07/02/2023
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.
📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 12-fevral kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-10-, 13-16-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
📌 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.
👨🏻💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” (https://my.gov.uz/oz/request) bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-02-06
Test sinovining yozma qismi 12-fevral kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-10-, 13-16-fevral kunlari o‘tkaziladi. Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumk...