olimlar 64A,, Oʻzbekiston, Tashkent.

Raqamlashtirish yo‘nalishida yangi ishlanmalar va amaliy yordam📚 O‘zbek va ingliz tillarida tez-tez ishlatiladigan ibora...
04/06/2026

Raqamlashtirish yo‘nalishida yangi ishlanmalar va amaliy yordam

📚 O‘zbek va ingliz tillarida tez-tez ishlatiladigan iboralarni o‘rganishga yordam beruvchi ish stoli vidjeti ishlab chiqildi.

📍 “Geomonitoring” axborot tizimining tajriba-sinov ekspluatatsiyasi davom etmoqda. Tizim muntazam ravishda takomillashtirilib, yangi imkoniyatlar qo‘shilmoqda hamda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

🤝 Shuningdek, tadbirkorlar va marksheyderlarga tizimdan foydalanish bo‘yicha maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi. 5-GR hisobotlarini topshirish tartibi yuzasidan o‘zbek va rus tillarida qisqa yo‘riqnomalar ishlab chiqildi.

✅ Foydalanuvchilar uchun yanada qulay va samarali xizmatlarni yaratish ustidagi ishlar davom etmoqda.

Новые разработки и практическая поддержка в сфере цифровизации

📚 Разработан виджет для рабочего стола, помогающий изучать наиболее употребляемые фразы на узбекском и английском языках.

📍 Продолжается опытная эксплуатация информационной системы «Геомониторинг». Система постоянно совершенствуется, внедряются новые возможности и устраняются выявленные недостатки.

🤝 Предпринимателям и маркшейдерам оказана консультационная и практическая помощь по использованию системы. Также подготовлены краткие инструкции на узбекском и русском языках по сдаче отчетов по форме 5-ГР.

✅ Работа по развитию цифровых сервисов и повышению удобства для пользователей продолжается.



Instagram (https://instagram.com/davgeolaxborotmarkazi_rasmiy?igshid=NGExMmI2YTkyZg==) Telegram (https://t.me/davgeolaxborotmarkazi) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61569618925834)

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt bo‘limi — "Yer qa'ridan foydalanish markazi" DMning raqamli r...
04/06/2026

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt bo‘limi — "Yer qa'ridan foydalanish markazi" DMning raqamli rivojlanishi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun mas’ul tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Bo‘lim tomonidan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari rivojlantiriladi, axborot xavfsizligi ta’minlanadi hamda sun’iy intellekt imkoniyatlarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

✅ Raqamli infratuzilmani rivojlantirish
✅ Axborot tizimlarini takomillashtirish
✅ Axborot xavfsizligini ta’minlash
✅ Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish

Отдел информационно-коммуникационных технологий и искусственного интеллекта — структурное подразделение ГУ "Центр пользования недрами", отвечающее за цифровое развитие и внедрение современных технологий в деятельность учреждения.

Специалисты отдела занимаются развитием информационных систем и баз данных, обеспечением информационной безопасности, а также внедрением решений на основе искусственного интеллекта.

✅ Развитие цифровой инфраструктуры
✅ Совершенствование информационных систем
✅ Обеспечение информационной безопасности
✅ Внедрение технологий искусственного интеллекта



Instagram (https://instagram.com/davgeolaxborotmarkazi_rasmiy?igshid=NGExMmI2YTkyZg==) Telegram (https://t.me/davgeolaxborotmarkazi) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61569618925834)

03/06/2026

Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyoti va qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim omilidir.

“Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasi tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish choralari hamda halollik va shaffoflik tamoyillarining ahamiyati yoritilgan.

Противодействие коррупции является важным условием обеспечения верховенства закона и устойчивого развития общества.

В данном видеоролике, подготовленном ГУ «Центр пользования недрами», освещены негативные последствия коррупции, меры по её предупреждению, а также значение принципов честности, прозрачности и справедливости.



Instagram (https://www.instagram.com/yerqaridanfoydalanishmarkazi_r?igsh=NDlwd2t5YjAyNGxq) Telegram (https://t.me/yerqaridanfoydalanishmarkazi) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61569618925834)

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi ishonch telefoni
+998 (95) 476-64-44

"Yer qa`ridan foydalanish markazi" DM ning yer qa`ri uchastkalaridan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar to`g`risid...
02/06/2026

"Yer qa`ridan foydalanish markazi" DM ning yer qa`ri uchastkalaridan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar to`g`risidagi infografika (2026-yil 1-maydan 1-iyun holatiga)

Инфографика о выданных разрешениях на пользование участками недр ГУ "Центр пользования недрами" (за период с 1 мая по 1 июня 2026 года)

Instagram (https://www.instagram.com/yerqaridanfoydalanishmarkazi_r?igsh=NDlwd2t5YjAyNGxq) Telegram (https://t.me/yerqaridanfoydalanishmarkazi) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61569618925834)

"Yer qa`ridan foydalanish markazi" DMning yer osti suvlariga burg`u qudug`i qazish uchun berilgan ruxsatnomalar to`g`ris...
02/06/2026

"Yer qa`ridan foydalanish markazi" DMning yer osti suvlariga burg`u qudug`i qazish uchun berilgan ruxsatnomalar to`g`risidagi infografika (2026-yil 1-iyun holatiga)

Инфографика о выданных разрешениях на бурение на подземные воды ГУ "Центр пользования недрами" (по состоянию на 1 июня 2026 года)

Instagram (https://instagram.com/davgeolaxborotmarkazi_rasmiy?igshid=NGExMmI2YTkyZg==) Telegram (https://t.me/davgeolaxborotmarkazi) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61569618925834)

Navoiy viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuvJoriy yilning 25-may kuni Navoiy viloyatida tadbirkorlar bilan sayyor qabu...
02/06/2026

Navoiy viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuv

Joriy yilning 25-may kuni Navoiy viloyatida tadbirkorlar bilan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutaxassislari B. Raximov va A. Namozov, shuningdek, "Yer qa’ridan foydalanish markazi" DM direktor o‘rinbosari J. Azimov hamda tegishli mutaxassislar va yer qa’ridan foydalanuvchilar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida rahbariyat tomonidan tadbirkorlarning talab va takliflari tinglanib, ularning murojaatlari yuzasidan tegishli tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

В Навоийской области состоялась встреча с предпринимателями

25 мая текущего года в Навоийской области состоялся выездной приём предпринимателей.

В мероприятии приняли участие специалисты Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Б. Рахимов и А. Намозов, а также заместитель директора ГУ «Центр пользования недрами» Ж. Азимов, профильные специалисты и недропользователи.

В ходе встречи руководством были выслушаны предложения и обращения предпринимателей, а по поднятым вопросам предоставлены соответствующие разъяснения и практические рекомендации.



Instagram (https://instagram.com/davgeolaxborotmarkazi_rasmiy?igshid=NGExMmI2YTkyZg==) Telegram (https://t.me/davgeolaxborotmarkazi) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61569618925834)

Joriy yilning 25-may kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM vakillari ...
02/06/2026

Joriy yilning 25-may kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM vakillari tomonidan Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Kovushli-1” va “Kaushli Marbl” granit konlarida ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida qazib olish va qayta ishlash ishlari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, texnologik jarayonlar hamda sohadagi qonunchilik talablariga rioya etilishi tahlil qilindi.

Shuningdek, korxonalar faoliyatini takomillashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

25 мая текущего года представители Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, а также ГУ «Центр пользования недрами» изучили производственные процессы на гранитных месторождениях «Ковушли-1» и «Kaushli Marbl», расположенных в Нурати́нском районе Навоийской области.

В ходе изучения были проанализированы работы по добыче и переработке, уровень использования производственных мощностей, технологические процессы, а также соблюдение требований законодательства в данной сфере.

Кроме того, ответственным лицам были даны соответствующие рекомендации и указания по совершенствованию деятельности предприятий и повышению эффективности производства.

Instagram (https://instagram.com/davgeolaxborotmarkazi_rasmiy?igshid=NGExMmI2YTkyZg==) Telegram (https://t.me/davgeolaxborotmarkazi) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61569618925834)

“Yer qa’ridan foydalanish markazi” DMda yangi tayinlovlar amalga oshirilmoqdaTashkiliy o‘zgarishlar doirasida navbatdagi...
02/06/2026

“Yer qa’ridan foydalanish markazi” DMda yangi tayinlovlar amalga oshirilmoqda

Tashkiliy o‘zgarishlar doirasida navbatdagi tayinlov asosida Ishniyazov Sherzod Yakubdjanovich Yer qa’ri davlat fondi boshqarmasining davlat kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ishniyazov Sherzod Yakubdjanovich mehnat faoliyati davomida tog‘-kon va geologiya sohasida turli mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat yuritib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan.

Muassasada amalga oshirilayotgan yangi tayinlovlar boshqaruv tizimini takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish hamda ustuvor yo‘nalishlarda faoliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.

В ГУ «Центр пользования недрами» продолжаются новые кадровые назначения

В рамках организационных изменений очередным назначением Ишниязов Шерзод Якубджанович назначен на должность начальника отдела ведения государственного кадастра Управления Государственного фонда недр.

В течение своей трудовой деятельности Ишниязов Шерзод Якубджанович эффективно работал на различных ответственных должностях в сфере горнодобывающей промышленности и геологии, внося достойный вклад в развитие отрасли.

Новые назначения, проводимые в учреждении, направлены на повышение эффективности работы и усиление деятельности по приоритетным направлениям.

Instagram (https://instagram.com/davgeolaxborotmarkazi_rasmiy?igshid=NGExMmI2YTkyZg==) Telegram (https://t.me/davgeolaxborotmarkazi) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61569618925834)

Joriy yilning 19–23-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurib, Angren hududidagi “...
02/06/2026

Joriy yilning 19–23-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurib, Angren hududidagi “Nishbosh” ko‘mir konini o‘zlashtirish loyihasi, ushbu kon negizida issiqlik elektr stansiyasi qurilishi, shuningdek kaolin xomashyosi, alyuminiy rudasi va mis konlari bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini o‘rgandi.

Tashrif doirasida mutaxassislar ishtirokida texnik uchrashuvlar, joyiga chiqib o‘rganishlar hamda yakuniy muhokamalar o‘tkazildi.

В период с 19 по 23 мая текущего года делегация Китайской Народной Республики посетила Республику Узбекистан с целью изучения проектов сотрудничества по освоению угольного месторождения «Нишбош», строительству тепловой электростанции на его базе, а также развитию проектов, связанных с каолиновым сырьём, алюминиевой рудой и месторождениями меди.

В рамках визита состоялись технические встречи с экспертами, выездные ознакомления с объектами и итоговые обсуждения перспектив дальнейшего сотрудничества.

Instagram (https://instagram.com/davgeolaxborotmarkazi_rasmiy?igshid=NGExMmI2YTkyZg==) Telegram (https://t.me/davgeolaxborotmarkazi) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61569618925834)

02/06/2026

Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safari doirasida qator tadbirlar o‘tkazildi

Joriy yilning 14–21-may kunlari “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM xodimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safari amalga oshirildi.

Xizmat safari davomida hududiy boshqarma xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, qonunchilik talablari, ruxsatnomalar berish tartibi hamda davlat xizmatlaridan foydalanish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlar va investorlar ishtirokida ochiq muloqotlar hamda sayyor qabullar tashkil etilib, yer qa’ridan foydalanish, yer osti suvlaridan maxsus foydalanish, ruxsatnoma olish tartiblari va sohaga oid raqamli xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Bundan tashqari, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarma mutaxassislari bilan birgalikda Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasiga tashrif buyurib, Beruniy, Qorao‘zak, Ellikqal’a, Mo‘ynoq, Bo‘zatov, Qo‘ng‘irot, Nukus, Shumanay hamda Amudaryo tumanlarida joylashgan, auksion savdolariga chiqarilishi rejalashtirilayotgan noruda foydali qazilma konlari holatini o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida Vazirlar Mahkamasining 222-son qarorga muvofiq yer toifasi o‘zgargan hududlar hamda kelgusida 543-son qaror asosida balansdan balansga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan yer maydonlarining amaldagi holati tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shuningdek, xizmat safari davomida “Zangibobo-1” uchastkasiga tashrif buyurilib, hududning amaldagi holati o‘rganildi hamda sohaga oid jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

Mazkur tadbirlar tadbirkorlik subyektlari bilan samarali hamkorlikni mustahkamlash, investitsiya muhitini yaxshilash hamda yer qa’ridan foydalanish sohasida qonunchilik ijrosini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Address

Мирзо-Улугбекский район, Улица Olimlar 64A,, Oʻzbekiston
Tashkent
100041

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Yer qa'ridan foydalanish markazi DM posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share