25/06/2025
Olmazor tumani axborot-kutubxona markazida kitob targʻibotini kuchaytirish maqsadida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
🟢 Tadbirda Toshkent shahar Harbiy maktabi oʻquvchilari faol ishtirok etib, kitob va ilmning inson hayotidagi o‘rni haqida mazmunli fikrlar bildirildi.
📖 “Najot ilmda” shiori ostida oʻtgan suhbatda yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, vatanparvarlik va ma’rifatga bo‘lgan mehrni kuchaytirish kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
📌 Tadbir davomida ishtirokchilarga eng sara kitoblar tavsiya qilindi va bilimli avlod – kelajak poydevori ekani yana bir bor ta’kidlandi.
Bizni kuzating!⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | You tube | Facebook | Twitter | Elektron kitoblar| Bepul kutubxona | Manzil