Hududgaz Surxondaryo gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Hududgaz Surxondaryo gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati Gaz ta'minoti xodimlari xalqimiz xizmatida

26/11/2024



Pulingizni tejashning oddiy va samarali usulidan foydalaning: eskirgan, qo‘lbola va nostandart gaz jihozlarini energiya tejamkorlariga almashtiring.

Ularning afzalliklari haqida ushbu rolikda tanishishingiz mumkin👆

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

👉Kanalga ulanish:https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF

HURMATLI HAYDOVCHILAR, AVTOTRANSPORT VOSITASI EGALARI!Termiz shahar va  Bandixon, Qiziriq, Termiz, Qumqo'rg'on, Muzrabot...
28/12/2023

HURMATLI HAYDOVCHILAR, AVTOTRANSPORT VOSITASI EGALARI!

Termiz shahar va Bandixon, Qiziriq, Termiz, Qumqo'rg'on, Muzrabot, Jarqo'rg'on va Sherobod tumanlarida gaz quvurida ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, (https://t.me/Hududgaz_Surxondaryo_GTF/9421) Qumqo'rg'on, Sho’rchi, Oltinsoy, Denov, Sariosiyo, Uzun va Boysun tumanlarida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) bugun 24 soatlik rejimda faoliyat yuritishini ma’lum qilamiz.

📍Denov tumani:

"Qurilish materiallarini ta'minlash" XK
"Ilmash Fayz Guliston" XK
"Munis Surxon Muxlisi" MCHJ
"Denov Yangiobod Gaz" XK
"Asadbek 21 Asr" MCHJ
"Surxon Kapital Mobil Biznes" MCHJ
"Axad Mir Brik" MCHJ
"Temir Bars Denov" XK
"Uktam" XK
"Ibrogim Fayz Gaz" MCHJ
"Yaxshi Niyat Servis" XK
“Hayrabod Qishloq Meva-sabzavod” MCHJ
"Denov Mobili" XK
"Istiqlol Bunyodkor Alangasi" MCHJ
"Qurilish materiallarini ta'minlash-2" XK

📍Qumqo'rg'on tumani:

"Boysun Metan"XK

📍Sariosiyo tumani:

"Ulug’ Sabo Metan" MCHJ
"Jasur-Agro" XK

📍Oltinsoy tumani:

"Koratepa Gaz" MCHJ
"South Shopping Center" MCHJ
"Avtofood" MCHJ
"Surxon Istiklol Yuksalish" MCHJ

📍Sho'rchi tumani:

"Madinabonu Dilfuzabegim" MCHJ
“Polvontosh” MCHJ
"GOOD FORTUNE" XK
"SHURCHI ECO GAZ" MCHJ
"Sho’rchi Grand Ilmash"XK
"Enjil Lasvegis" MCHJ
"Lazer Shifo" XK
"Ko’xinur" XK
"Janub Gaz Oil" MCHJ

📍Uzun tumani:

“Baxtiyor Nur” MCHJ

TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI  8 TA TUMANDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO'XTATILDIBugun  Bandixon tumani “Palvontosh...
28/12/2023

TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI 8 TA TUMANDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO'XTATILDI

Bugun Bandixon tumani “Palvontosh” MFYda o’tuvchi “O‘ztransgaz” AJ ga qarashli “Muzrabod-Dushanbe” magistral gaz quvurinig 101-190 km oralig‘idagi D-700 mm bo‘lgan gaz quvurida ta'mirlash ishlari sababli, Termiz shahar va Bandixon, Qiziriq, Termiz, Qumqo'rg'on, Muzrabot, Jarqo'rg'on va Sherobod tumanlarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik tòxtatildi. Gaz quvurida ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi uchun bugun soat 6:30 dan hudud iste'molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to'xtatiladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI TERMIZ SHAHARIDA  TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TÒXTATILADI Termiz shaharning Bog‘ishamol...
18/12/2023

TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI TERMIZ SHAHARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TÒXTATILADI

Termiz shaharning Bog‘ishamol, Manguzar, Guliston, Amu sohillari, Gulira'no, Alpomish va Surxon sohili mahallalaridagi gaz tarmoqlarida ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli, 18-19 dekabr kunlari yuqorida nomi keltirilgan mahallalarda vaqti-vaqti bilan tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi

Aholi xonadonlari - 2200 ta
Ulgurji isteʼmolchilar - 80 ta

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

02/12/2023

❗️ "HUDUDGAZ SURXONDARYO" GAZ TA'MINOTI FILIALI ESLATIB O'TADI!!!

⚡️⚡️ Hurmatli iste'molchilar, tabiiy gaz bilan bog'liq bo'lgan, jumladan, gaz bosimining pasayishi, tabiiy gazning hisob-kitob masalalari hamda maishiy gaz ballon ajratish, suyultirilgan gaz bo‘yicha barcha murojaatlaringizni gaz ta'minoti filialining 1104 Call - markazi orqali qoldirishingiz mumkin.

Shuningdek, joylarda gaz sizib chiqish holatlari aniqlansa shahar va tuman gaz ta'minoti bo'limlarining 104 - dispetcherlik xizmatiga murojaat qiling! Har bir murojaatingiz zudlik bilan o'rganiladi va bartaraf etish choralari ko'riladi.

☎️ Sizning murojaatlaringiz tun-u kun - 24 soat davomida qabul qilinadi.

02/12/2023

IQTISODIYOT TAYANCHI. Gaz bilan isitiladigan issiqxonalar faoliyati.

30/11/2023

"OCHIQ MIKROFON" gibrid loyihasining navbatdagi sonida "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi haqida.

“KO‘RINMAS YOV” QURBONIGA AYLANMAYLIK!Is gazi inson hayoti, uning salomatligi uchun juda xavfli. Eng achinarlisi, uning ...
30/11/2023

“KO‘RINMAS YOV” QURBONIGA AYLANMAYLIK!

Is gazi inson hayoti, uning salomatligi uchun juda xavfli. Eng achinarlisi, uning o‘lim holatlari bilan yakun topishi mumkinligidir. Bu borada tegishli soha xodimlari tomonidan har yili, muntazam ravishda aholiga tushuntirish ishlari olib boriladi. Ommaviy axborot vositalari orqali is gazining kelib chiqish sabablari, uning oldini olish yo‘llari tushuntiriladi.

Ming afsuski, hammamiz ham bunga o‘z vaqtida e’tibor beravermaymiz. Gazdan oqilona, xavfsiz foydalanish kerakligi, nostandart gaz uskunalarini qo‘llash noxush holatlarga sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi “va’z”lar ba’zilarimizga keraksizdek tuyuladi. Biroq gazdan e’tiborsiz foydalanish orqali sodir bo‘layotgan noxush holatlarda moddiy zarar ko‘rgan, jarohat olgan, qurbon bo‘lgan insonlar o‘rnida o‘zimiz ham bo‘lishimiz mumkinligini xayolimizga keltirmaymiz.

Sherobod tumanida tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

“ – Joriy yilning 10 oyida tumandagi 4400 ta hovli joy, 600 ta ko‘p qavqatli uy, shuningdek ijtimoiy ob’ektlarda kuz-qishga tayyorgarlik va gazdan foydalanish holatlari o‘rganildi. Shuncha targ‘ibot olib borilishiga qaramay, ba’zi xonadonlarda nostandart, qo‘lbola pechlari mavjudligi, ochiq olov mavjud xonada dam olish holatlari aniqlandi. Xonadon egalari tegishli tartibda ogohlantirildi”, - deydi “Sherobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xizmat boshlig‘i Erkin Musurmonov.

Ko‘za k***a emas, kunida sinadi. Baxtsiz hodisalar biz bilan hech qachon sodir bo‘lmaydi, deb e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yish, xavfni bartaraf qilmaydi. Tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari o’n oy mobaynida 85 marta uchrashuv va davra suhbatlari tashkil qilib, fuqarolarga shular haqida ma’lumot berishdi.

Shuningdek, iste’molchilarga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha 40 mingdan ortiq eslatma va bukletlar, ogohlantiirish xatlari berildi.

Hurmatli iste’molchilar! Gazdan foydalanish qoidalariga amal qilib, hayotimizni xavfdan himoya qilaylik. “Zangori yoqilg‘i” xonadonlarimizga faqat iliqlik olib kirsin.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

21/08/2023

📌 OAV biz haqimizda!

Termiz shahrining 10 mingtaga yaqin ko‘p qavatli va hovli uylar hamda ko‘plab ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gaz ta’minotini yaxshilanmoqda.

ANGORLIK ISTE’MOLCHILARGA KUZ-QISH MAVSUMIDA 2731 TONNA 640 KG SUYULTIRILGAN GAZ YETKAZILADIAngor tumani viloyat markazi...
08/08/2023

ANGORLIK ISTE’MOLCHILARGA KUZ-QISH MAVSUMIDA 2731 TONNA 640 KG SUYULTIRILGAN GAZ YETKAZILADI

Angor tumani viloyat markazidan 30 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 31 ta mahallaning jami 32020 ta iste’molchisi suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi.

Gaz ta’minoti xodimlari yozning jazirama issigida ham qishning qahraton sovig’ida ham hech bir iste’molchi ta’minotsiz qolmaydi. Buning uchun viloyat bo‘yicha 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi davrida suyultirilgan gaz yetkazib berish rejasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, angorlik iste’molchilarga joriy yilning oktabr, noyabr va dekabr oylarida 1365 tonna 820 kg, 2024 yilning birinchi choragida ham shuncha miqdorda, mavsum davomida jami 2 731 tonna 640 kg suyultirilgan gaz yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Yil boshidan buyon tuman iste’molchilariga 2 584 tonna 82 kg suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

- Bir k***a 770 ta maishiy ballonda 15400 kg suyultirilgan gaz tarqatamiz. Yil boshidan buyon iste’molchilarimiz soni 220 taga ortdi. Ular bilan tegishli tartibda shartnoma imzolab, maishiy gaz ballon va mahsulot xaridi uchun ID-karta taqdim qilindi. Bundan tashqari, iste’molchilarimizga 222 ta maishiy ballon orqali "aylanma" usulda xizmat ko‘rsatilmoqda, - deydi "Angortumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi xizmat boshlig‘i . Bekmurov Abdumurod

Tuman gaz ta’minoti bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumi oldidan transport vositalari, maishiy ballonlar holati ko‘zdan kechirilmoqda. Iste’molchilarga suyultirilgan gazdan foydalanish qoidalari, mavsumni betalofat o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.



"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Angor tumanida qish mavsumiga hozirdan taraddud ko‘rilmoqdaAholining kuz-qish mavsumida gaz ta’minoti bilan bir maromda ...
08/08/2023

Angor tumanida qish mavsumiga hozirdan taraddud ko‘rilmoqda

Aholining kuz-qish mavsumida gaz ta’minoti bilan bir maromda va xavfsiz ta’minlanishi soha xodimlarining bugungi harakatiga bevosita bog‘liq. Shu bois, mavsumga tayyorgarlik tadbirlariga har bir hududda mas’uliyat bilan yondashilmoqda.

Xususan, Angor tumanida ham belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni vaqtda tumanda 2.8 mingdan ortiq tabiiy gaz iste’molchisi mavjud bo‘lib, 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish tadbirlari jarayonida gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi hamda 1 ta gaz taqsimlash punkti kapital ta’mirlanib, bu yo‘nalishlarda rejada belgilangan ishlar to‘liq amalga oshirildi.

Shuningdek, 21 ta gaz taqsimlash qurilmasi taftish qilinib, xavfsiz holga keltirildi. Hozirda "aqlli" hisoblagichlar o‘rnatilgan hududlardagi yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmalari demontaj qilinib, gaz ta’minoti uch bosqichlidan ikki bosqichli tizimga o‘tkazilmoqda. Jumladan, ayni vaqtgacha 21 ta qurilma demontaj qilinib, ushbu hududlardagi aholiga ta’minot yangi tizim orqali yetkazilmoqda.

Aytish kerak, tuman iste’molchilariga 1 ta yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasi orqali tabiiy gaz yetkaziladi. Tadbir boshidan buyon 1 ta ana shunday qurilma zamonaviy himoya panjarasi (yevrozabor) bilan o‘ralib, estetik jihatdan tartibga keltirildi.

Bundan tashqari, tumandagi gaz quvurlari bosim ostida zichlikka sinalib, havo bosimi yordamida tozalandi. 15.4 km gaz quvurlari bo‘yoqlanib, estetik jihatdan tartibga keltirildi.

Tuman aholisining gaz ta’minotida muammo bo‘lmasligi, qolaversa, mavsumni betalofat o‘tishi uchun soha xodimlari barcha zarur choralarni ko‘rib, aholini gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha hushyorlikka chorlamoqda. Boisi, ogohlik, hushyorlik va mas’uliyat bor joyda xavfsizlik ta’minlanadi, ko‘ngilsiz holatlarning oldi olinadi.



"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Address

Termiz Sh. , Kamolot Ko’chasi, 10 Uy
Termiz
190016

Telephone

+998762212510

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Hududgaz Surxondaryo gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Hududgaz Surxondaryo gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati:

Share