Energiya samaradorligi milliy agentligi

Energiya samaradorligi milliy agentligi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Energiya samaradorligi milliy agentligi, Government Building, Улица Ниёзбек йули, 1, Tashkent.

“2026–2027-yillarda hududlardagi ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligi loyihalari ko‘lamini kengaytirish c...
05/06/2026

“2026–2027-yillarda hududlardagi ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligi loyihalari ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan hududlarni energiya samarador hududlarga aylantirish, aholi xonadonlari, ko‘p kvartirali uylar, ijtimoiy soha obyektlari, davlat tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlarida energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirishga qaratilgan.

Qarorga muvofiq, hududlarda energiya samaradorligi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qator manzilli dasturlar tasdiqlandi. Jumladan, Jizzax viloyatidagi ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligi loyihalarini amalga oshirish, Denov va G‘allaorol tumanlaridagi ko‘p kvartirali uylarni modernizatsiya qilish, ijtimoiy soha obyektlarini geliokollektorlar bilan jihozlash hamda binolarni “Nol energiya sarfli bino” tamoyillari asosida modernizatsiya qilish choralari belgilandi.

2026-yil 1-iyuldan boshlab davlat tashkilotlari, shu jumladan ijtimoiy soha muassasalari obyektlarini rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish va mukammal taʼmirlash jarayonlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan talablar joriy etiladi. Unga koʻra, obyektlarni loyihalash, shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish, qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash ishlarida energiya samaradorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar va ish hajmlarini qisqartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bundan tashqari, davlat obyektlarini ijaraga berishda ularda o‘rnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi va amalga oshirilgan energiya samaradorligi tadbirlariga qarab ijara to‘lovlariga imtiyozlar qo‘llash mexanizmi ishlab chiqiladi.

Mazkur qaror doirasida mehmonxonalar va ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalarini balli asosda tasniflash jarayonida energiya samaradorligi talablarini joriy etish bo‘yicha ham takliflar ishlab chiqiladi.

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdiUchrash...
05/06/2026

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv davomida Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya samarador texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, talabalarni amaliy loyihalarga jalb qilish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

📱 E’LONBino-inshootlar va sanoat yo‘nalishi bo‘yicha energiya auditorlarini sertifikatlash imtihonida ishtirok etish uch...
01/06/2026

📱 E’LON
Bino-inshootlar va sanoat yo‘nalishi bo‘yicha energiya auditorlarini sertifikatlash imtihonida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi.

🖥 Arizalar esma.uzex.uz (https://esma.uzex.uz/home) platformasi orqali qabul qilinadi.

📅 Imtihon sanasi: 2026-yil 6-iyun

⏰ Imtihon vaqti: soat 10:00

📍 Imtihon o‘tkaziladigan manzil:
Andijon davlat texnika instituti, Qurilish muhandisligi va elektroenergetika fakulteti, 310-auditoriya.

Mo‘ljal: Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi.

📅 Arizalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 5-iyun kuni soat 18:00 ga qadar
❗️Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Bino va inshootlar yo‘nalishi bo‘yicha:
- belgilangan 48 soatlik maxsus o‘quv dasturini to‘liq tamomlagan bo‘lishi;

Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha:
- belgilangan 144 soatlik maxsus o‘quv dasturini to‘liq tamomlagan bo‘lishi talab etiladi.

❗️Imtiyozli tartibga ko‘ra, quyidagi toifadagi nomzodlarga 48 soatlik (bino va inshootlar) hamda 144 soatlik (sanoat) maxsus o‘quv dasturlarini tamomlagan bo‘lish talabi tatbiq etilmaydi va ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtihon bosqichiga qo‘yiladi:

- “Energetika”, “Elektrotexnika”, “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish texnologiyasi”, “Elektronika” yo‘nalishlari bo‘yicha fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar;
- Energiya auditi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar.

‼️Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga belgilangan tartibda Energiya auditori sertifikati beriladi.

Ariza yuborish tartibi:
✅ esma.uzex.uz (https://esma.uzex.uz/home) platformasiga OneID orqali kiring;
✅ Shaxsiy kabinetdagi “Imtihon uchun ariza yuborish” bo‘limiga o‘ting;
✅ So‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldirib, arizani yuboring.

📞 Murojaat uchun telefon:
+998 55 514 00 00 (ichki: 05621)

⚡️Energiya auditorlik sertifikatini qo‘lga kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Bilasizmi?Firibgarlik jinoyat, jazosi muqarrar.Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan infograf...
01/06/2026

Bilasizmi?

Firibgarlik jinoyat, jazosi muqarrar.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan infografika orqali firibgarlik jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy taʻsir koʻrsatuvchi illat ekanligi va u sodir etilgan taqdirda beriladigan jazo toʻgʻrisida maʻlumot olish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan infografika orqali iste’molchilar huquqlari haqida ma’l...
01/06/2026

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan infografika orqali iste’molchilar huquqlari haqida ma’lumot olish mumkin.

tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida toʻgʻri va toʻliq maʼlumot olish;
tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli boʻlishi;
tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz boʻlishi;
hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni boʻlgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning gʻayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, maʼnaviy zararning toʻliq hajmda qoplanishi;
buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
isteʼmolchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin!
01/06/2026

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin!

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, davlat dasturlari doirasida yaratil...
26/05/2026

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, davlat dasturlari doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar, kredit va subsidiya mexanizmlari hamda soliq imtiyozlari boʻyicha keng targʻibot ishlarini tashkil etish maqsadida tadbirkorlar va hokim yordamchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Energiya samaradorligi milliy agentligi rahbariyati hamda mutaxassislari “Issiqlikta’minoti” AJ rahbariyati bilan birgal...
25/05/2026

Energiya samaradorligi milliy agentligi rahbariyati hamda mutaxassislari “Issiqlikta’minoti” AJ rahbariyati bilan birgalikda Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Mirishkor mahallasida joylashgan 29-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ushbu ta’lim muassasasida ishga tushirilgan zamonaviy energiya tejamkor isitish tizimi faoliyati bilan tanishdilar.

Quyosh energiyasi: ➖aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? ➖QTEM qurilm...
19/05/2026

Quyosh energiyasi: ➖aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

➖QTEM qurilmalari xarid qilish va o’rnatishda qanday imtiyozlar mavjud?

Energiya samaradorligi milliy agentligi mutaxassislari My5 telekanalining “Gapiring” tok-shousida ishtirok etdilar.

Energiya samaradorligi milliy agentligi mutaxassislari My5 telekana...

Quyosh energiyasi: ➖aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? ➖QTEM qurilm...
19/05/2026

Quyosh energiyasi: ➖aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

➖QTEM qurilmalari xarid qilish va o’rnatishda qanday imtiyozlar mavjud?

Energiya samaradorligi milliy agentligi mutaxassislari My5 telekanalining “Gapiring” tok-shousida ishtirok etdilar.

Energiya samaradorligi milliy agentligi mutaxassislari My5 telekana...

Address

Улица Ниёзбек йули, 1
Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Energiya samaradorligi milliy agentligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share