01/06/2026
🔬 Laboratoriyani jihozlashdagi muhim talabni bilasizmi?
“Laboratoriya ishi” ixtisosligini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tibbiyot tashkilotlari laboratoriyani zarur jihozlar bilan ta’minlashi lozim.
❗️ Xususan, laboratoriyada havo so‘rib oluvchi javon mavjud bo‘lishi talab etiladi.
Chunki biologik namunalar bilan ishlashda noxush hidlar tarqalishining oldini olish, xodimlar va atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash zarur.
📌 Havo so‘rib oluvchi javon:
– zararli bug‘larning tarqalishini cheklaydi;
– xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
⚠️ Shuning uchun “Laboratoriya ishi” ixtisosligi bo‘yicha litsenziya olish uchun ariza topshirishdan oldin laboratoriyangizning jihozlanish holatini belgilangan talablarga muvofiq ekanligini tekshirib chiqing.