01/06/2026
“1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Toshkent 1-son nogironligi bo‘lgan bolalar “Muruvvat” uyida tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun bayram shodiyonalari tashkil etildi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati boshchiligida bir guruh xodimlar ishtirokida internat uyida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir avvalida bojxona organi masʼullari so‘zga chiqib, tarbiyalanuvchilarni bayram bilan samimiy tabrikladilar hamda ularga shirinliklar va esdalik sovg‘alari ulashdilar.
Shundan so‘ng bolajonlar uchun qo‘shiq va kuylardan iborat konsert dasturi namoyish etildi. Quvonch va shodlikka boy o‘tgan tadbir davomida bolalarning yuzlaridagi tabassum bayramga yana-da fayz bag‘ishladi.
Bojxonachilar tomonidan bayram tuhfasi sifatida taqdim etilgan sovg‘alar bolajonlarga yana-da ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ularning quvonchiga quvonch qo‘shdi.
Bunday ezgu tadbirlar yosh avlodga mehr-eʼtibor ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi