Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy sahifasi

✅✅✅✅ 🔴 “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 11-sinf bitiruvchilari uchun speaking (og‘zaki nutq) sinovlarining...
05/06/2026

✅✅✅✅


🔴 “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 11-sinf bitiruvchilari uchun speaking (og‘zaki nutq) sinovlarining ikkinchi kuni yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

🔰 Sinov jarayonlarida o‘quvchilarning xorijiy tilda erkin muloqot qilish, o‘z fikrini asosli va ravon ifodalash hamda kommunikativ kompetensiyalari baholanmoqda.

📌 Mazkur baholash jarayonlari yoshlarning til bilish darajasini aniqlash, ularning xalqaro standartlarga mos ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

🌟 “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi — raqobatbardosh, zamonaviy va ko‘p tilli avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamdir.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟢Bizni kuzating:

📱TELEGRAM 📱FACEBOOK

⚡️ Sayyor_qabul⚡️Toshkent shahar⚡️  Uchtepa tumani maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi  tasarrufidagi 129-sonli umumta...
05/06/2026

⚡️ Sayyor_qabul
⚡️Toshkent shahar

⚡️ Uchtepa tumani maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi tasarrufidagi 129-sonli umumta'lim maktabida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Ushbu sayyor qabulda ta’lim va tarbiya masalalariga oid dolzarb mavzular, shuningdek, mahalla aholisi, ota-onalar va pedagoglar tomonidan bildirilayotgan taklif hamda muammolar muhokama qilindi.

⚡️ Sayyor qabulning asosiy maqsadi — aholining murojaatlarini joyida o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, ota-ona va maktab hamkorligini mustahkamlashdir.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟢Bizni kuzating:

📱TELEGRAM 📱FACEBOOK

⚡️ “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdiToshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i J. Rax...
05/06/2026

⚡️ “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i J. Raximjonov Yashnobod tumanidagi 215-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o'tkazdi

⏺Har hafta payshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo'lib o'tmoqda

Uchrashuv davomida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya, kasb tanlash, kelajak rejalari va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilinib, ularni hayotga tatbiq etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟢Bizni kuzating:

📱TELEGRAM 📱FACEBOOK

25/05/2026
25/05/2026
RASMIY MUNOSABATIjtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchisi o‘quvchiga kuch ishlatgani aks etgan video tarqalib, turli muho...
21/05/2026

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchisi o‘quvchiga kuch ishlatgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 19-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 275-sonli maktabda voyaga yetmagan 2010 yilda tug‘ilgan R.R. hamda shu maktab o‘qituvchisi 2002 yilda tug‘ilgan Z.O. tortishib qolib, o‘zaro janjallashib ketgan. Aniqlanishicha, o‘quvchi dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan berilgan ko‘rsatmani bajarmasdan, dars mashg‘ulotlarini o‘tkazilishiga xalaqit bergan. Janjal vaqtida o‘qituvchi o‘quvchiga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi tibbiy yordam uchun shifoxonaga murojaat qilgan.

💠Mazkur holat yuzasidan fuqaro Z.O. ga nisbatan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (“Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟢Bizni kuzating:

📱TELEGRAM 📱FACEBOOK

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤⚡️Poytaxtda “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida test sinovlari boshlandi⏺Bugun erta tongdan Toshkent s...
20/05/2026

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
⚡️Poytaxtda “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida test sinovlari boshlandi

⏺Bugun erta tongdan Toshkent shahri umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari xorijiy tillar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish maqsadida muhim test sinovlarida ishtirok etish uchun kelishdi.

Shahardan bugun jami 1889 nafar o‘quvchi ushbu baholash jarayonlarida ishtirok etadi.

Mazkur sinovlar o‘quvchilarning:
✅ til bilish darajasini aniqlash,
✅ intellektual salohiyatini baholash, ✅ ta’lim sifatini yanada oshiradi.

Shuningdek, ushbu loyiha yoshlarning xalqaro standartlarga mos bilimga ega bo‘lishiga zamin yaratadi.



🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟢Bizni kuzating:

📱TELEGRAM 📱FACEBOOK

🇺🇿Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Finlyandiya va Estoniyada ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda🇺🇿🇫🇮🇪🇪Toshkent shahar...
20/05/2026

🇺🇿Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Finlyandiya va Estoniyada ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda

🇺🇿🇫🇮🇪🇪Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi 18–22-may kunlari Finlyandiya va Estoniya Respublikalarining poytaxt shaharlarida ta’lim, yoshlar siyosati hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida xizmat safarini amalga oshirmoqda.

📍Helsinki shahridan boshlangan safarning birinchi kunida delegatsiya Meri bolalar bog‘chasi hamda Vattuniemi boshlang‘ich maktabi faoliyati bilan tanishdi.

🏆Uchrashuvlarda Helsinki shahar merining ta’lim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shon Haff, hokimning maxsus maslahatchisi Julianna Kentala, shuningdek, ta’lim muassasalari rahbarlari Katariina Laakso va Sanna Soini ishtirok etdi.

🧠 Muloqot davomida Helsinki shahrida ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishida siyosiy qarorlar qabul qilish, moliyaviy ustuvorliklarni belgilash tizimi, bolalar bog‘chasi va maktab ta’limi modeli yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

📈Kunning ikkinchi yarmida Helsinki shahrining strategik rivojlanish yo‘nalishlari, xususan, 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar haqida taqdimotlar tashkil etildi. Mazkur taqdimotlar Helsinki shahri Strategiya departamenti bosh strategiya direktori Markus Kyun hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Laura Uuttu-Deshriver tomonidan o‘tkazildi.

🧑‍💻Xizmat safari davom etmoqda. Delegatsiya 22-mayga qadar Finlyandiya va Estoniyada ta’lim, yoshlar siyosati hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishlaridagi amaliy tajribalarni o‘rganib, Toshkent shahrida qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali yondashuvlar bo‘yicha muloqotlar olib boradi.
____

🇺🇿Делегация хокимията города Ташкента изучает передовой опыт Финляндии и Эстонии

🇺🇿🇫🇮🇪🇪Делегация хокимията города Ташкента 18–22 мая находится с рабочим визитом в столицах Финляндской Республики и Эстонской Республики с целью изучения передового опыта в сферах образования, молодежной политики и социальной защиты.

📍В первый день визита, который начался в городе Хельсинки, делегация ознакомилась с деятельностью детского сада Meri и начальной школы Vattuniemi.

🏆Во встречах приняли участие заместитель мэра Хельсинки по вопросам образования Шон Хафф, специальный советник мэра Жулианна Кентала, а также руководители образовательных учреждений Катариина Лааксо и Санна Сойни.

🧠 В ходе диалога были организованы презентации, посвященные системе принятия политических решений в сфере социального развития Хельсинки, определению финансовых приоритетов, а также модели дошкольного и школьного образования.

📈Во второй половине дня состоялись презентации о стратегических направлениях развития Хельсинки, в частности о приоритетах на 2025–2029 годы. Их провели главный директор по стратегии Департамента стратегии города Хельсинки Маркус Кюн и руководитель отдела международных связей Лаура Уутту-Дешривер.

🧑‍💻Рабочий визит продолжается. До 22 мая делегация будет изучать практический опыт Финляндии и Эстонии в сферах образования, молодежной политики и социальной защиты, а также проводить переговоры по эффективным подходам, которые могут быть применены в городе Ташкенте.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟢Bizni kuzating:

📱TELEGRAM 📱FACEBOOK

Address

Toshkent Shahri, Yashnobod Tumani, Oqdaryo Ko'chasi, 122-uy
Tashkent
100000

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category