Madaniyat ta'limi markazi

Madaniyat ta'limi markazi - Madaniyat ta’limi markazining rasmiy sahifasi
- Официальная страница
Центр образования в сфере культуры
- Official page of the Center for Cultural Education

02/06/2026

Taniqli ijodkorlar oliygohda dars beradigan bo‘lsa, oyligiga 50 foiz ustama to‘lanadi.

Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi 10 ta oliygoh rektori har bir talaba bilan ishlab, ularning shaxsiy brendini yaratish...
01/06/2026

Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi 10 ta oliygoh rektori har bir talaba bilan ishlab, ularning shaxsiy brendini yaratish, ijodiy mahsulotini sotish, hamkor topishga jiddiy e’tibor qaratishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga yangi o‘quv yilidan har bir talabaga taniqli ijodkorlarni biriktirib, dual ta’limni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bunda ustoz ijodkorlar yoshlarni o‘zining konsert, teatr va tomoshalarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratib, ularni katta sahnada tayyorlab boradi.

Buning uchun ushbu ustozlarga oliygoh professor-o‘qituvchisiga teng miqdorda haq to‘lanadi. Taniqli ijodkorlar oliygohda dars beradigan bo‘lsa, oyligiga 50 foiz ustama to‘lanadi.

Yangi o‘quv yilidan ta’lim dasturlariga “Art-menejment”, “Kreativ industriya”, “Loyihalarni tijoratlashtirish” singari zamonaviy mavzular kiritiladi. Kinoindustriya, moda va dizayn, madaniyat menejmenti kabi yo‘nalishlarda xorijdan 50 nafar tajribali mutaxassis-o‘qituvchi olib kelinadi.

Talabalarning startap loyihalari uchun 10 ta oliygohga 50 milliard so‘m beriladi.

Hozir madaniyat va san’at sohasi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha yaxlit tizim yo‘qligi bois, Konservatoriya huzuridagi markaz hamda San’at va madaniyat institutidagi markaz negizida Madaniyat vazirligida soha xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil qilinadi.

“Mening niyatim – har bir xonadonga musiqa cholg‘usi kirib borsin, har bir o‘g‘il-qizimiz musiqa chalishni o‘rgansin. Ch...
01/06/2026

“Mening niyatim – har bir xonadonga musiqa cholg‘usi kirib borsin, har bir o‘g‘il-qizimiz musiqa chalishni o‘rgansin. Chunki san’atni, musiqani sevgan bolaning qalbi toza, tafakkuri keng bo‘ladi”,
– dedi Prezidentimiz.

Mutasaddilarga har bir umumta’lim maktabida musiqa va san’at yo‘nalishida kamida 4 tadan to‘garak tashkil qilish topshirildi. Milliy cholg‘u sotib olgan to‘garaklarning 30 foiz xarajati qoplab beriladi.

“Biz ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash haqida gapirganda, imkoniyati cheklangan yoshlarimizni ham unutmasligimiz lozim”,
– dedi davlatimiz rahbari.

Buning uchun yangi o‘quv yilidan hududlarda “Inklyuziv ijodiy ustaxonalar” tashkil qilinadi. Inklyuziv ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga darsliklar, ijod uchun zarur anjomlar xaridi uchun har yili 30 milliard so‘mdan ajratib boriladi.

Madaniyat va san’at sohalari uchun kadr tayyorlash o‘ziga xos ijodiy xususiyatlarga asoslanib tashkil etilishi kerak. Shu bois, yangi o‘quv yilidan ixtisoslashgan maktablarga o‘quvchilar musiqa yo‘nalishida 5-sinfdan, raqs, teatr, san’at bo‘yicha 9-sinfdan qabul qilinadi.

Kasbiy ta’lim agentligi tasarrufidagi “Musiqa va san’at”, “Estrada va sirk” texnikumlari Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazilib, ularga oliy maktab maqomi beriladi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va sanʼat maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumtaʼlim maktablari bila...
01/06/2026

Yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va sanʼat maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumtaʼlim maktablari bilan bir xil bo‘ladi.

Endi umumtaʼlim va musiqa maktabi o‘qituvchilari ish haqiga o‘quvchilarining cholg‘ularni qay darajada ijro etishiga qarab, 20 foizgacha ustama to‘lanadi.

Yangi o‘quv yilida kamida 1,5 million o‘quvchini musiqa va sanʼatga jalb qilish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun 326 ta musiqa va sanʼat, 29 ta ixtisoslashgan maktab bilan umumtaʼlim maktablari o‘rtasida ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Musiqa va sanʼat maktablarining ijodiy jamoalari umumtaʼlim maktablarida muntazam konsert-tomosha dasturlari va mahorat darslarini oʻtkazib borishi zarurligi qayd etildi.

Har yili teatr, cholg‘u, xor va raqs yo‘nalishida umumtaʼlim maktablari o‘rtasida tuman, viloyat, respublika darajasida tanlovlar o‘tkaziladi. Ularning ijod mahsulini respublika bo‘yicha targ‘ib qilish, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari olish uchun 500 million so‘mdan grant beriladi.

Shuningdek, respublika tanlovi g‘oliblari madaniyat va sanʼat oliygohlariga o‘qishga qabul qilinadi.

Yosh iste’dodlar, ularning ustozlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1-sentabrdan boshlab respublika tanlovi g‘oliblariga...
01/06/2026

Yosh iste’dodlar, ularning ustozlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1-sentabrdan boshlab respublika tanlovi g‘oliblariga 100 million so‘m, nufuzli xalqaro tanlov sovrindorlariga esa 300 million so‘mgacha mukofot beriladi va ishtirok etish xarajatlari to‘liq qoplanadi. Ularning ustoz va murabbiylarining oylik maoshiga 100 foizgacha ustama to‘lanadi.

Bunday imtiyoz va yengilliklar xususiy ijodiy guruhlarga ham tatbiq etiladi.

Har yili 100 nafar yoshning davlat hisobidan xorijiy madaniyat-san’at dargohlarida ta’lim olishi yo‘lga qo‘yiladi.

Yurtimizdagi yosh iste’dodlarni aniqlab, yuzaga chiqaradigan, prodyuserlarni qo‘llab-quvvatlaydigan biznes loyihalarini ko‘paytirish maqsadida “Ijodga investitsiya” jamg‘armasi tashkil etiladi va yiliga 200 milliard so‘m beriladi.

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!Yurtimizga fayz-u baraka, qalblarimizga mehr va shukronalik tuyg‘ularini olib kiruv...
27/05/2026

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Yurtimizga fayz-u baraka, qalblarimizga mehr va shukronalik tuyg‘ularini olib kiruvchi muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan sizlarni “Madaniyat ta’limi markazi” nomidan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Asrlar davomida xalqimizning ma’naviy hayotida alohida o‘rin tutib kelayotgan ushbu ulug‘ ayyom insoniylik, saxovat, bag‘rikenglik va mehr-oqibat kabi ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlaydi. Qurbon hayiti har bir xonadonga quvonch, fayz-u baraka, tinchlik va xotirjamlik olib kirsin.

Bugungi yorug‘ kunlarda qalblarimiz ezgu niyatlarga, mehr-muruvvatga va shukronalik tuyg‘ulariga to‘lsin. Yaratganning rahmati va inoyati barchamizni asrasin, amalga oshirayotgan xayrli ishlarimiz va pok niyatlarimiz qabul bo‘lsin.

Muhtaram xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyoti, milliy madaniyatimiz va san’atimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, cheksiz kuch-g‘ayrat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Muborak Qurbon hayiti barchamizga qutlug‘ va barakali bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Madaniyat ta’limi markazi

 “Madaniyat ta’limi markazi” davlat muassasasi tomonidan tashkil etilgan “Madaniyat ta’limi” nomli ijtimoiy, ma’naviy-ma...
26/05/2026



“Madaniyat ta’limi markazi” davlat muassasasi tomonidan tashkil etilgan “Madaniyat ta’limi” nomli ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop jurnali O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasidagi nazorat inspeksiyasi tomonidan joriy yil 26-may kuni 1607353-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

Madaniyat va san’at ta’limi, san’atshunoslik, pedagogika va ijtimoiy falsafa sohasi mutaxassislariga ixtisoslashgan nashr bo‘lib, ushbu sohadagi yangiliklar va ilmiy-tadqiqot natijalarini har tomonlama yoritishni, jurnalxonlarning madaniyat va san’at, ijtimoiy falsafa sohasidagi ilmiy axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirishni, jurnal imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘yadi.

“Madaniyat ta’limi” jurnali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ushbu nashrning rasmiy maqomini mustahkamlab, uning ilmiy va ma’rifiy maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Barcha hamkorlarimiz, mualliflarimiz va jurnal jamoasini ushbu muhim voqea bilan tabriklaymiz!

Madaniyat ta’limi markazi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Baxtiyorov Mahmudjon Musajon o‘g‘li Xalqaro loyihalar bi...
25/05/2026

Madaniyat ta’limi markazi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Baxtiyorov Mahmudjon Musajon o‘g‘li Xalqaro loyihalar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis etib tayinlandi.

Mahmudjon Baxtiyorov 1993-yilda tug‘ilgan.

2015-yilda O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2015-yilda Toshkent shahar 3-son bolalar musiqa va san’at maktabi estrada xonandaligi o‘qituvchisi bo‘lib boshlagan.
2021-2024-yillarda Toshkent shahar 3-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori.

Tayinlovga qadar Mahmudjon Baxtiyorov Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.

⚡️ Vazirlik tasarrufidagi ta'lim muassasalarining o‘quv yili yakunlari sarhisob qilindiKuni kecha Madaniyat vazirligida ...
23/05/2026

⚡️ Vazirlik tasarrufidagi ta'lim muassasalarining o‘quv yili yakunlari sarhisob qilindi

Kuni kecha Madaniyat vazirligida ta'lim muassasalarining o‘quv yili yakunlari sarhisob qilindi.

Shu munosabat bilan, vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov raisligida ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda vazirlik masʼullari, hududiy boshqarma boshliqlari, boshqarmaning ta'lim bo'yicha mutaxassislar, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda bolalar musiqa va san'at maktablari direktorlari ishtirok etdi.

✔️ O‘quv yili yakunlari sarhisob qilinib, bitiruvchilarga diplom va guvohnomalar berilishi;

✔️ Yakuniy hisobot konsertlariga tayyorgarlik ko‘rish;

✔️ Yangi 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul parametrlari va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat sohasida boshqaruvni takomillashtirishga oid PQ-150-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 175-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha madaniyat va san’at ta’limi sifatini oshirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab olindi.

22/05/2026



Hurmatli hamkasblar!

“MUSIQA TA’LIMI: JAHON MIQYOSIDA YAGONA MAYDON SARI” mavzusidagi xalqaro forumni yuqori saviyada tashkil etish va muvaffaqiyatli o‘tkazishda o‘zining fidokorona mehnati, yuksak mas’uliyati va professional yondashuvi bilan faol ishtirok etgan barcha Madaniyat ta’limi markazi xodimlari samimiy minnatdorlik bildiraman.

Forumning har bir jarayoni puxta va tartibli tashkil etilgani, xorijiy mehmonlar va hamkorlarda yurtimiz madaniyati hamda musiqa ta’limi tizimi haqida yuksak taassurot uyg‘otgani sizlarning zahmatli mehnatingiz samarasidir.

Ayniqsa, forum davomida tunu kun xizmat olib borib, barcha tashkiliy masalalarda mas’uliyat va jonkuyarlik namunasini ko‘rsatgan jamoamizning har bir a’zosiga alohida tashakkur izhor etaman.

Sizlarning mehnatingiz va sadoqatingiz bilan ushbu xalqaro forum yurtimiz madaniyat va san’at ta’limi sohasining xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Hurmat bilan,
Madaniyat ta’limi markazi direktori
Alisher Djamaldinov

Address

Toshkent Shahri, Amir Temur Shoh Ko‘chasi, 107b-uy
Tashkent
100084

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Madaniyat ta'limi markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share